Qadimgi sharq tarixi manbashunosligi
Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi
Download 56.93 Kb.
|
1-mavzu.QADIMGI SHARQ TARIXI MANBASHUNOSLIGI
5.Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi.
Eron tarixining alohida davrlari turli xil yozma manbalarga boy. Yozuvlardan eng qadimgilari er.av. III—I ming yilliklardagi janubiy-g'arbiy Eron hududi bo'lgan Elam tarixini yoritadi: ular podsho yozuvlari, huquqiy hujjatlar, bag'ishlov matnlari, davlatlararo shartnomalardir. Qadimgi fors davlati tarixi bo'yicha manbalar xilma-xil: bu xo'jalik hujjatlari, tarixiy yozuvlar, amaldorlarning rasmiy yozishmalari. Hozirgi vaqtda qadimgi fors tilida elam va akkad tillariga tarjima qilingan 200 ga yaqin (podsholar) mixxat yozuvlari chop etilgan. 1972-yilda fransuz arxeologlari Suzada Doro I ning ulkan haykalini topdilar. Haykal qadimgi fors, elam, akkad va misr iyeroglif matnlari bilan qoplangan. Qadimgi Eron poytaxtlari Persepol yoki Pasargadda, podsho Kserksyozuvlari nusxalari topilgan. Persepolda er.av. Ill ming yillikka oid elam tilida mixxat bilan yozilgan 800 ta hujjat topilgan. Fors qabilalarini Old Osiyo chegaralaridagi harakati to'g'risida er.av. IX-VII asrlarga oid Osuriya yozuvlari ma'lumot beradi. Bobil tarixiy xronikasi Mesopotamiyani forslar tomonidan bosib olinishi haqida hikoya qiladi. Forslar davriga old loy taxtachalarda yozilgan 10000 ming bobil xususiy huquqiy va ma'muriy xo'jalik hujjatlari mavjud. Shuningdek, Misrdan forslar davriga oid turli xil ma'muriy xo'jalik hujjatlari, podsho Kumbizning Misr ibodatxona mulklarini cheklash to'g'risidagi dekreti, Doro I ning Misr qonunlarini kodifikatsiya qilish to'g'risidagi farmoni katta qiziqish uyg'otadi. Midiya va Eron tarixi bo'yicha ma'lumot beradigan manbalardan biri bu yunon mualliflarining asarlari hisoblanadi. Gerodot (er.av. V asr)ning tarixi, Fukidid (er.av. V asr) tarixi, Ksenofontning «Yunon tarixi» asari, uning «Anabasis» memuari, sitsiliyalik Diodorning «Tarixiy kutubxona»si kabi asarlar qadimgi fors tarixiga oid boy siyosiy, ijtimoiy, harbiy-diplomatik ma'lumotlar beradi. Eronda mezolit va neolit davriga oid manzilgohlar, arxeologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad xarobalaridan topilgan ulug'vor haykallar, qoya tosh relyeflari qimmatbaho metallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bezaklar topib o'rganilgan. Yevropa olimlari J. De Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o'rganib, eronshunoslik faniga muhim hissa qo'shdilar. Download 56.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling