Qadimgi turkiy til morfologiyasi: ot so’z turkumlari


Download 29 Kb.
bet4/7
Sana15.02.2023
Hajmi29 Kb.
#1199685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Ma\'ruza. O’zbek tilining tarixiy morfologiyasi. Ot so’z turkumi

1. Bosh kelishik. Qadimgi turkiy tilda ham, hozirgi turkiy tillardagidek, bosh kelishik morfologik ko’rsatkichi bo’lmasligi bilan xarakterlanadi.
Bosh kelishikda kelgan so’zning gapdagi asosiy funktsiyasi ega vazifasida kelishidir. Masalan: bilgə Tonyuquq bən өzүm Tabg’ach iliңə qыlыntыm (To’n.).
2. Qaratqich kelishigi quyidagi variantlarga ega: -nың; -niң; -nuң; -nүң; -naң; -nәң; -ың; -iң; -uң; -үң. Masalan: bayыrkunuң, burxanlarnың.
Bir affiksning turlicha ko’rinishlarda ishlatilishi singarmonizm qonuniyati bilan bog’liqdir. So’z tarkibida lablangan unli bo’lsa, -nuң, -ңuң, -uң kabi, lablanmagan unli bo’lsa, -nың, -niң, -ың, -iң kabi formalarda qo’shiladi. Masalan: Qag’anыn, təңriniң, boduniң va b. Qadimgi turkiy matnlarda ham qaratqich belgisiz qo’llangan: Tүrk tәңrisi Tүrk ыduq yәri subi ancha tәmish (To’nyuquq-11)
3. Tushum kelishigi —g’; -g; -ыg’; -ig; -ug’; -үg; -әg’; -әg; -ы; -i; -n; -ni; -nы qo’shimchalari bilan ifodalangan. Masalan, (lashkar) - sүg (lashkarni); tash (tosh) - tashыg’ (toshni). Әlig yыl әsig, kүchүg bәrmish (To’nyuquq-8). bədizchig kəlүrtүm … sabыmыn sыmadы (KTkb).
Hozirgi turkiy tillarda tushum kelishigidagi so’z o’zi bilan munosabatda bo’lgan fe’l bilan shunday bog’langan bo’ladiki, boshqa hech qanday kelishik bu qadar zichlikka ega bo’lmaydi. Xuddi ana shunday xususiyat qadimgi turkiy tilda ham uchraydi.
4. Vosita kelishigi qo’shimchasi -n; -ыn; -in; -үn; -an; -әn. U ish harakatning sodir bo’lgan o’rnini, boshlanish o’rnini, birgalik, vosita ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: og’lыn qul boltы – o’g’li bilan qul bo’ldi. kөzөn kөrmədүk, qulqaqыn əshidmədүk- ko’z bilan ko’rmadik, quloq bilan eshitmadik (KT).
5. Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi -g’aru; -gәrү; -qaru; -kәrү; -g’ar; -gәr; -ru; -rү; -ra; -rә; -qa; -kә; -g’a; -gә; -ya; -yә; -a; -ә. Masalan, og’uzg’aru - og’izga; bizgәrү - bizga, uyg’urg’aru, maңar, saңar, maru, bәrү, ichrә, tag’a. Masalan: bəңү tashqa urtum. Aңar kөrү biliң! (KT). Ilgərү kүn tog’suqiңə, bərigərү kүn ortusыңaru, qurыg’aru kүn batsыqiңə yыrg’aru tүn ortusыңaru anda ichrəki budun uqup (qup?) maңa kөrүr (KT).

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling