Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi


Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi


Download 56.93 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi56.93 Kb.
#222912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu.QADIMGI SHARQ TARIXI MANBASHUNOSLIGI

2.Qadimgi Misr manbashunosligi va manbashunosligi.

Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko'pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko'p jihatdan to'ldiradi, bu ma'lumotlar qadim zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o'tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko'p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo'lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi. Qadimgi Misr tarixi ko'p xil manbalar orqali o'rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo'lish mumkin:

1) Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo'riqnomalar.

2) Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k.

3) Xalq og'zaki ijodiyoti: qo'shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy- etik asarlar.

4) Tilshunoslik ma'lumotlari.

5) Etnografiya ma'lumotlari

6) Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini o'rganish mumkin bo'lgan tasvirlar.

7) Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo'llar.

Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampolonning Misr iyerogliflarini o'qishi qadimgi Misr yozuvini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo'lgan fir'avnlarining ro'yxati sanab o'tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to'g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi. Kohin Manefonning (taxminan er. av. VI—III asrda) yozilgan asarida Misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro'yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo'ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun, jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o'rta, yangi va so'nggi podsholik davrlariga bo'lish imkoniyatini berdi.



Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan, Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. av. XXV XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo'lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud. Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so'zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to'g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar: «Ikki aka-uka to'g'risida», «To'g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er. av. XI asr kabilar). Diniy ruhdagi asarlar: V—VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo'lib (er. av. XXIV—XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.




Download 56.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling