Qadimgi turkiy tilning fonetik xususiyatlari


Download 265.5 Kb.
bet7/20
Sana28.10.2023
Hajmi265.5 Kb.
#1731541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1-29 turkiy til

ol (u) ö l-(o‘lmoq)
ot (olov) ö t-(o‘tmoq)
oz- (o‘zmoq) ö z (o‘z,jon)


FONETIK HODISALAR

Qadimgi turkiy tilda quyidagi tovush o‘zgarishlari yuz bergan:

b>m: bän (Ton) – män (E) “men”, bäŋkü (Ton) – mäŋkü (E) “mangu”.

n>b: ana (KT) – aba (Oltun yorug‘) “ona”.

s>z: bolsun (KT) – bolzun (Oltun yorug‘) “ bo‘lsin”.

s>š: Santuŋ (Ton)- Šantuŋ (KT) “joy nomi”.

k>g: kikür (KT) – kigür (Oltun yorug‘) “kirit”.

n>y: anïğ (KT) –ayïğ (Oltun yorug‘) “buzilish”, qon (KT) qoy (Oltun yorug‘) “qo‘y”.


Yodgorliklarning yozuv va fonetik o‘zgachaliklari qadimgi turkiy tilda sakkizta unli fonema amal qilganidan dalolat beradi. Bular: [a], [ä], [ï], [i], [o], [ö], [u], [ü]. Bulardan:
[a] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablanmagan unli;
[ä] – old qator, “ingichka”, keng, lablanmagan unli;
[ï] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablanmagan unli;
[i] – old qator, “ingichka”, tor, lablanmagan unli;
[o] – orqa qator, “yo‘g‘on”, keng, lablangan unli;
[ö] – old qator, “ingichka”, keng, lablangan unli;
[u] – orqa qator, “yo‘g‘on”, tor, lablangan unli;
[ü] – old qator, “ingichka”, tor, lablangan unli.
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimi tovushlar qatori, tor-kengligi, lablanish-lablanmasligiga ko‘ra o‘zaro qarama-qarshi juftliklarni yuzaga keltirgan: orqa qator “yo‘g‘on” [a], [ï], [o], [u] unlilari old qator “ingichka” [ä], [i], [ö], [ü] unlilariga; keng [a], [ä], [o], [ö] unlilari tor [ï], [i], [u], [ü] unlilariga; lablanmagan [a], [ä], [ï], [i] unlilari lablangan [o], [ö], [u], [ü] unlilariga qarama-qarshi turadi.
Turkiy tillarda kelishiklarning tarixiy variantlari
Turkiy xalqlarning moddiy va madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi tarixiy arxeologik etnografik ma’lumotlar turkiy tilda so`zlashuvchi urug` hamda qabilalar eramizdan oldin mavjudligini, jamiyat bo`lib tashkil bo`lganligini, birgalikda turmush kechirganligini ko`rsatadi. Bu davr ilmiy adabiyotlarda turkiy tillar tarixida ”Oltoy tili davri” deb yuritiladi.
Bu haqida akademik B.Y.Vlademir yozadi: ”Mo`g`il, turk va to`nguz tillari o`zining umumiy o`tmishdoshiga egaki, uni shartli ravishda oltoy tili dab atash mumkin. Hozir oltoy tili ma’lum emas. Lekin oltoy tillari mo`g`ul turk, to`nguz tillari bilan ular o`sha davr tilining taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan. Oltoy tili davrining oxirida turk va mo`g`il qabilalari tabaqalanadi.
Oltoy tili davrida mo`g`il qabilalari R-L Tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslansa, turkiy qabilalarda esa Z-Sh-X tovushlariga ega bo`lgan tilga asoslanadi. Saz batqoq qaz o`rdak. Oltoy tillari uchta katta til gruppasini o`z ichiga oladi. Turkiy, mo`g`ul, to`nguz, manjor tillari. Bu tillarda hozir asosan Osiyo qit’asining Sibr, Mo`g`iliston, Sharqiy Shimoliy Xitoy, O`rta Osiyo, Volga bo`yi, Yaqin sharq, Kavkaz teritoriyalarida yashovchi xalqlar gaplashadilar.
Baskakov turkiy tillani rivojlanish tarixini quyidagi davlarga bo`ladi.
1. Oltoy davri milodgacha III asr. Turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi ilk bosqichi bo`li, bu davrning muayyan sanalari fan tomonidan aniqlangan emas. Chunki tarixiy hujjatlar yo`q.
2. Xun davri (Milodiy V asrgacha)
3. Qadimgi turk davri (V-X asrlargacha)
4. O`rta turk davri (X-XV asrlar)
5. Yangi turk davri (XIV-XIX asrlar)
6. Eng yangi davr (XIX-XX asrlar)
Klasifikatsiyalar orasida turkiy tillarning ham til xususiyatlarini ham genetik qarindoshligini atroflicha hisobga olgan hamda turkiy tillarning barchasini to`liq qamrab olgan klasifikatsiya Baskakov klassifikatsiyasidir.
Bu tasniflarga ko`ra turkiy tillar dastlab ikkita tarmoqqa ajratiladi.
G`arbiy xun tarmog`i 4 shaxobchaga bo`linadi.

  1. Bulg`or shaxobchasi. Bunga qadimgi bulg`or, xazar va hozirgi chuvash tili kiradi.

  2. O`g`uz shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi o`g`uz va hozirgi turkman. Gagavuz, Ozorbayjon, turk tillari kiradi.

  3. Qipchoq shaxobchasi. Bunga qarayin, qumoq, qaram tatarlari, tatar, boshqoq, qoraqalpoq, qozoq tillar kiradi.

  4. Qarliq shaxobchasi. Bu shaxobcha tarixiga qadimgi uyg`ur tili, eski o`zbek tili va hozirgi uyg`ur, o`zbek tillari kiraid.

Sharqiy xun tarmog`i. Ikki shaxobchaga bo`linadi.



  1. Uyg`ur o`g`uz shaxobchasi. Bunga qadimgi o`g`uz tili va hozirgi tuva qaragaz, yoqut hakaz shor tillari kiradi.

  2. Qirg`iz qipchoq shaxobchasi. Bu shaxobchaga qadimgi va hozirgi qirg`iz tili va oltoy tillar kiradi.

Bogorotskiy hozirgi turkiy tillarda ularning geografik joylashi va fonetik xususiyatlari haqida klasifikatsiya qilgan.


Turkiy xalqlar va tillarning tarixiy taraqqiyoti yetarli hisobga olmagan. Bundan tashqari ayrim turkiy tillar, masalan qarayim va mo`g`ay tillar e’tibordan chetda qolgan.
V.Radlov ham turkiy tillarni fonetik xususiyatlari va qisman geografik joylashuvidan kelib chiqib klasifikatsiya qilgan.
Lekin u keltirgan ayrim fonetik xususiyatlar bir gruppa emas, balki bir necha gruppaga bo`lingan.

Download 265.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling