Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»


V Petti (1623-1687) ning iqtisodiy gʻoyalari


Download 91.48 Kb.
bet15/35
Sana16.06.2023
Hajmi91.48 Kb.
#1515695
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
iqtisod

15 V Petti (1623-1687) ning iqtisodiy gʻoyalari.

PETTI (Petty) Uilyam (1623.26.5, Romsi shahri, Xempshir — 1687.16.12, London) — ingliz klassik siyosiy iqtisodining asoschisi. Leyden, Parij va Oksford universitetlarida tibbiyotdan taʼlim olgan. U serqirra qobiliyatga ega boʻlib, 1647-yilda nusxa koʻpaytiradigan mashina ixtiro qilgan. 1649-yilda fizika doktori ilmiy darajasini olgan, 1651-yilda musiqa va anatomiyadan professor P. yirik yer egasi edi. P. Angliyada 17-asrda boʻlib oʻtgan burjua inqilobidan keyin oʻz hokimiyatini mustahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyotchisi sifatida tanildi. "Soliqlar va yigʻimlar haqidagi risola" (1662), "Soʻz donishmandlarga" (1665) "Irlandiyaning siyosiy ana-tomiyasi" (1672), "Pul haqida soʻz" (1682), "Siyosiy arifmetika" (1683) kabi asarlarida qiymatning mehnat nazariyasini asoslab berdi. P. merkantilistlardan farqli ravishda, boylik manbai muomala sohasida emas, ishlab chiqarishda deb hisoblagan. P. jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini obyektiv qonunlarga bogʻliq deb qaraydi, lekin ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga oʻxshash abadiy va uzgarmasdir, deb izohlaydi. P. iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot usullaridan foydalandi va uni statistik tahlil bilan toʻldirdi. P. mehnatning qiymat nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan.


P.ning "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir" degan fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi. P. tovarlar qiymatini ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat bilan aniqlash nuqtai nazaridan qoʻshimcha qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal etishga urindi. Uning fikriga kura, renta qoʻshimcha qiymatning umumiy shakli boʻlib, yer rentasi va pul rentasi (foiz) tar-zida namoyon boʻladi. P. differensial yer rentasi muammosini iqtisodchi olimlar orasida birinchi boʻlib oʻrgandi, yerning bahosi toʻgʻrisidagi masala ham P. tomonidan ilmiy jihatdan toʻgʻri qoʻyildi. P. davlat statistika xizmati tuzish zarurligi masalasini koʻtardi va statistik maʼlumot toʻplashning ayrim yoʻnalishlarini belgilab berdi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari yangi sharoitlarga moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi (qarang Neoklassik iqtisodiy nazariya).



Download 91.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling