Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Download 214 Kb.
bet13/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-20 sher

ME'ROJNOMA JANRI
O`zbek yozuv madaniyati va kitobat san`ati tarixidaa temuriylar davri alohida o`rin tutadi. Amir Temur va temuriylar tashabbusi hamda otalig`i ostida kitobat san`ati rivojlandi. Mo`g`ullar istilosi davrida e`tibordan chetda qolgan sohalar qaytadan bo`y rostladi. Temuriylar davlatining yirik madaniy markazlari bo`lmish Samarqand, Hirot, Yazd, Andijon singari shaharlarda yirik xattotlik maktablari yuzaga keldi. Boshda sohibqiron Temurbekning o`zi, keyinchalik Shohruh Mirzo, Boysung`ur Mirzo, Mirzo Ulug`bek singari ma`rifatparvarlar va ilm tarafdorlari sohaning boshida turdilar.
Yana bir jihati, bu davrda yozuv madaniyati, xattotlik san`ati ham rivojlandi. Bu chog`larda temuriylarning sa`y-harakati, urinishi tufayli, arab xati bilan bir qatorda, ota-bobolardan meros bo`lib kelayotgan eski uyg`ur yozuvi, Navoiy so`zi bilan aytganda turkcha xat ham keng ishlatildi.
Uyg`ur yozuvimi yoki eski turkiy xat?
Ma`lumki, o`zbek xalqining yozuv madaniyati bir necha ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Mamlakatimiz hududidan qadimgi Xorazm, Baqtriya, kxaroshthi, O`rxun-Enasoy, sug`d va boshqa xil bitiklardagi bir qancha tarixiy bitiklar topilgan.
Ko`pgina olimlar tomonidan uyg`ur yozuvi deb atalib kelinayotgan bitik aslida faqatgina uyg`urlarga tegishli emas. Bu alifbo ma`lum davr mobaynida ko`plab turkiy xalqlarning madaniy hayotida muhim o`rin egallab kelgan. Bu yozuv shakliy jihatdan bir paytlar juda katta hududni qamrab olgan so`g`d xatiga o`xshab ketadi. Olimlarning aytishicha, har ikki yozuvning kelib chiqishi qadimgi oromiy yozuviga borib taqaladi.
Uyg`ur yozuvi ham uzoq vaqt davomida Markaziy osiyo xalqlari tomonidan foydalanib kelingan. Qadimgi so`g`d yozuvi asosida shakllangan eski uyg`ur alifbosida xat tepadan pastga tomon yozilgan. Yozuv ustunlari esa, chapdan o`ngga tomon joylashtirib chiqilgan. Uyg`ur yozuvidagi dastlabki yodgorliklar milodiy VIII asrga mansub. Uyg`ur yozuvi keyinchalik buddaviylik diniga sig`inuvchi turkiy qabilalar orasida keng tarqalgan.
Uyg`ur yozuvi ta`sirida keyinchalik, o`rta asrlardamo`g`ul va manchjur yozuvlari ham kelib chiqqan. Garchi Markaziy osiyoda arab alifbosi uyg`ur yozuvini siqib chiqargan bo`lsa-da, uyg`ur alifbosida o`rta asrlarda ham qator asarlar, jumladan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig”, “Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarlari, Lutfiyning bir qancha g`azallari ushbu yozuvda ko`chirilgan. Temuriylar paytida ham ushbu alifbo amalda bo`lgan. Ayni paytga qadar Xuroson hukmdori Abu Said Mirzoning 1468 yilda Oqquyunlilar hukmdori Uzun Hasanga yo`llagan nomasi hamuyg`ur xatida bitilgan. Shuningdek, Usmoniylar saroyida ham Oltin O`rda hukmdorlari bilan yozishmalar asnosida uyg`ur alifbosidan foydalanishgan.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling