Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Download 1.15 Mb.
|
Abdualimova Saodat
Uning fikricha, davlatda taqsimot mavjud tabaqalanishga mos kelmog‘i darkor. Yetarlicha ta’minot tamoyili jamiyatdagi o‘rniga bog‘liq holda belgilangan. Ekspluatatsiya qo‘llab-quvvatlanadi, jamiyatda hammaning o‘z o‘rni bo‘lishi kerak, deyilgan, ya’ni hukmdorga tobelik, otaga o‘g‘ilni boshqarish ma’lum qonun asosida emas, balki oddiy odat bo‘yicha bo‘lishi, og‘ir soliq va majburiyatlar bo‘lmasligi ta’kidlanadi. Eramizdan avvalgi VI-III asrlarda Konfutsiychilik mafkurasiga qarshi muholif legistlar (“qonuniy”) oqimi paydo bo‘ladi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida olib borish tarafdori edilar. Bu oqim namoyandalari Szi-Chan, Li-Kuy o‘z ta’limotida markaziy davlat kuchli va yagona mamlakatga birlashishini qo‘llab-quvvatlashga undaydilar. Legistlar maktabining vakili Xitoy tarixida mashhur bo‘lgan Sham Yan (er. av. 390-338-yil ) o‘zining “Shan viloyati hukmdori” kitobini yozdi. Unda qishloq xo‘jaligi konsepsiyasida dehqonchilikni, donchilikni (g‘alla) rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. G‘alla masalasini hal etishni bosh masala deb bilgan. Davlat oldiga amaldorlarni boqish va bosqinchilik urushlarini yuritish uchun juda katta oziq-ovqat zaxiralarini jamg‘arish vazifasi yuklatildi. Shan-Yanning ko‘rsatishicha, ikkita manba yordami bilan davlat gullab-rivojlanadi: don va urush (atrofdagi yerlarni bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini o‘tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli “ishyoqmaslar”ni “yerga qaytarish”, ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, mehnat qilishga majbur etiladi. Chegarada va bozorda tezlik bilan to‘lovlarni oshirish kerakligi, natijada savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchilar daromadlari kamayishi hisobiga ular ham tez kunlar ichida dehqonga aylanadi, deb taklif qiladi.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling