Qadimgi Sparta davlati Reja


So`nggi janglar va Kalliy sulhi. Miloddan avvalgi 479-yili Mardoniy


Download 99.5 Kb.
bet6/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

5. So`nggi janglar va Kalliy sulhi. Miloddan avvalgi 479-yili Mardoniy boshliq eron qo`shinlari yana Attikaga bostirib kirib, Afinani vaqtincha ishg`ol qiladi. Yunon polislarining birlashgan kuchlari eroniylaiga zaiba berib, ularni Beotiyaga chekintiradi. Plateya yonidagi jangda Eron qo`shinlari yengilib, Mardoniy halok bo`ladi.
Eroniylar Yunonistonni tashlab chiqishga majbur bo`ladilar. Adolatli urush g`olib chiqib, yunonlar o`z vatanlarini yovuz dushmandan tozalaydilar. Miloddan avvalgi 478-yili urushda ishtirok etgan yunon polislari, Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi orol-davlatlar Afina boshchiligida Ittifoq tuzganlar. Bu Delos yoki 1-Afina dengiz ittifoqi nomini olgan. Uning Delos ittifoqi deb atalishi ittifoq xazinasi muqaddas Delos orolida saqlangan. Bu ittifoq yunonlarning eroniylar ustidan uzil-kesil g`alaba qilishida muhim ahamiyat kasb etgan. Yunon-Eron urushi Yunonistondan tashqarida miloddan avvalgi 449-yilgacha davom etdi. So`nggi urushlarda ham yunonlar g`alaba qozonganlar.
Miloddan avvalgi 449-yili Suzada sulh tuzilib, u yunon tomonning vakili Kalliy nomi bilan Kalliy sulhi deb ataladi.
Sulh ahdlariga ko`ra eronliklar Kichik Osiyodagi yunon shaharlari va Egey dengizidagi barcha orollar mustaqilligini tan olgan. Eron harbiy-dengiz flotiga Egey dengizida suzish taqiqlangan. Eron Yunonistonga ko`p miqdorda tovon to`lashi kerak bo`lgan.
1-Afina dengiz ittifoqidan foydalanib, Afina butun Yunon dunyosidagi eng qudratli davlat bo`lib qolgan. Urush yunonlarning g`alabasi bilan yakunlangan. Bu urush yunonlar uchun ozodlik va mustaqillik urushi edi.
Miloddan avvalgi V–IV asrlarda Afinaning kuchayishi
1. Afina dengiz ittifoqining kuchayishi. 43 yil davom etgan Yunon-Eron urushidan so`ng Afina O`rtayer dengizi havzasidagi eng kuchli davlatga aylanadi. Yunon shahar-davlatlarining Afina boshchiligidagi 1-ittifoq Yunon-Eron urushidan keyin ham saqlanib qolgan. G`alabadan keyin bu ittifoq a`zolarining soni 200 ga yetgan.
1-Afina dengiz ittifoqining umumiy harbiy floti va quruqlikdagi qo`shini ko`paytirilib, yanada kuchaytirilgan. Uning pul va oltin xazinasi ham boyib ketgan edi. Afina harbiylari ittifoq floti va quruqlikdagi qo`shinga rahbarlikni o`z qo`llariga olganlar. Ittifoq xazinasi esa Delosdan Afinaga ko`chirib keltirilgan. Afina aslzodalari xazinaga xo`jayinlik qilishni va unga to`lanadigan a`zolik badali miqdorini belgilashni ham o`z qo`llariga oladilar. Shu tariqa Afina butun Egey dengizida hukmron bo`lib oladi. Shundan boshlab afinaliklarni «dengiz egalari» deb atashadigan bo`lganlar.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling