Qadimgi turkiy til morfologiyasi: ot so’z turkumlari
Download 29 Kb.
|
7-Ma\'ruza. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Ot so’z turkumi
al-(ol) – alыm (qarz – qarz berganga nisbatan)
bər (ber) - bәrim (qarz-qarzga nisbatan) kəd-(kiy) – kәdim (kiyim) soq-(ur- so’y) – soqum (so’qim) өl-(o’l) - өlүm (o’lim) oqta-(o’q ot-) – oqtam (otim) 2. –n, -in, -ыn, -үn, -un qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi –m niki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni anglatadi: aq-(oq) – aqыn (sel) tər-(ter-) - tərin (jamoa) bul-(top-) – bulun (asir) tүg- (tug) – tүgүn (tugun) kishә- (tushovla) - kishən (tushov, kishan) 3. –ma, -mə qo’shimchasi. Qalin negizga –ma, ingichka -mə varianti qo’shiladi. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan va shu harakatni bajaradigan predmetni ifodalaydi: yəl (el-) - yəlmə (tez otliq otryad) tiz (tiz-) - tizmə (bog’ich) kəs (kes) - kəsmə (kokil) tut (tut, saqla-) – tutma (sandiq) 4. –g’, -g, ыg’, -ig, -ug’, -үg, -ыq, -ik, -uq, -үk qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning ham negizga qo’shilish tartibi –m, -n qo’shimchalarniki singari bo’lib, fe’l bildirgan harakatni bajaruvchi va shu harakat bilan bog’liq predmetni anglatadi: qap- (yop-) - qapыg’ (darvoza) bil- (bil-) – bilig (ilm) tut- (tut-) – tutug’ (garov) kөr- (ko’r-) - kөrүg (josus, razvedkachi) bit (yoz) – bitik (xat) 5. –q, -k qo’shimchasi. Bu qo’shimchaning oldida paydo bo’ladigan unlida uyg’unlik yo’q. Fe’l anglatgan harakat natijasida paydo bo’lgan predmetni ifodalaydi: yaz- (yomonlik qil) – yazuq (gunoh) tilə- (tila) - tilək (tilak, orzu) qыl- (qil-) – qыlыq (xulq) 6. –ch qo’shimchasi. Bu qo’shimcha mavhum ot yasaydi: өkүn (o’kin-) - өkүnch (pushaymonlik) saqыn- (o’ylamoq, eslamoq) – saqыnch (o’ylash, eslash) 7. –chu, -chү qo’shimchasi. Qalin negizga –chu, ingichkasiga –chү varianti qo’shiladi. abыn- (ovin-) – abыnchu (ovinchoq) ərin (әrin-) - ərinchү (ayb) 8. –t qo’shimchasi. Fe’ldan anglashilgan harakatni predmetlashtiradi: өl- (o’l-) - өlүt (qatl) adыr- (ayir-) – adыrt (farq) 9.-ы, -i, -u, -ү qo’shimchasi. Bu qo’shimcha variantlarining qo’shilishi negizning qalin-ingichkaligiga va tarkibidagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Harakat natijasini anglatadi: өtүn- (o’tin-) - өtnү (qarz) yaz- (yoz-) – yazы (cho’l, dala) 10. –a, -ə qo’shimchasi. Qalin negizga –a, ingichkasiga -ə varianti qo’shiladi. Fe’ldan anglashilgan harakat natijasida vujudga kelgan predmetni bildiradi: uv- (maydala-) – uva (umoch) 11. –g’a, -ga qo’shimchasi. Negizga qo’shilish tartibi yuqoridagi qo’shimchaniki singaridir. Fe’l bildirgan harakatga ega shaxsni anglatadi: bil- (bil-) - bilgə (olim) өg- (angla-) - өgə (ongli, farosatli kishi) 12. –qыch, -g’ыch, -kich, -gich, -quch, -kүch, -g’uch, -gүch qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, oxirgi tovushning jarangli-jarangsizligi va oxirgi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq. Bu qo’shimcha qurol nomi yasaydi: ach- (och-) – achqыch (ochqich, kalid) yul- (yul-) – yulg’uch (ombir) 13. –qu, -g’u, -ku, -gү qo’shimchasi. Qaysi variantining ishlatilishi negizning qalin-ingichkaligi, jarangli-jarangsizligiga bog’liq. Bu ham qurol nomi yasaydi: bыch-(kes-)- bыchg’u (kesadigan asbob) qana-(qon chiq-) – qanag’u (qon oladigan asbob) 14. –qыn, g’ыn, -kin, -gin, -qun, -g’un, -kun, -gun qo’shimchasi. Qaysi variantining qo’shilishi negizning qalinligi va ohiridagi bo’g’indagi unlining lablangan-lablanmaganligiga bog’liq jaranglilik-jarangsizlilik uyg’unligi buzilishi mumkin. Fe’ldan anglashilgan harakatni bajaruvchi yoki shu harakatga mahkum shaxs ma’nosini bildiradi. Download 29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling