Qadimgi xitoy davlati va huquqi


KONFUTSIYLIK AXLOQIDA ME’YOR VA MANTIQ


Download 1.32 Mb.
bet5/7
Sana06.05.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1436042
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g’oyalar

KONFUTSIYLIK AXLOQIDA ME’YOR VA MANTIQ

  • Konfutsiylik axloqida hukmron bo’lgan me’yorlar bundan buyon kuch bilan, qattiq qonun („fa“) jazosi bilan o’rnatilishi lozim bo’lgan. Bu ortodoksal konfutsiylikning quyidagicha qisqa va aniq qoidasida ham o’z aksini topgan: "qayerda „li“ kamlik qilsa, o’sha yerda „fa“ni qo’llash lozim, yoki nima „fa“ bo’yicha jazolansa, u „li“ bo’yicha ruxsat etilmaydi, nimaga „li“ bo’yicha ruxsat etilgan bo’lsa, uni „fa“ bo’yicha jazolash mumkin emas". Konfutsiylik va legizmning qo’shilishi shunga olib keldiki, „li“ me’yorlari endi majburiylik va rasmiylik xarakterini olgan, huquqqa esa o’sha vaqtda muqaddaslashtirilgan ko’pgina konfutsiylik asarlari — „Chjou li“, "I li ", „Li szi“ kabilar ko’chirilgan. Bu asarlarda miloddan avvalgi 1 ming yillik 2-yarmi boshlaridayoq konfutsiylarning axloq me’yorlari sistemalashtirilgan va mustahkamlangan edi.

„QONUNLAR OBZORI“

  • Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 536 yilga taalluqli „Qonunlar obzori“ ilk yozma qonunlarga yorqin misol bo’la oladi. Unda jinoyatlar uchun jazolarning quyidagi beshta turi: tamg’a bosish, burnini kesish, bitta yoki ikkala oyog’ini kesish, kastratsiya (axtalash, bichish) va o’lim jazosi berish nazarda tutilgan edi. Bu jazolar keyinchalik eng ko’p tarqalgan jazo turlari bo’lib qolgan. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda legistlarning ilg’or vakillaridan biri Li Kuy tomonidan tuzilgan „Vey podsholigi qonunlari kitobi“ qadimgi Xitoydagi ilk qonunlar to’plamlaridan muhimi hisoblanadi.
  • Qadimgi Xitoyda majburiyatlarning shartnomalardan kelib chiqadigan turi keng tarqalgan. Huquqiy manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o’tilgan. Dastlabki shartnomalardan biri ayirboshlash bo’lib, u asta-sekin o’z o’rnini oldi-sotdi shartnomasiga bo’shatib borgan. Yerni olish-sotish bilan bog’liq shartnomalar keng tarqalgan.
  • Manbalarning xabar berishicha, milodning I asrida ayollar va davlat qullari ham yerlarni olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin bo’lgan. Hadya shartnomasi ham juda ko’p uchraydigan shartnomalardan edi. Yerlarni, qullarni, aravalarni, qurol-yarog’ va boshqa mulklarni hadya qilish tez-tez bo’lib turadigan hodisa edi.
  • Qadimgi Xitoyda oila patriarxal xarakterga ega bo’lgan. Miloddan avvalgi 356-350 yillarda Shan Yan kuchli markazlashgan hokimiyat tashkil etish yo’lida to’siq hisoblangan nufuzli katta oilalarning, oilaviy urug’-aymoqlarning ajralib chiqishlariga qarshi kurashib, ularni majburiy suratda bo’lib yuborishga karatilgan siyosat yurgizgan.
  • Li szining V kitobida nikoh yoshining o’ziga xos quyi va yuqori chegarasi: erkaklar uchun 16 yoshdan 30 yoshgacha, ayollar uchun 14 yoshdan 20 yoshgacha qilib belgilangan.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling