Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari
Download 265.5 Kb.
|
1-29 turkiy til
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tukiy tillar roman va german tillari
Adabiyotlar:
G`.Abdurahmonov, A.Rustamov. Qadimgi turkiy til. T. O`qituvchi. 1982 yil, 3-6 betlar. 2. I.Azimov, M.Rahmatov. Qadimgi turkiy til. Toshkent, 2005-yil. N.A.Baskakov. Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazikov. M-1962. str.113-117 S.B.Malov. Pamyatniki drevnetyurkskoy pismennosti. M. 1951. str. 96-97 4. D.M.Nasilov. Izuchenie pamyatnikov yazika v otechestvennom drevneuygurskogo yazika v otechestvemmom vostokovedenie.Tyurkologicheskiy sbornik. M. 1970. str. 5. www.ziyonet.uz Tukiy tillar roman va german tillari Samolovich esa turkiy tillarni tasnif qilishda fonetik prinsipga asoslanadi. U turkiy tillarni 6 guruhga bo`lgan. R guruhi – bu tillarda qadimgi turkiy tildagi Z va keyinchalik Y ga o`tgan tovush R tovushi bilan aytiladi. Azaq-ayaq D guruhi – bu tillarda Z tovushi D tovushi bilan aytiladi. Bu guruhga uyg`ur, tuva, qaragaz, salor tillari umuman uyg`ur va shimoliy sharqiy turkiy tillar kiradi. Tau guruhi – bu tillarga tog` so`zi tau tarzida aytiladi. Bu guruhga oltoy, qirg`iz, qumuq, qarachay, balqor yoki umuman shimoliy g`arbiy turkiy tillar kiradi. Tag`liq guruhi – bunda eski o`zbek tili, hozirgi uyg`ur va janubiy sharqiy turkiy tillar kiradi. Tag`liq guruhi – bunda xorazm o`zbek tili shevasi qipchoq turkman tillari kiradi. Ol guruhi – Bu guruhga ozarbayjon, turk, gagaus kabi g`arbiy turkiy tillar kiradi. Turkiy xalqlarning moddiy va madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy arxeologik etnografik ma’lumotlar turkiy tilda so`zlashuvchi urug` hamda qabilalar eramizdan oldin mavjudligini, jamiyat bo`lib tashkil bo`lganligini, birgalikda turmush kechirganligini ko`rsatadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarda turkiy tillar tarixida ”Oltoy tili davri” deb yuritiladi. Bu haqida akademik B.Y.Vlademir yozadi: ”Mo`g`il, turk va to`nguz tillari o`zining umumiy o`tmishdoshiga egaki, uni shartli ravishda oltoy tili dab atash mumkin. Hozir oltoy tili ma’lum emas. Lekin oltoy tillari mo`g`ul turk, to`nguz tillari bilan ular o`sha davr tilining taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan. Oltoy tili davrining oxirida turk va mo`g`il qabilalari tabaqalanadi. Oltoy tili davrida mo`g`il qabilalari R-L Tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslansa, turkiy qabilalarda esa Z-Sh-X tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslanadi. Saz batqoq qaz o`rdak. Oltoy tillari uchta katta til gruppasini o`z ichiga oladi. Turkiy, mo`g`ul, to`nguz, manjor tillari. Bu tillarda hozir asosan Osiyo qit’asining Sibr, Mo`g`iliston, Sharqiy Shimoliy Xitoy, O`rta Osiyo, Volga bo`yi, Yaqin sharq, Kavkaz teritoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar. Baskakov turkiy tillani rivojlanish tarixini quyidagi davlarga bo`ladi. 1. Oltoy davri milodgacha III asr. Turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi ilk bosqichi bo`li, bu davrning muayyan sanalari fan tomonidan aniqlangan emas. Chunki tarixiy hujjatlar yo`q. 2. Xun davri (Milodiy V asrgacha) 3. Qadimgi turk davri (V-X asrlargacha) 4. O`rta turk davri (X-XV asrlar) 5. Yangi turk davri (XIV-XIX asrlar) 6. Eng yangi davr (XIX-XX asrlar) Klasifikatsiyalar orasida turkiy tillarning ham til xususiyatlarini ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda turkiy tillarning barchasini to`liq qamrab olgan klasifikatsiya Baskakov klassifikatsiyasidir. Bu tasniflarga ko`ra turkiy tillar dastlab ikkita tarmoqqa ajratiladi. G`arbiy xun tarmog`i 4 shaxobchaga bo`linadi. Bulg`or shaxobchasi. Bunga qadimgi bulg`or, xazar va hozirgi chuvash tili kiradi. O`g`uz shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi o`g`uz va hozirgi turkman. Gagavuz, Ozorbayjon, turk tillari kiradi. Qipchoq shaxobchasi. Bunga qarayin, qumoq, qaram tatarlari, tatar, boshqoq, qoraqalpoq, qozoq tillar kiradi. Qarliq shaxobchasi. Bu shaxobcha tarixiga qadimgi uyg`ur tili, eski o`zbek tili va hozirgi uyg`ur, o`zbek tillari kiraid. Sharqiy xun tarmog`i. Ikki shaxobchaga bo`linadi. Uyg`ur o`g`uz shaxobchasi. Bunga qadimgi o`g`uz tili va hozirgi tuva qaragaz, yoqut hakaz shor tillari kiradi. Qirg`iz qipchoq shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi va hozirgi qirg`iz tili va oltoy tillar kiradi. Bogorotskiy hozirgi turkiy tillarda ularning geografik joylashi va fonetik xususiyatlari haqida klasifikatsiya qilgan. Turkiy xalqlar va tillarning tarixiy taraqqiyoti yetarli hisobga olmagan. Bundan tashqari ayrim turkiy tillar, masalan qarayim va mo`g`ay tillar e’tibordan chetda qolgan. V.Radlov ham turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va qisman geografik joylashuvidan kelib chiqib klasifikatsiya qilgan. Lekin u keltirgan ayrim fonetik xususiyatlar bir gruppa emas, balki bir necha gruppaga bo`lingan. S.E.Malov o`z asarlarida turkiy tillar tasnifiga doir bir qator qiziqarli fikrlarni bayon qiladi. U mavjud tasniflarga qilingan o`zining qo`shimcha va ilovalarda eskirgan xususiyatlarning saqlanishi hamda yangi xususiyatlarini hosil bo`lish jihatidan barcha turkiy tillarni 4 guruhga bo`ladi. 1. Eng qadimgi tillar 2. Qadimgi tillar 3. Yangi tillar 4. Eng yangi tillar. L.Bensing va K.Menges klasifikatsiyalarida turkiy tillarning til xususiyatlaridan tashqari ularning tarixiy taraqqiyot protsessi ham hisobga olingan. Download 265.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling