Qadimgi turkiy tilning fonetik va leksik xususiyatlari Reja: Unlilar fonetikasi Undoshlar fonetikasi


Download 50.76 Kb.
bet3/8
Sana14.09.2023
Hajmi50.76 Kb.
#1677852
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-ma`ruza 4

Singarmonizm
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuni amaldagi qonuniyat bo‘lgan. Bu davrda birinchi bo‘g‘inning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra so‘z yoki butun bir jumla qattiq va yumshoq talaffuz qilingan.
Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi. Masalan: kөrur, kөzum kөrməztəg, bilir biligim bilməz təg boltï. Qadimgi turkiy tilda singarmonizmning ikki qonuni mavjudligi aniq:
1) tanglay uyg‘unligi yoki palatal attraktsiya;
2) lab uygunligi yoki labial attraktsiya.
Tanglay uyg‘unligi — so‘zdagi tovushlarning bir-biriga va qo‘shimchalarning o‘zakka qatorda va qalin-ingichkalikda moslashuvidir:
Yashïmqa (yoshimda) әlig (elni, davlatni)
ilgәrү (oldinga) og‘uzg‘aru (o‘g‘uzga)
bәrtimiz (bordik) bilig (bilim)
Lab uyg‘unligi - birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘g‘indagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanish jihatdan moslashuvidir.
ishig (ishni) kүchүg (kuchni)
inim (ukam) kөzүm (ko‘zim)
әlimiz (davlatimiz) sүmүz (lashkarimiz)
Demak, singarmonizm qonunida so‘zning birinchi bo‘g‘inidagi unli fonema qanday bo‘lsa, qolgan bo‘g‘inida ham shu unli fonemaga moslashadi, ya’ni so‘zning birinchi bo‘g‘inida til orqa unlisi bo‘lsa, uning hamma bo‘g‘inlarida ham til orqa unlisi bo‘ladi. So‘zning birinchi bo‘g‘inida til oldi unlisi bo‘lsa, qolganlarida ham til oldi unlisi bo‘ladi.
Qadimgi turkiy tilda singarmonizm qonuniyatining ba’zan tanglay yoki lab garmoniyasi buzilganligi ham kuzatiladi, biroq uning qattiq-yumshoqligi har doim saqlanib qoladi. Masalan: …budunlïg‘ yoңshurtuqin үchүn Tүrk budun әllәdүk (T).
Yopiq bo‘g‘inli so‘zlarda lablangan unlilarning ishlatilishi doimiy hodisa sifatida saqlanib qoldi. Lab garmoniyasi ko‘proq fe’lning shaxs-son formalarida uchraydi. Shuningdek, egalik, so‘roq yuklamasi, ravishdosh, sifatdosh, fe’l zamonlari qo‘shimchalarida ham ko‘rinadi. Masalan: əzum, өzuң, ichikdim, olur va h.
Mahmud Qoshg‘ariy lablangan va lablanmagan unlilarning o‘rni haqida fikr yuritib, bunga o‘tgan zamon fe’lining birinchi shaxs birligini misol qilib ko‘rsatadi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, fe’lning bu formasi turklarda bardïm, o‘g‘uzlarda esa bardum shakliga ega.
Bundan ko‘rinadiki, o‘sha davrdayoq dialektlarda singarmonizm qonunining buzilishi boshlangan.
Singarmonizm hodisasi hozirgi bir guruh turkiy tillarda to‘la aks etgan bo‘lsa-da, hozirgi bir guruh turkiy tillarda kuchsizroq xususiyatga ega. Turkiy tillarda singarmonizm qonuni mavjudligini birinchi bo‘lib XI asrdayoq M.Qoshg‘ariy tasdiqlagan. U turkiy so‘zlarning o‘zak xarakteriga qarab qattiq o‘zakli so‘zlarga qattiq affikslar, yumshoq o‘zakli so‘zlarga yumshoq affikslar qo‘shilishini aytib o‘tgan.

Download 50.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling