Xix asr oxiri XX asr boshlarida o‘zbekistonning musiqiy hayoti
Download 15.33 Kb.
|
19-20 аср мус м
XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA O‘ZBEKISTONNING MUSIQIY HAYOTI Tarixdan ma’lumki, XiX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi butun o‘rta osiyoni bosib oldi. shu davrdan boshlab o‘rta osiyo asta-sekin, Rossiya imperiyasining mustamlakasi sifatida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mintaqasining tarkibiy qismiga aylandi. Oʻlkaga rus madaniyati jadal kirib kela boshladi. O‘zbekistonga kirib kelgan dastlabki rus musiqasi puflama cholg‘u oikestrida ijro etiladigan kuylardan iborat bo‘lgan. 1883-yili Toshkentda musiqa Jamiyati tuzilib, 1884-yildan o‘z faoUyatini boshladi. o‘zbekiston hududiga Rossiyadan rus fuqarolari ko‘plab ko‘chirtirib keltirila boshladi. XX asr boshlarida Toshkent sekin-asta o‘lkaning muhim markazlaridan biriga aylandi. Mazkur davrda havaskorlik musiqa to‘garaklari, o‘quv yurtlari tashkil etila boshladi. Ayni paytda Toshkentda ko‘plab ijodiy gastrollar uyushtirilar edi. 1880-yillar oxiri 1890-yillarda P.Gordovskiyning “malorossiyskaya kapella”si, Fransiya operetta truppasi, Tiflis operasi safar uyushtirdilar.Oʻlkaga yevropa musiqa sozlari (damli va urma zarbli cholg‘ular, fortepiano, garmonika, skripka) kirib kela boshladi. Bu davrda N.Mironov, A.Eyxgorn, V.leysek, V.Mihaleklar kabi rus olim va musiqa o‘zbek musiqasi tarixini, uning holati va o‘sha davrdagi muammolarini tahlil etishga harakat qildilar. Toshkentlik hofiz Mulla To‘ychi Toshmuxamedov tashabbusi bilan o‘rta osiy shaharlarida grammafon va plastinka do‘konlari ochiiadi. Riga “Gramofon” jamiyati tomonidan 1905-yilda hofizning “Bobo Ravshan”, Ilg‘or”, “Bevafo dunyosan” kabi 25 ga yaqin xalq kuy-qo‘shiqlari va mumtoz ashulalari yozib olinadi. Uning kuy-qo‘shiqlari yevropa mamlakatlariga ham tarqaladi. 1914-yilning 27-fevralida Toshkentda abdulla avloniy tomonidan o‘zbek milliy teatri ochildi. Rus mustamlakachiligiga qaramay, o‘zbekistonda mahalliy o‘zbek musiqa san’ati o‘zining rivojlanish yo‘lida davom etdi. ijrochilikning Buxoro, Xorazm, qo‘qon yo‘llari saqlab qplindi. XX asrning 20-yillarida bolalar havaskorligi keng rivojlandi. Umumta’lim maktablarida havaskoriik to‘garaklari tashkil etila boshladi. 20-yillar boshida ayollar internatida (faqat o‘zbek qizlari ta’lim olgan) birinchi musiqiy teatr to‘garaklari yuzaga keldi. 1918-yil Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi ochildi. mazkur konservatoriyaning faoliyati keng ko‘lamda rivojlanib, tez orada uning o‘z filiallari ham ochildi. Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham musiqiy ta’lim rivojlanib bordi. 20-yillarning boshida xalq konservatoriyalari ixtisoslashtirilgan professional bilim yurtlariga aylantirildi. Turkiston xalq konservatoriyasi zaminida musiqa texnikumi vujudga keldi. Temir yo‘l filiali ham 1923-yili temir yo‘l musiqa texnikumi deb nomlana boshlandi.Mazkur bilim yurti qoshida bolalar guruhi tashkil topdi. 30-yillar boshida bu guruh bolalar musiqa maktabiga aylantirildi, keyinchalik mazkur musiqa maktabiga R.Gliyer nomi berildi. Oʻzbek xalq musiqa ijodiyotini o‘rganish va ularni yozib olish maqsadida 1919 -yil dekabrda maorif xalq komissarligining musiqaviy-etnografik bo‘limi tuzildi. Bu bo‘lim shu yili Toshkentda ochilgan Xalq konservatoriyasi qoshida ish boshladi. mazkur komissiya faoliyatida G‘.Zafariy, V.Uspenskiy, N.Mironov, E.melngaylislar turli mavzudagi qo‘shiqlarni notaga olib, taig‘ib qila boshladilar. 1923-yil V.Uspenskiy Buxoroga borib, yirik maqom ustalari ota Jalol Nosirov va ota qiyos abdug‘anilar ijrosida shashmaqomni notaga tushirdi va 1924-yil nashr qilindi. 1928-yili samarqandda musiqa va xoreografiya ilmiy- tekshirish institutining ochildi. N.Mironovning “o‘zbeklar musiqasi” va “Farg‘ona, Buxoro, va Xiva qo‘shiqlari” nomli asarlari o‘sha davrning eng mukammal tadqiqotlari sifatida baholandi. Bu davrda respublikada simfonik orkestr jo‘rligida etnografik konsertlar uyushtirilar edi. V.Uspenskiy qayta ishlagan ”o‘rta osiyo xalqlaridan to‘rtta kuy” nomli asari, N.mironov qayta ishlagan o‘zbek xalq qo‘shiqlari konsert dasturidan o‘rin olgan bo‘lib, konsert rus opera teatrining artistlari va o‘zbek havaskorlik xorlari ishtirokida bo‘lib o‘tardi. 1918-yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy «Farg‘ona yosh musulmonlar sayyor musiqali teatr truppasi» teatri tashkil etildi. Teatr tez orada mashhur bo‘lib ketdi. o‘zbekistonda davlat musiqa teatri rasmiy ravishda 1929- yili yuzaga keldi. Badiiy havaskoriik to‘garaklarini kengaytirish, musiqa bilim yurtlari, musiqali teatrlar, konsert tashkilotlarining ochilishi, turli ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi respublikada musiqa madaniyatining umumiy yuksalishiga yordam berdi. o‘rganilayotgan davrda professional ijodiy guruhlar bilan bir qatorda havaskoriik xalq ijodiy gurahlarining rivojida ham ayrim o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. masalan, turli ko‘rik- Chunonchi, 1932-yil moskvada badiiy havaskorlarning Birinchi olimpiadasi o‘tkaziladi. 1936-yil O‘zbek Davlat filarmoniyasining tashkil etildi. Bu davrda respublikada opera, balet singari professional musiqaning murakkab janrlarini yuzaga kelishi ham ko‘zga tashlanadi. o‘zbek milliy kuylari asosida simfonik asarlaming paydo bo‘lishi, o‘zbek romansi, kamer-cholg‘u pyesalar yaratishdagi birinchi tajribalar ham shu davrga to‘g‘ri keladi. Download 15.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling