Qadimgi turkiy adabiy istilohlar


Download 214 Kb.
bet3/20
Sana04.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1328260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-20 sher

MASNAVIY JANRI
” Masnaviy tarzida yoziladigan asarlarda har qaysi bayt mustaqil qofiyalanadi.Bu xil qofiyalash usuli qulay bo’lganligi uchun katta hajmdagi she’riy asarlar:hikoya-manzumalar,hajviy hikoyalar,soqiynomalar,dostonlar shu tarzda qofiyalangan. Jumladan,Xorazmiy “Muhabbatnoma”si,Xo’jandiy “Latofatnoma”sidagi maktublar,Qutbning “Xusrav va Shirin” dostoni,”Yusuf va Zulayho”,”Gul va Navro’z”asari,Navoiy,Muhammad Solih,Nishotiy dostonlari,Muqimiyning hajviy hikoyalari,Furqatning ma’rifat mavzusidagi manzumalari shu tarzda qofiyalangan.Jumladan,Ogahiyning dahr bog’i ta’rifidagi masnaviysi shunday boshlanadi:
Dahrki bir bog’i musaffodurur,
Boshdin ayoq zeb ila orodurur.
Lutfu nazokat aro har gulshani,
Aysh ila ishrat elining maskani.
O’ylaki firdavs fazosi oning,
Ruhafzo obu havosi oning.
Nahrlari o’ylaki bahrun najot,
Balki azubat aro aynul hayot.
Suvlari har sori namudor o’lub,
Oynayi tahtihol anhor o’lub.
Havzlari ichra musaffo zulol,
Xosiyatu ta’m aro kavsar misol.
Ochilibon yuz rang ila gullari,
Sochilibon gul uza sunbullari….."1
O’zbek adabiyoti tarixida masnaviy yo’li bilan yaratilib ,bizgacha to’la holda saqlangan asar Yusuf Xos Hojibning ”Qutatg’u bilig” dostonidir.”Qutatg’u bilig” haqida so’z yuritilgan asarlarda uning mavzu qamrovi va ifoda tarzi haqida fikrlar bayon qilingan.Masalan,Najib Osimbek “Qutatg’u bilig”mavzu e’tiborila “Siyosatnoma”ning aynidir.Turk avzoining mashhuri o’lan o’n birli vaznda va tarzi masnaviyda yozilmish o’lan bu asari nafis beshinchi asri hijriydagi turk jamoatining haqiqiy bir tasvirini,afkori ma’naviya va siyosiyasini go’stariyur”,desa,H.Tavfiq,M.Ehson,H.Oliylar o’zlarining ”Turk adabiyoti namunalari”da uning masnaviy shaklda yozilganligini qayd qilish bilan cheklanishadi.Shu xil fikrlarni boshqa ko’p tadqiqotlarda ham ko’rish mumkin. Masnaviy haqidagi nazariy ma’lumotlarda,asosa,,uning shakily-poetik xususiyatlari qayd etilgan.Masnaviy(arabcha ”ikkilik”)deganda,asosan she’riy shaklning qofiyalanish prinsipi (a-a,b-b,v-v……)tushunilgan.
Misol:
Nedur ahvoling,ey zo’ri g’aribim, -a
Visolim davlatidan benasibim -a
Chekardim g’am tog’in holing nechukdir?... –b
Buyukdin jismi chun noting nechukdir?... –b
(Alisher Navoiy,Shirinning Farhodga maktubidan).
Masnaviyning xususiyati to’g’risida ”Al-mo’jam fimaoriash’or ul-Ajam” asarida Qays at-Roziy shunday deb yozadi: ”….Ajam shoirlari har bir baytdagi misralarining o’zaro qofiyadosh bo’lishi nuqtayi nazaridan uni masnaviy deb yuritilgan.Noma va masnaviy janrining ko’pchiligi masnaviy janrida yaratilgan. Masnaviy haqida doktor Zahroyi Xonlari yozadi:”

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling