Qadimgi Sparta davlati Reja


Qullarning quldorlarga qarshi kurashlari


Download 99.5 Kb.
bet9/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

5. Qullarning quldorlarga qarshi kurashlari. Qullar ba`zan jabr-zulmga qarshi kurashning turli yo`llaridan foydalanganlar. Ular asboblami sindirar, hayvonlami mayib qilar, quldor va aslzodalaiga suiqasd qilib, uylariga o`t qo`yardilar.
Ba`zan Yunonistonda qullarning katta qo`zg`olonlari ham bo`lib turgan.
Miloddan avvalgi V asr o`rtalarida Spartada bo`lib o`tgan ilotlar qo`zg`oloni dahshatli tus olgan. Spartaliklar bu qo`zg`olonni bostira olmay qo`shni polislardan yordam so`rashga majbur bo`lganlar. Kurash davom etgan, ilotlaming bir qismi ozodlikka erishgan, lekin ular o`z vatanlarini tark etishga majbur bo`lganlar.
Shunday qilib, miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda quldorlik tuzumi rivoj topgan va mustahkamlangan.
Afina esa Yunonistondagi eng kuchli quldorlik davlati bo`lib qolgan.
Afina quldorlik demokratiyasi va yunon manzilgohlari
1. Afinada xalq yig`ini va uning vazifalari. Miloddan avvalgi VI asr boshlarida shiddatli janglar va o`tkazilgan islohotlar natijasida Attika demosi – oddiy fuqarosi katta g`alabani qo`lga kiritgan edi. Endilikda oddiy fuqarolar ham davlatning hamma sohadagi ishlarida faol qatnashadigan bo`ldilar.
Qadim zamondan boshlab Afinada va Yunonistonning boshqa joylarida xalq yig`inining ta`siri kuchli bo`lgan. Xalq yig`ini oliy hokimiyat bo`lib, u bir oyda 3–4 marta chaqirilar edi.
Xalq yig` inida Attikaning barcha shahar va qishloqlaridan kelgan bir necha ming erkak kishilar ishtirok etardilar. Xalq yig`ini qonunlar qabul qilar, urush, sulh va davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni muhokama qilar edi. Xalq yig`ini Afina davlatini boshqaradigan strateglami – lashkarboshilarni, turli mansabdor, amaldorlarni saylar va o`rnilaridan olib tashlash huquqiga ega edi. 1-Afina dengiz ittifoqi ixtiyoridagi xazina va uni sarflash ham xalq yig`ini ixtiyorida bo`lgan. Yig`inlar qizg`in bahs va munozaralar bilan o`tardi. Yig`in oxirida ko`rilgan masalalar yuzasidan ko`pchilik ovoz bilan tegishli qarorlar qabul qilingan. Xalq yig`ini ishiga 500 kishidan iborat kengash yordam berib turgan.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling