Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari


U insonlarning tabaqalanishini tabiat va Xudo tomonidan hukm qlingan haqiqatdir deb yozadi. Eng muhim iqtisodiy xulosasi shuki, boylikning manbayi mehnatdir


Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1539546
1   2   3   4
Bog'liq
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari

U insonlarning tabaqalanishini tabiat va Xudo tomonidan hukm qlingan haqiqatdir deb yozadi. Eng muhim iqtisodiy xulosasi shuki, boylikning manbayi mehnatdir. Shu bilan birga, quldorlarning davlat boyligini kuchaytirish uchun qullarni ko‘proq ishlatib, kamroq yegizishga chaqiradi. Konfutsiy ta’limotining davomchilaridan biri Men-Szi (eramizdan avvalgi 372-289 yil) edi. Men-Szi jamiyatni boshqaruvchi va boshqariluvchilarga bo‘lib, xalq boshqaruvchilari uchun ishlamog‘i kerak, deydi. U jamiyatni klassik taqsimlanishi, tarafdori edi, aqliy va jismoniy mehnat o‘rtasidagi qarama-qarshilikni himoya qiladi. Qadimgi Xitoyda Konfutsiy ta’lim otining ikkinchi eng yirik davomchisi Syun-Szi (eramizdan avvalgi 313-238 yil) bo‘lgan. U davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori bo‘lgan. Insonlarni boylikka bo‘lgan ishtiyoqini oqlaydi, lekin bu harakatlar qonun doirasidan chetga chiqmasligini ko‘rsatadi. Odamlarni birdaniga hamma hunarlar bilan shug‘ullanishga qilgan harakatlarini qoralaydi. Inson bir vaqtning o‘zida ko‘plab kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikrni ilgari suradi. Natijada, u birinchilardan bo‘lib mehnat taqsimoti ta’limotini ilgari suradi (bu juda muhim g‘oya edi). Uning ta’limotiga ko‘ra, odamlar boylar va kambag‘al toifalarga bo‘linishi tabiiy holdir. Ularning turlicha kiyim-boshda yurishlarini ta’kidlaydi.
Uning fikricha, davlatning iqtisodiy siyosati uchta tamoyilga asoslanishi kerak:

  1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash;

  2. Xalq to‘qligini to‘la ta’minlash;

  3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.



Uning fikricha, davlatda taqsimot mavjud tabaqalanishga mos kelmog‘i darkor. Yetarlicha ta’minot tamoyili jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq holda belgilangan. Ekspluatatsiya qo‘llab-quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o‘z o‘rni bo‘lishi kerak, deyilgan, ya’ni hukmdorga tobelik, otaga o‘g‘ilni boshqarish ma’lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo‘yicha bo‘lishi, og‘ir soliq va majburiyatlar bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Eramizdan avvalgi VI-III asrlarda Konfutsiychilik mafkurasiga qarshi muholif legistlar (“qonuniy”) oqimi paydo bo‘ladi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida olib borish tarafdori edilar. Bu oqim namoyandalari Szi-Chan, Li-Kuy o‘z ta’limotida markaziy davlat kuchli va yagona mamlakatga birlashishini qo‘llab-quvvatlashga undaydilar. Legistlar maktabining vakili Xitoy tarixida mashhur bo‘lgan Sham Yan (er. av. 390-338-yil ) o‘zining “Shan viloyati hukmdori” kitobini yozdi. Unda qishloq xo‘jaligi konsepsiyasida dehqonchilikni, donchilikni (g‘alla) rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. G‘alla masalasini hal etishni bosh masala deb bilgan. Davlat oldiga amaldorlarni boqish va bosqinchilik urushlarini yuritish uchun juda katta oziq-ovqat zaxiralarini jamg‘arish vazifasi yuklatildi. Shan-Yanning ko‘rsatishicha, ikkita manba yordami bilan davlat gullab-rivojlanadi: don va urush (atrofdagi yerlarni bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini o‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli “ishyoqmaslar”ni “yerga qaytarish”, ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, mehnat qilishga majbur etiladi. Chegarada va bozorda tezlik bilan to‘lovlarni oshirish kerakligi, natijada savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar daromadlari kamayishi hisobiga ular ham tez kunlar ichida dehqonga aylanadi, deb taklif qiladi.

Qadimgi Xitoy iqtisodiy ta’limotlarida “Guan-Szi” (er. av. VI asr) traktati juda katta o‘rin tutadi. Unda o‘sha davr uchun xo‘jalikni davlat tomonidan boshqarishning butun bir tizimi talqin qilinadi. Bu asarni mualliflar jamoasi tayyorlagan bo‘lib, oldingi ta’limotlardan farqi shundaki, unda tovar-pul munosabatlarini yaxshi o‘rganish asosida xo‘jalikni boshqarishni unumli yo‘lga o‘tishiga da’vat etilgan edi. Xalq xo‘jaligini barqaror saqlash uchun tovarlar baholarini ushlab turish g‘oyasi ilgari suriladi. Davlat non va pul metalini tartibga solish yo‘lini qo‘lida saqlasa, mamlakat rivoji nisbatan tekis boradi, deyilgan. Bu asarda ham agrar soha, ayniqsa, dehqonchilikka alohida urg‘u berilgan. Agar legistlar hunurmandchilik, ayniqsa, savdoni befoyda soha deb hisoblagan bo‘lsalar, bu asarda esa o‘sha sohalarga ham ijobiy baho berilgan. Asarda iqtisodiyotni bozor stixiyasidan himoyalash masalasi ham o‘rtaga tashlanib, buning uchun baho mexanizmidan foydalanish kerakligi aytilib, bunday yoziladi:


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling