Qadimgi Sparta davlati Reja
Download 99.5 Kb.
|
1479927375 66197
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Spartada tarbiya.
3. Ilotlar qo`zg`oloni. Spartalik doriylarning ilotlar va ozod kishilarga o`tkazgan jabr-zulmlari ularning sabr kosasini to`ldirib yuborgan. Miloddan avvalgi VII asrda Messeniyada juda katta qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilar spartaliklarga qarshi uzoq yillar davomida qahramonona jang olib borganlar. Tengsiz jangda mahalliy aholi mag`lubiyatga uchrab, qo`zg`olonchilarning bir qismi chiqish qiyin bo`lgan tog`lar orasiga yashiringanlar. Sparta qo`shinlari qo`zg`olonchilar yashiringan joyga chiqib borganlar. Gulduros momoqaldiroq, sel yomg`iri va chaqmoq yog`dusida ikki o`rtada ayovsiz jang boshlanib ketgan.
Qadimgi zamonda o`tgan bir yozuvchi messeniyaliklarning spartaliklar bilan qilgan janglari to`g`risida shunday hikoya qiladi: «Ayollar ham qo`lga tosh olib, dushman ustiga tashlanishdi. Ular qo`lga qurol olar ekanlar, bu bilan erkaklarda ko `proq jasurlik olovini yoqdilar. Erkaklar o`shanda ayollarning dushmanga qul bo`lganlaridan ko`ra erkaklar bilan birgalikda o`lishni afzal bilishlarini ko`rdilar». Tog` tepasidagi bu ayovsiz jang uch kecha-yu uch kunduz davom etgan. Jangda har ikki tomondan juda ko`p odam halok bo`lgan. Spartaliklar sardori og`ir ahvolga tushib qolgan. Ular qo`zg`olonchilarga qarata: «Agar siz Messeniyani abadiy tashlab ketsangiz ozodlik beramiz», – deb va`da berganlar. Messeniyaliklarning bir qismi qul bo`lishni xohlamay, o`z vatanlarini tashlab ketganlar. Ularning bir qismi Messeniyada qolib spartaliklarga qaram bo`lib qolganlar. Shu tariqa Messeniya ham spartaliklar tomonidan istilo qilingan. 4. Spartada tarbiya. Spartaliklar o`g`il bolalarni yoshlik chog`idanoq boiajak jangchilar va hukmron efoiralarning sodiq xizmatchilari etib tarbiyalaganlar. Qadimgi yunon faylasufi Plutarxning yozishicha ota o`zining go`dak o`g`lini oqsoqollar huzuriga olib kelgan. Agarbola sog`lom va baquvvat ko`rinsa, uni tarbiyalash uchun otasiga qaytarib berilgan. Agar bola nimjon, mayib-majruh bo`lsa tubsiz jarga uloqtirib yuborganlar. Yetti yoshga to`lgan hamma o`g`il bolalarni to`plab, alohida guruhlar tashkil etganlar. Dovyurak, epchil va farosatli bola guruh boshlig`i qilib qo`yilgan. Boshqalar unga itoat etib, jismoniy mashqlar bilan shug`ullanganlar. Bolalar ataylab og`ir hayot kechirib, o`z tana va irodalarini chiniqtirganlar. Bolalar ilotlarga nisbatan shafqatsizlik ruhida tarbiyalangan. Ular ilotlar ichiga kirib, ularni o`ldirib turganlar. Bolalar va o`smirlar kattalarning hamma aytganlarini bajarishlari lozim bo`lgan. Ular kattalar ruxsat bersalargina gapirar edilar. Yunonlar hazil tariqasida «tosh haykallaming nidosini ko`prnq eshitsang-eshitasanki, spartalik bolalarning ovozini kamdan-kam eshitasan», deyishar edi. Spartaliklar o`smirlarni kuchli, jasur va chidamli qilib tarbiyalaganlar. Ular juda berahm, shafqatsiz va qo`pol bo`lib, o`qish va yozishnj arang bilganlar. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling