Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Download 214 Kb.
bet8/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
1-20 sher

QIT'A JANRI
Qitʼa (arab. — boʻlak, qism, parcha) — mumtoz adabiyotda lirik janr. Sheʼriy shakl sifatida qasida va gʻazaldan oldin paydo boʻlgan. Tuzilishiga koʻra, gazalga yaqin turadi, lekin Q.da matlaʼ qofiyalanmaydi (ab. vb, gb...), hajmi ham qatʼiy emas, mazmun talabiga koʻra, ikki bayt va undan ortiq (xatto 19 baytgacha) boʻlishi mumkin. Har bir Q. yaxlit asar boʻlib, biron mavzuga bagʻishlanadi. Boshqa lirik janrlarga nisbatan Q.da shakl va mazmun erkinligi ustun, mavzu doirasi ham keng. Unda ijtimoiy-siyosiy, diniy-falsafiy axloqiy-taʼlimiy va boshqa mazmundagi fikrlar hajv va hazilmutoyiba tarzida, shoir hayotining turli lahzalari bilan bogʻliq qayd va mulohazalar sifatida oʻz ifodasini topishi mumkin.
Fors-tojik adabiyotida Q.ning dastlabki namunalari Rudakiy ijodida koʻrinadi. Uning janr taraqqiyoti va takomilida fors shoiri Avhadiddin Anvariy (1190 yil v. e.) va Ibn Yamin Faryumodiyning xizmati katta.
Oʻzbek adabiyotida Q.ning ilk namunalari "Devonu lugotit turk"da, Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Gadoiy, Lutfiy va boshqa ijodida uchrasa-da, uning taraqqiyoti Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq. Q. dan hech kim Navoiychalik samarali foydalana olgan emas. U eng koʻp Q. yozgan Ibn Yaminning ilgʻor anʼanalarini oʻz davri sharoitiga bogʻlab rivojlantirgan, Q.ni oʻzbek adabiyotida mustaqil janr darajasiga koʻtargan. 16—19-asrlarda Bobur, Poshshoxoja, Munis Xorazmiy, Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Shukuriy Fargʻoniy, Ogahiy, Miriy, Avaz Oʻtar, Almaiy va boshqa shoirlar Naioiy anʼanalarini davom ettirib, oʻzbek qitʼanavisligiga hissa qoʻshdilar. Habibiy, Sobir Abdulla, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Chustiy, Charxiy, E. Vohidov va boshqalar Q.lar yaratishgan. Hozir Q.lar barmoq vaznida ham yozilmoqda.
O‘zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir. Undagi janrlar faqat shakliy belgilari, paydo bo‘lish tarixi, taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas, ifoda usullari, tili, obrazlar tizimi, poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi.
Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuyg‘ularini o‘z badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Shuning uchun ularni mohiyat e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha o‘xshash bo‘lmagan, o‘z-o‘zicha tugal bir san’at olami deyish mumkin.
Lirik janrlar tarixi va poetikasiga qiziqish o‘zbek adabiyotshunosligida keyingi yillarda ancha jonlandi. Ba’zi lirik janrlar haqida u yoki bu san’atkorning adabiy faoliyati bilan bog‘liq holda muhim nazariy fikrlar bayon etildi. Ayrim janrlar haqida maxsus ilmiy ishlar yuzaga keldi. Ammo shunga qaramasdan, bu sohada hali ko‘pgina jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bu gap qit’a janriga ham tegishli. To‘g‘ri, ushbu janr uzoq zamonlardan beri olimlarning diqqatini o‘ziga qaratib keldi. Bu o‘rinda Ye.E.Bertels, A.Mirzoev, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, Yo.Is’hoqov, R.Orzibekov, L.Serikova boshqa adabiyotshunoslarning qit’a haqidagi ilmiy qayd hamda maqolalarini eslash mumkin. Shunga qaramasdan, bu masalaning ayrim tomonlari hali tadqiqga muhtoj.
Biz esa qit’a va g‘azal munosabati xususida fikr yuritmoqchimiz.
Har bir lirik janrning ikkinchi bir lirik janr bilan u yoki bu shaklda yaqinlik, aloqadorlik tomonlari bo‘ladi, albatta. Ammo bu to‘g‘rida gapirganda, avvalo har bir janrning faqat o‘ziga xos poetik xususiyat va takomilini e’tiborga olish lozim. Zero, har bir lirik janr badiiy ijod olamida o‘zining g‘oyaviy-badiiy vazifasi bilan tug‘iladi. Aks hoda janr xilma-xilligi to‘g‘risida gap bo‘lishi mumkin emas. Odatda, she’r hayotiy zaruriyat, ma’naviy-ruhiy ehtiyojdan dunyoga keladi. Janr kategoriyasi ana shu ehtiyoj va zaruriyatning turli tarzda shakllanishi, shaklga munosib mazmun, mazmunga munosib shakl holida ko‘rinishidir.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling