1. Xitoyda konfusiychilik iqtisodiy ta‟limotining asoslari Legistlar Xitoydagi (m a. VI-III asrlar) iqtisodiy oqim
Download 372.63 Kb.
|
Қадимги Хитой ғоялари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. «Guan-Szi» (m.a.IV asr) Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari R e j a
- Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy
- Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.)
Termiz iqtisodiyot va servis universitet IQTISODIYOT yo`nalishi 1-kurs 8-22-guruh talabasi Choriyev Zokirnini “Iqtisodiy ta`limotlar tarixi” fanidan tayyorlagan prezentatsiyasi 1. Xitoyda konfusiychilik iqtisodiy ta‟limotining asoslari 2. Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim 3. «Guan-Szi» (m.a.IV asr) Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari R e j a: Konfusiy (Kun-Szi, m.a. 551-479 yy.) - Xitoydagi konfusiychilik iqtisodiy ta`limotining asoschisi. «Lunyu» suhbatlar va mulohazalar to`plamini yaratgan. «Xalqlar otasi» iborasining muallifi. Oz iste`mol qilib, ko`proq ishlashni targ`ib yetgan. Odat bo`yicha boshqarish tarafdori (ota-bola; podsho-xalq, oila kabi bo`lishi kerak). Legistlar - Xitoydagi (m.a.VI-III asrlar) iqtisodiy oqim. Konfusiylikka qarshi. Boshqaruv qonunlar asosida bo`lish tarafdori. Don masalasini hal qilish bosh vazifa deb qaraladi. Dehqonlarni ro`yxat qilish, soliq tizimini tartibga solish tarafdorlari. «Guan-Szi» (m.a.IV asr) - Xitoydagi ijtimoiy-iqtisodiy asar, unda xo`jalikni davlat tomonidan tartibga solish tizimlari mukammal berilgan. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xo’jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo’yadi. Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb ta‘kidlaydi. Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoy asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalari bilan cheklangan.7 Legalizm (fr. Légisme) — Xitoy tarixining 4—3-asrlarda shakllangan Chjanguo (urushayotgan davlatlar) davri falsafiy maktabi. Miloddan avvalgi Miloddan avvalgi, shuningdek, Advokatlar maktabi (xitoycha hàngāng, pinyin fǎjiā, pall. fajia) nomi bilan ham tanilgan. Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi». Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitoblari ma‘muriy qolipdan uzoq asar sifatida mashhur. U o’z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli bir qator g’oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif nazariyasining taxmini bo’lgan uning ―yengil/og’ir‖ nazariyasidir. «GUAN SZI» — asosan 4—3-asrlarga oid turli mualliflarning asarlarini birlashtirgan eng yirik qadimiy Xitoy falsafiy risolalaridan biri (taxminan 130 ming ieroglif). Miloddan avvalgi va 24 "varaq" (juan) va 86 bob (pian)dagi sakkizta tematik bo'limdan iborat bo'lib, ulardan 10 ta bo'lim yo'qolgan. Guan Szi tovar agar u mo’l bo’lsa, uning vazni yengillashgan va uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning vazni og’irlashgan va narxi ko’tarilgan bo’ladi. Tovarning yengilligi va og’irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu tarzda yengil/og’ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi bo’lgan. Guan Szi yengil/og’ir nazariyasidan pulning miqdor nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og’ir bo’lganida uning narxi ko’tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo’lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko’tariladi). Bu tebranishni to’xtatish uchun u pul og’ir bo’lganida (buning yordamida narx darajasi ko’tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil bo’lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini ko’paytirish imkonini bergan. Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengay- tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. Guan Szi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko’ra Guan Szini o’rganish G’arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko’ra muhimroq. E`tiboringiz uchun rahmat! Download 372.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling