Qadimgi xett epigrafikasi


Miloddan avvalgi 1680–1650-yillarda


Download 93 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi93 Kb.
#1245072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xett davlati

Miloddan avvalgi 1680–1650-yillarda hukmronlik qilgan Laborna (Taborna) mamlakatni birlashtirishni oxiriga yetkazadi. U mamlakatning ko`p joylari va Qora dengizning janubiy sohillarigacha bo`lgan yerlarni iste`lo qiladi. Ularni Xett davlati tarkibiga qo`shib oladi. U poytaxtni Nesodan Xattusaga ko`chiradi. Podsho Xattusili I (1650-1620) va Mursili I (1619-1590) davrlarida Xett podsholigi kuchayib, xett qo`shinlari shimoliy Suriyadagi Xalap va Bibl shaharlarini bosib oladilar. Shu davrda mamlakat ichkarisida qullar va kambag`allar qo`zg`olon ko`targanlar. Xett podsholari saroyida fitna kuchayib Xattusili I ga nisbatan suiqasd uyushtirilib u o`z kuyovi tomonidan oidiriladi. Podsho Telepen davrida (1520–1490) Xett podsholigi bir oz kuchaygan. Lekin Telepen vafotidan so`ng podsholik kuchsizlanib inqirozga uchragan.
3. O`rta Xett podsholigi. Telepen vafotidan keyin, uning o`g`il-lari o`rtasida toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Bu davr miloddan avvalgi XVI asr oxiri va XV asrni o`z ichiga oladi. O`rta Xett podsholigi davrida podsholik kuchsizlanadi. Shu davrda podsholikning janubi-sharqida Mitanni davlati kuchayib, Mitanni qo`shinlari Kilikiyaning bir qismini bosib oladilar. Shimoldan esa Qora dengiz sohillarida yashagan kask qabilalari xettlar yurtiga hujum qilib, Xattusu shahrini bosib olib, uni vayron qiladilar. O`rta Xett podsholigi davomida kambag`allar va qullar qo`zg`oloni kuchayib ketgan. Saroyda toj-taxt uchun kurash ham qizg`in tus olgan. Tashqi dushmanlarning hujumi, ichki g`alayonlar va zodagonlar orasidagi o`zaro kurashlar podsholikni halokat ostonasiga olib kelib qo`yadi. Shu bilan o`rta Xett podsholigi ham o`z nihoyasiga yetadi.
4. Yangi Xett podsholigi. Miloddan avvalgi XIV asr boshlarida Suppilulium Xett davlati taxtiga o`tiradi. U serg`ayrat lashkarboshi, mohir diplomat va uzoqni ko`ruvchi dono siyosatdon edi. Suppilulium davrida Xett podsholigi qayta tiklanib ravnaq topadi. U Xett qo`shinlarining jangovarlik jihatlariga katta e`tibor beradi. Xett qo`shini ot qo`shilgan tezkor jang aravalari bilan ta`minlanadi. Jang aravalarning har birida haydovchi, komondoz va qalqon-bardorlardan iborat uch jangchi bo`lar edi. Xettlar urushda jang aravalaridan foydalanishni giksoslar yoki mitanniliklardan qabul qilgan bo`lsalar kerak. Urush vaqtida jangovar aravali qismlar shiddat va tezkorlik bilan hujumga o`tgan va dushman saflarini sarosimaga solganlar. Podsho Xett shaharlarini, xususan mamlakat poytaxti Xattusaning mudofaa inshootlarini mustahkamlashga ham katta e`tibor bergan. Suppilulium qo`shni mamlakatlar ustiga lashkar yuborish, o`z qizlarini ularning shoh va shahzodalariga nikohlab berish va turli diplomatiya usullarini qo`llab, ularni o`ziga qaratib oladi. Jangovar xett qo`shinlari janubi-g`arbda Arsava podsholigini, janubda Kilikiya va Suriyaning katta qismini bosib oladi. Xett qo`shinlari Mitanniga hujum qilib, g`olib chiqadilar. Mitanni podshosi saroy fitnachilari tomonidan o`ldiriladi. Shu davrda Ossuriya bilan Alshinning birlashgan qo`shinlari Mitanniga bostirib kiradilar. Vaziyatdan foydalangan Xett podshosi o`z qizini Tushratining o`g`li shahzoda Shattivasga nikohlab, shahzodani Mitanni taxtiga o`tqizadi.
Suppilulium davrida Mitanni xettlarga qaram bo`lib qoladi. Suppilulium podsholigi davrida Xett podsholigi Qora dengiz bo`ylaridan Palastin, Bobil va Ossuriya chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olgan edi.
Suppilulium vafotidan so`ng taxtga Mursili II (1340–1305) o`tiradi. Mursili II davrida asosiy harbiy harakatlar Kichik Osiyoning janubi-g`arbida olib boriladi. Chunki Kichik Osiyoning janubi-g`arbida Arsava podsholigi rahbarligidagi Mira va Lukka davlatlari ittifoqi bor edi. Ular janubi-g`arbdan Xett podsholigiga xavf solib turar edilar. Mursili II Mira, Lukka va Miletlarni o`z tomoniga og`dirib, ittifoqchilarni kuchsizlantirishga erishadi. Lekin ular hamon kuchli raqib bo`lib turar edilar. Valma shahri yaqinida xettlar bilan Arsava ittifoqchi qo`shinlari o`rtasida dahshatli jang bo`lib o`tadi. Jangda ittifoqchilar qo`shini yengilib, Arsava shohi va uning o`g`li qochib ketadilar. Xett qo`shinlari Apasu (Efes) shahrini egallab, Egey dengizi sohillariga chiqadilar Shundan keyin Arsava davlati Xett podsholigiga qaram boiib qoladi. Kichik Osiyo yarimorolining katta qismi xettlar ixtiyoriga o`tadi. Bu davrda Xett podsholigining harbiy kuch-qudrati eng yuqori darajaga ko`tariladi.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling