Qadimgi turkiy adabiy istilohlar
Download 214 Kb.
|
1-20 sher
RUBOIY VA UNING TURLARI
Ruboiy (arab. — toʻrtlik) — Sharq xalqlari sheʼriyatida keng tarqalgan poetik janr. Tayin gʻoyaviybadiiy va shakliy shartlarga binoan yaratilgan 4 misradan iborat falsafiy, axloqiy, taʼlimiy yoki ishqiy mavzudagi sheʼr. R. hazaj baxrida (axram va axrab vaznlarida jami 24 ta) yoziladi. Boshqa bahrlarda yozilgan toʻrtliklar dubaytiy, kuylanadiganlari esa tarona deb ataladi. R. qofiyalanish tartibiga koʻra ikki xil boʻladi. Birinchi xil R.larning 1—2—4misralari oʻzaro qofiyalanadi (a-a-b-a shaklida). Mas:Koʻpdin berikim yoru diyorim yoʻqtur, Bir lahzau bir nafas qarorim yoʻqtur. Keldim be sori oʻz ixtiyorim birla, Lekin borurimda ixtiyorim yoʻqtur. Bobur. Ikkinchi xil R. da toʻrtala misrasi ham qofiyalanadi (a-a-a-a shaklida). Mas:Andin berikim qoshimda yorim yoʻqtur, Hijronda juz nolai zorim yoʻqtur. Dasht uzra quyun kabi qarorim yoʻqtur, Sargashtaligimda ixtiyorim yoʻqtur. Navoiy. R.dagi 4 unsur 4 misrada aytilmoqchi boʻlgan fikrning toʻgʻri, badiiy yuksak, kompozitsion jihatdan pishiq boʻlishini taʼminlaydi. 1-misra —tezisda shoir aytmoqchi boʻlgan fikr oʻrtaga tashlanadi; 2-misra — antitezisda birinchisiga qarama-qarshi fikr aytiladi, birok, u tezisni isbotiga xizmat qiladi; 3-misra — moddai ruboiya 4-misrada aytilmoqchi boʻlgan xulosa uchun koʻprik vazifasini oʻtaydi; 4-misra — sintezda avvalgi 3 misradan gʻoyaviy xulosa chiqariladi, bu shoirning asosiy gʻoyasi hisoblanadi. R. shaklidagi sheʼrlar xalq ogʻzaki ijodida paydo boʻlgan, namunalari "Devonu lugʻotit turk"da uchraydi. Dastlabki R.larni Rudakiy va Shahidi Balxiy yaratgan. Badriddin alQavomiy (12-asr) arab, fors va turkiy tillarida R. yozgan. A. Runiy, S. Salmon, Ibn Sino, Umar Xayyom va boshqalar R.ning mohiyati va uslub jihatdan yuksak namunalarini ijod qilganlar. Navoiy ijodida esa yuqori bosqichga koʻtarilgan. Navoiy R.larida hayotiy taassurot, ijtimoiy-siyosiy va falsafiyaxloqiy mulohazalar yuksak badiiy shaklda oʻz ifodasini topgan. Keyinroq Bobur bu janrni rivojlantirgan. 19-asrda Munis, Ogahiy, Komil Xorazmiy va boshqalar R.ning goʻzal namunalarini yaratganlar. Hozirgi davr oʻzbek adabiyotida Shayxzoda, Shuhrat, Ramz Bobojon, Tolib Yoʻldosh kabi shoirlar R. yozganlar. Biroq ularning baʼzilari R. vaznida yozilmaganligi uchun dubaytiy yoki toʻrtlik deb ataladi. Fariddiddin Attorning “Muxtornoma” asaridan qalbni, xulqni, go‘zallashtirishga da’vat etuvchi besh mingdan ortiq ruboiy joy olgan. Mavlono Jaloliddin Rumiyning devonida bir yarim mingga yaqin ruboiy berilgan. Ular Xayyomning inson umri g‘animatligi, dunyoning o‘tkinchiligi to‘g‘risidagi SHarqu G‘arbda shuhrat topgan. Sрarq poetikasida ruboiy faqat hazaj bahrining axrab va axram tarmoqlarida yozilishi va albatta to‘rt misradan iborat bo‘lishi qat’iy belgilangan. Abu Ali ibn Sino, SHayx Najmiddin Kubro, Mirzo Abdulqodir Bedil singari donishmandlar o‘zlarining ma’rifiy aloqiy, ilohiy qarashlarini ruboiylarida ifodalashgan. Janrlar an’ana tarzida avvaldan mavjud bo‘lishi tabiiydir. Ammo uni mavzu, uning zamirida turgan hayot materiali, mazmun yo fikr tanlaydi. Ruboiy – lirikaning mo‘‘jaz janrlaridan biri bo‘lib, dastlab fors-tojik adabiyotida folklor ta’sirida paydo bo‘ldi, keyinchalik turkiy adabiyotdan ham mustahkam o‘rin oldi. Ruboiy (arabcha, to‘rtlik so‘zidan) – axloqiy-falsafiy, ishqiy mavzularda yaratiladigan to‘rt misradan iborat yaxlit, tugallangan she’r. Dastlab fors-tojik she’riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bo‘lgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. “Haft qulzum” asaring muallifi Qabul Muhammad ruboiy janriga shunday ta’rif beradi: “Bilgilki, ruboiy lug‘atlarda ikki baytli she’r deganidir. Vazn va qofiyada to‘rttala misrasi ham muofiq kelgan she’r ruboiy deyiladi. Ruboiyda aksar birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi misralar qofiyadosh bo‘ladi. Maboda uchinchi misra ham kelsa , unga “ruboiy tarona” deb yuritiladi”. «FUNUNU-L-BALOG‘A»dan: Ruboiy to‘rt misra’ bo‘lur. Avvalg‘i va ikkinchi va to‘rtinchi misra’ida qofiya keltirurlar. Va uchinchi misra’i ixtiyordur. Agar qofiya keltursalar ruboiyi musarra’ derlar. Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling