Qadimgi turkiy til morfologiyasi: ot so’z turkumlari
Download 29 Kb.
|
7-Ma\'ruza. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Ot so’z turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I shaxs.
- Kelishik kategoriyasi.
Egalik kategoriyasi. Qadimgi turkiy tilda ham ot turkumiga kiruvchi so’zlar egalik affiksini olib, narsa va predmetning uchta shaxsdan biriga tegishligini, qarashligini ifodalaydi. Egalikni ifodalashning eng sermahsul usuli morfologik usuldir. Egalik qo’shimchalari quyidagi ko’rinishga ega:
Masalan: sabы – so’zi; budunum – xalqim: әmgәkimiz - mehnatimiz. Kelishik kategoriyasi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishi bosh kelishikdagi holatining o’zgarishidir. Kelishiklar otlarning boshqa so’zlar bilan bo’lgan munosabatini ko’rsatadi. Bu munosabat predmetning boshqa predmet bilan, yo harakat, yoki boshqa belgi bilan aloqasini ifodalaydi. Hozirda morfemalarga ajralmaydigan ba’zi so’zlar tarkibida kelishiklar bo’lgan: soңra, ichrə, tashqaru, ichkәrү va b. Qadimgi turkiy tilda bir o’zakka ikki kelishik qo’shimchasi qo’shilib kelgan. Məniңgə, səniңtə, ilgəru va b. Bir kelishik o’rnida boshqa kelishik almashinib ishlatilgan. Iliңə bitigdim (davlatida bititdim) (T), tүrgәsh qag’anta kөrүg kәlti Turgesh hoqondan kuzatuvchi keldi(T). So’zlar uyushib kelganlarida, kelishik qo’shimchasi barcha so’zlarga, ba’zan oxirgi so’zga qo’shilgan. Masalan: oңrə, qыtanyda, bəriyə tabg’achda, qurыya Qurdantda, yыraya Og’uzda (Kt) va b. Kelishik qo’shimchasini olgan so’z tarkibida ba’zan fonetik o’zgarish sodir bo’ladi. Masalan: aңa (Bx), alarnың (Qb) So’zlarning qattiq va yumshoq o’zakli bo’lishiga qarab, kelishiklarning har xil fonetik variantlari qo’shiladi. Qadimgi turkiy tilda 7 ta kelishik bo’lgan, ular quyidagilar: Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling