Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy»


J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari


Download 91.48 Kb.
bet20/35
Sana16.06.2023
Hajmi91.48 Kb.
#1515695
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
iqtisod

20 J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari.
Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQShda butun XIX asr 
davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga 
qadar, klassik maktab g’oyalarining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida 
A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. Shu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini 
ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. 
J.B.Sey har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi 
bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, 
davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hag’tidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim 
sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Sig’siy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit 
kontseptsiyasini sistemalashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib 
berishga harakat qildi. J.B.Sey bu asarini qayta ishlab yangi nashrga tayg’rladi. Lekin 
bu asarning ikkinchi nashri ancha cho’zildi. Uning sababi shundaki, «Traktatdagi» 
iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodig’tga va xo’jalik 
hag’tini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi 
harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real 
hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. J.B.Sey yangi tuzumni tan olmagan holda
Tribunatning birinchi konsulining moliyaviy loyihasini ikkinchi nashrga 
tayg’rlanag’tgan «Traktatda» to’g’ri deb tasdiqlashdan bosh tortadi. Birinchi konsul 
nafaqat «Traktatni» nashr etishni man etdi, balki J.B.Seyni Tribunatdan chiqarib 
yubordi. Ammo tinib tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi va 
keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktatni» ikkinchi nashrdan 
chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt 
ichida yana uch marta qayta nashr etildi - muvofiq ravishda 1817, 1819 va 1826 
yillarda. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi. Frantsiyada Napoleon tuzumining emirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar 
J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib 
sig’siy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar 
o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini sistemalashtirish va ommaviylashtirish 
mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy 
fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan sig’satning, ideologiyaning va statistikaning 
ajralib chiqishini ma’qulladi. J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi 
savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har 
qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik printsiplarini qo’llab quvvatladi va ularni 
ko’klarga ko’tardi. Agar bu printsiplar qo’llanilsa, J.B.Sey bashoratiga ko’ra, 
ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham 
bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu 
g’oyani rivojlantirib o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. Bu qonunning mohiyatiga 
ko’ra, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi g’ki boshqacha so’z bilan 
aytganda, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori avtomatik ravishda yaratilgan barcha 
tovarlar qiymatiga teng daromadni keltirib chiqaradi. Bu shu narsani bildiradiki, 
daromad egasining maqsadi pul topish emas, balki har xil moddiy buyumlarni sotib 
olish hisoblanadi, ya’ni olingan daromadning barchasi sarflanadi. Bunda pul faqat 
vositachilik rolini o’ynaydi, ya’ni u faqat yangi tovarlarni sotib olish uchun 
ishlatiladi. Bozor orqali tovarlar bir birlariga o’zaro xizmat qiladi. Shuning uchun, 
J.B.Seyning aytishicha, tovarlarning umumiy massasi talabning umumiy miqdoriga 
teng bo’ladi, o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos 
ravishda talabni keltirib chiqaradi. Demak, jamiyat miqg’sida taklif va talab 
muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish 
faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga 
vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik 
kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. 
«Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining 
asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning 
tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflanmaydilar, balki 
ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi 
talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi.



Download 91.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling