Qadimgi xett epigrafikasi


Qadimgi Xett dini va e`tiqodi


Download 93 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi93 Kb.
#1245072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xett davlati

4. Qadimgi Xett dini va e`tiqodi. Xettlar hayotida va e`tiqodida ibtidoiy din va e`tiqod shakllari – yer, suv, tog`, qoya, momaqaldiroq kabi narsa va hodisalarga sig`inganlar. Keyinchalik xett dinida hosildorlik kuchlarini o`zida aks ettiruvchi tabiat onasi – ulug` ma`buda e`tiqodi kuchaygan. Ayni paytda xettlar tog` cho`qqilari, momaqaldiroq, yashin, yog`ingarchilik va hosildorlik xudosi Teshubni ilohiylash-tirganlar. U bosh xudo hisoblanib, u «Osmon podshosi, Xett mamlakati homiysi» hisoblangan. Uning xotini Quyosh xudosi bo`lib, u ham xettlar mamlakati homiysi. Xett podsholari malikalarining homiysi hisoblangan.
Teshubni beliga qilich taqqan va chap qo`lida bir tutam yashin, o`ng qo`lida jang boltasi ushlagan zo`r jangchi qiyofasida tasvir-laganlar. Boshqa Xett xudolari ham turli qiyofada tasvir etilgan. Teshub Xett davlatining tashkil topishi davrida davlat va podsho hokimiyatiga homiylik qiluvchi xudoga aylanadi. U yoki bu Xet podshosi hayot vaqtida bosh ruhoniy sifatida eng muhim diniy marosimlarni amalga oshirgan. Podsho o`lgach, uning ruhiga atab motam-ma`raka marosimlari ado etilib, u xudo bilan tenglashtirilgan. Podsholar quyosh xudosi hassasini ushlagan holda tasvirlangan. Anatoliyaning Yazili-Qoyadagi momaqaldiroq xudosi Teshubning podshoni o`z o`g`lidek quchog`iga olib turgani tasvirlangan. Podsho xudo darajasiga ko`tarilgan ekan, mamlakat a`yonlari va fuqaro uni «quyoshim» deb atashlari kerak bo`lgan.
Xettda xudolar nomi shunchalik ko`pki, Xett davlati bitimlarida oliy xudolar bilan bir qatorda «Xett mamlakatining 1000 xudosi» tilga olinadi. Xettlar o`z xudolariga va muqaddas hayvonlarga atab qoya tosh sathiga qabartma suratlar o`yib, haykallar ishlaganlar. Shuningdek, xudolariga bag`ishlab bayram kunlari qo`y, echki va qoramol so`yib qurbonliklar qilganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.
2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.
3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.
4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.
5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.
6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.
7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.
8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.
9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 1989.
10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 1985.
11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling