Qadimgi Sparta davlati Reja


Miloddan avvalgi VIII–VII asrda


Download 99.5 Kb.
bet12/19
Sana17.06.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1521588
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
1479927375 66197

Miloddan avvalgi VIII–VII asrda yashagan yunon shoiri Gesiod: «Kambag`allar qarzlaridan, mash`um ocharchilikdan qutulish maqsadida o`z vatanlarini tashlab, uzoq o`lkalarga jo`nab ketardila», – deb yozgan edi.
Miloddan avvalgi VIII–V asrlar orasida O`rtayer dengizining shimoliy sohillari – Korsika, Sardiniya, Sitsiliya orollari va Apennin yarimoroli sohillarida tashkil topgan manzilgoh-shaharlar tez rivojlanib ketgan. Yunonlar Kichik Osiyo, Misr va Qora dengiz sohillarida ham o`nlab manzil-shaharlar barpo etib savdo va hunarmandchilikni rivojlantirganlar. Bu shahar-davlatlar barpo bo`lgach, u yerda hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik ham rivojlangan. Bu shaharlarning o`z hokimlari, qo`shinlari va qonun-qoidalari bo`lgan. Ular hatto tanga pullar ham chiqarganlar. Yunonistonga asal, mo`yna, jun, tuz, yog`och, teri va boshqa xomashyo mahsulotlar olib kelingan. Koloniyalardagi shaharlar bilan olib borilgan savdo-sotiq Yunonistonning xazinasini boyitishda katta ahamiyatga ega bo`lgan.
5. Yunon manzilgolilaridagi turmush. O`zga mamlakatlarga ko`chib borgan yunonlar o`zlari uchun qulay bo`lgan dengiz qo`ltiqlari, sohili va daryolarning dengizga quyiladigan joylariga o`rnashib manzilgohlar qurganlar. Keyinchalik dastlabki manzilgohlar o`mida atrofi mudofaa devorlari bilan o`ralgan shahar va qishloqlar qurilgan.
Yunonlar mahalliy aholi bilan do`stona munosabatda bo`lib, ular bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Manzilgohlardagi yunonlar mahalliy aholidan olgan mahsulotlarining bir qismini va sotib olingan qullarni Yunonistonga jo`natganlar.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yunon manzilgohlaridagi shahar va qishloqlar dengiz bo`ylarida joylashgan edi. Ular yaqinida doimo savdo va harbiy kemalar turgan. Ba`zan xavf-xatar tug`ilsa, ular darrov kemalarga chiqib jon saqlaganlar. Chunki yunonlar dengiz sohilidagi manzillaridan ichkariga kirishga mahalliy aholidan qo`rqqanlar. Miloddan avvalgi V asrda yashagan yunon faylasufi Platon «Kavkaz tog`laridan Gibraltar bo`g`ozigacha bo`lgan dengiz sohillarida istiqomat qilgan shahar-davlatlarning aholisi hovuz bo`yiga chiqib o`tirgah qurbaqalarga o`xshaydilar», – deb yozgan ekan.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling