Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Qarg'a qazg'a o'tko'nsa buti sinur


Download 214 Kb.
bet2/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-20 sher

Qarg'a qazg'a o'tko'nsa buti sinur - qarg'a uchishda g'ozga taqlid qilsa, buti sinar.
Qo'sh qilich qinqa sig'mas- qo'sh - ikki qilich bir qing'a sig'mas.
Uma kelsa, qut kelar - mehmon kelsa, qut kelar.
Alimchi - arslon, berimchi - sichg'an - oluvchi- arslon, qarzni beruvchi sichqon.
O'TLUK
«Devonu lug'otitturk»da o'git, nasihat ruhidagi she'rlar o'tluk deb nomlanadi. Ba'zan bu atama ma'nosini o'vo't so'zi ham ifodalagan. O'vo't asli o'gitdir. O'tluk tarbiya mavzusidagi bir necha bandli o'git hamda nasihatlardir. Devonda qofiyalanish tizkniga ko'ra o'tluk janriga xos ikkita she'r parchalari saqlanib qolgan.


G'AZAL JANRI
Parokanda so‘zi “tarqoq”, “sochilgan” degan ma`nolarni bildiradi. Parokanda g‘azallarda boshdan-oyoq yagona fikr, kechinma yoki holat tasvirlanmaydi. Har bir bayt mazmunan mustaqil bo‘lib, avvalgi bayt keyingi baytning mazmunini belgilamaydi. Yagona kechinma yoki holat tasvirining yo‘qligi sababli parokanda g‘azallardagi baytlarning o‘rni almashtirilsa yoki biror bayt tushib qolsa ham, g‘azalning umumiy mazmuniga unchalik putur yetmaydi. Albatta, matla` va maqta` bundan mustasnodir. Chunki matla`dagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘lsa, maqta`da shoirning taxallusi keladi. Parokanda g‘azal namunasi bo‘lgan Atoiyning quyidagi g‘azalini ko‘rib chiqaylik:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyattin anjumanda.
Tamanno qilg`ali la`lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensan,
Kerakmas jon mango sensiz badanda.
Mangu ul dunyada jannat na hojat,
Eshiging tuprog‘i basdur kafanda.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya`qubdek baytul hazanda.
Uzun sochingdin uzmasman ko‘ngulni,
Oyog‘ing qanda bo‘lsa, boshum anda.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda
G‘azal mahabbat mavzusida bo‘lib, oshiqning ma`shuqaga nisbatan otashin sevgisi tasviridan iborat. Ammo har bir baytda qandaydir mustaqillik, alohidalik seziladi, ya`ni keyingi bayt oldingi bayt mazmunining davomi emas. Baytlar mazmunini qisqacha ifodalasak, quyidagi manzara hosil bo‘ladi:
1-bayt: Sening jamoling guldan go‘zal.
2-bayt: La`l lablaringni ko‘nglim orzu qiladi
3-bayt: Sensiz hayot kerak emas.
4-bayt: Eshiging tuprog‘i jannatdan afzal.
5-bayt: Meni tashlab ketma.
6-bayt: Boshim uzun sochingga fido.
7-bayt: Men sarvi qadding bandasiman.
Ko‘rinadiki, har bir baytda g‘azalning asosiy mavzusi bo‘lgan muhabbat bilan bog‘liq masalalarning ma`lum bir tomoni ochiladi, hatto bir qarashda tasodifiy fikr-mulohazalar keltirganday tuyuladi. Shunday holni boshqa o‘zbek shoirlarining g‘azallarida ham ko‘rish mumkin. G‘azalning kompozitsion jihatdan ikkinchi turi yakpora g‘azaldir. Yakpora so‘zi “butun”, “yaxlit” degan ma`nolarni bildiradi. Yakpora g‘azallarda baytlararo munosabat parokanda g‘azallarning aksi bo‘lib, matla`da biror kechinma yoki holat qalamga olinadi-da, keyingi baytlarda ana shu kayfiyat va kechinma yoki u bilan bog‘liq masalalar izchil tasvirlanadi.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling