Qadimgi Xitoy


CHunsyu va Chjango davri.ssin imperiyasining yuksalishi


Download 34.14 Kb.
bet3/7
Sana06.02.2023
Hajmi34.14 Kb.
#1170376
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qadimgi Xitoy

CHunsyu va Chjango davri.ssin imperiyasining yuksalishi. Mil. avv. VIII asrdan boshlab Xitoyda “Chunsyu” (bahor va kuz) ya’ni “ko‘p podsholiklar” davri boshlanadi. Bu tarixiy davr mil. avv. V asrlarga qadar davom etgan. Xitoy hududida Chjou podsholigi o‘rnida Chjan, Vey, Chen, Sun,ssi, Lu,sszin, Chu, Yue va U davlatlari yuzaga keladi.
Xuanxe daryosi o‘rta oqimi va Buyuk Xitoy tekisligida joylashgan davlatlar, qolgan barcha xalqlar va podsholiklardan farqli o‘laroq, o‘zlarini xuasya etnomadaniy birligi qatoriga kirgizishgan va “o‘rtadagi podsholik”lar deb nom olishgan. “O‘rtadagi podsholik”larning barchasi Chjou davlatining ustunligini tan olishgan. Chjou hukmdori van “Samo o‘g‘li” ilohiy unvoniga ega edi, “o‘rtadagi podsholik” larning hukmdorlari esa uni Xitoydagi oliy diniy nufuzga ega bo‘lgan shaxs sifatida hurmat qilishgan.
Hamonki ushbu podsholiklar o‘rtasidagi urushlar doimo bo‘lib turar ekan, davlatlararo munosabatlar, ular o‘rtasida ittifoqlar tuzish tartibi, razvedkani (josuslikni) tashkil etish masalalariga oid boy amaliy tajriba asrlar davomida to‘plandi. Ayniqsa josuslik katta rol o‘ynagan. SHu paytda davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyotiga taalluqli ta’limotlar va doktrinalar yaratildi.
“O‘rtadagi podsholiklar”, “xuasya” va “varvarlar”ga o‘xshamasligi to‘g‘risidagi tasavvurlar shakllandi va bu hol tashqi siyosiy aloqalar tamoyillariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Samo o‘g‘lini butun olamning hukmdori sifatida tasvirlaydigan Chjou doktrinasi “o‘rtadagi podsholiklar” aholisining ustunligi va “varvar”larning tug‘ma madaniyatsizligi to‘g‘risidagi Konfutsiy (mil. avv. 551-479 yy.) ta’limotining negizini tashkil etdi. Ushbu ta’limot qadimgi Xitoyda davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyotiga sezilarli darajada ta’sir etdi.
Hukmdorlar xuzuridagi ayrim amaldorlarning vazifalari doirasiga boshqa davlatlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish masalasi kirardi va maxsus kishilar elchilar nutqini tayyorlashar edi. Dastlab saroyda muhokama qilingan ushbu nutqlar qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib borilganda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
ssi hukmdori Chjuan Gun (mil.av 743-701 yy) ning mustaqil ravishda tashqi siyosiy va diplomatik harakatlar olib borishi, hamda harbiy ittifoqlar tuzishi Chjou podshosi tomonidan unga “ba” (gegemon) unvoniga ega bo‘lish xuquqini tan olinishiga olib keldi. Ittifoqchi podsholiklar gegemonga birlashish muqaddas qasamini (men) ichishar edi.ssi davlatidan so‘ng gegemonlik (Szin,U va YUe) birin-ketin boshqa knyazliklar qo‘liga o‘tib bordi. Bu davrda ichki urushlar doimiy bo‘lib qolgan edi. Xitoy tarixida “Chunsu” (ya’ni bahor va kuz) davrining mafkuraviy asoslari Lu davlatida afsonaviy Konfutsiy tomonidan ishlab chiqilgan degan, fikr mavjud. Unga ko‘ra barcha insonlar o‘z maqsad vazifasi va taqdiri bilan dunyoga keladi. degan konsepsiya ilgari surilgan.
Gegemonlarning siyosiy ustuvorligini mustahkamlashda elchilarni qabul qilish va yuborish marosimi muhim rol o‘ynar edi. Elchilarni yo‘lga otlantirish gegemonlarni o‘ziga yarashmasdi. SHuning uchun bir paytning o‘zida ittifoqchi podsholiklar hukmdorlarining shaxsan o‘zlari elchilar sifatida gegemon huzuriga etib kelardilar.
“Chjango davri” xitoyliklarga faqat doimiy urush va ochlikni olib kelgan edi. Tarixda bu davr ikki asr davom etgan bo‘lib, “kurashuvchi podsholiklar” davri deb ham atalgan. Mil.av 461 yili Xitoyning sharqi va g‘arbiga qadar yastanib yotgan hududdassi, Vey vassin davlati joylashgan edi. Janubda esa ulkan Chu podsholigi sharqdagi U va Yue davlatlarini qattiq qarshiligiga qaramay ularni bosib olishga intilayotgan edi.
Yuqoridagilar orasidassi davlatida nisbatan markazlashgan, soliq tizimi tartibga solingan va tuz savdosi davlat monopoliyasiga o‘tkazilgan edi. Vey esa harbiy jihatdan cheklangan kuchga ega bo‘lgan.ssin g‘arbdagi ulkan hududga ega bo‘lsada ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan boshqalarga nisbatan qoloq edi.
Ittifoqchi davlatlar podsholarining o‘g‘illarini garovga olish Chjango davridagi davlatlararo munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatiga aylandi. Davlatlar tomonidan mayda podsholiklarni bosib olish jarayoni avj olgan edi. Bu esa podsholiklar o‘rtasidagi ittifoqlarning majburiy birlashuviga sabab bo‘lar edi. Davlatlararo yirik birlashmalarning alohida shakllari yuzaga keldiki, ular “vertikal bo‘yicha ittifoqlar”, “gorizontal bo‘yicha ittifoqlar”, “uzoqdagi davlatlarning yaqindagi davlatlarga qarshi ittifoqlar” deb nomlanishi bilan ma’lumdir. Ushbu sharoitda davlatlararo bitimlarni tuzish amaliyoti bilan bog‘liq maxsus faoliyat turiga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday zarurat nafaqat urush vaqtida, balki boshqa paytlarda ham talab qilinar edi.
Konfutsiy ta’limotiga ko‘ra jamiyatni boshqarish uchun har bir kishi o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi zarur bo‘lgan. Diplomatiyaga taalluqli faoliyatning katta ahamiyatga ega ekanligini Chjango davrida mavjud bo‘lgan barcha g‘oyaviysiyosiy maktablarning vakillari ta’kidlashgan. Jumladan, Konfutsiy diplomatiya san’atiga o‘rgatishni podsholikni boshqarishdan keyin ikkinchi o‘ringa qo‘ygan. O‘sha davrda elchilar yozma emas, balki og‘zaki ko‘rsatmalar bilan yuborilgan. Qadimgi Xitoyda diplomatik daxlsizlik haqida tushuncha mavjud bo‘lmasligiga qaramasdan, amalda har qanday podsholikda elchiga katta hurmat bilan qaralgan.
Chjango davri hukmdorlarining saroylari qoshida “yuyshi” deb nomlangan yaqin amaldorlar bor edi. Ular hukmdor nomiga boshqa podsholiklardan etib kelgan barcha maktublarni qabul qilish, hamda kelgusi muzokaralar uchun ma’lumotlar tayyorlash bilan shug‘ullanardilar. Davlatlararo munosabatlar nazariyasi va amaliyoti bilan “szun xen” maktabining faoliyati doimiy ravishda bog‘liq bo‘lgan. Odatga ko‘ra ushbu maktabning paydo bo‘lishi donishmand Guy Gutszi (mil. avv. IV-III asrlar) nomi bilan bog‘liq. Maktabning nomi ikki turdagi davlatlararo ittifoqlarning nomidan kelib chiqadi – “szun” (vertikal bo‘yicha ittifoq yoki shimol-janub ittifoqi) va “xen” (gorizontal bo‘yicha ittifoq yoki sharq-g‘arb ittifoqi).
Mil. avv. IV asr oxiriga kelib Xitoyni birlashtirish yo‘lida Chu va Sin davlatlari o‘zaro raqobatlashadilar.ssin podshosi Syao-Gun (mil. avv. 361-338 yy) ning yirik amaldorlaridan biri Shan Yan ushbu davlatda islohotlar o‘tkazadi. U soliqlarni tartibga solib, yerni sotish va sotib olishga ruxsat beruvchi qonunlarni kiritadi. Islohot armiyada ham amalga oshirilib,ssin davlati qo‘shinlari qayta tuziladi. Natijada podsho hokimiyati kuchayadi va davlat tizimi markazlashadi. Ammo podsho Syao-Gun vafot etgach, Shan-YAn eski zodagonlar tomonidan qatl etiladi. SHunday bo‘lsada, uning islohotlari kelgusidassin davlatining Xitoyni birlashtirish yo‘lida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilgan.
Keyinchalikssin podshosi In Chjen (mil. avv. 241-210 yy) davrida istilolarni amalga oshirish tashqi siyosatning asosiy vazifasiga aylandi. Mil.av 230 yil Xan, mil.av 225 yil Vey, mil.av 223 yil Chu, Mil.avv 222 yil Chjao va Yan hamda mil.av 221 yilissi davlatlari bo‘ysundirildi. In Chjen bir-necha bor unga uyushtirilgan suiqasdlardan omon qoladi.ssin podsholigi esa ko‘p asrlardan buyon parchalanib yotgan Xitoyni birlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Shu tariqa “Chjango”( Kurashuvchi podsholiklar) davri nihoyasiga etadi.
YAngi davlatning asoschisi In Chjen imperatorlik darajasini oladi vassin SHi Xuandi sifatida butun Xitoy ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Mamlakat eski podsholiklar chegaralari bilan hisobga olinmay, 36 viloyatga bo‘linib, har biriga shaxsanssin SHi Xuandi tomonidan noiblar tayinlanadi. Butun Xitoyga yagona o‘lchov birliklari va pul joriy qilinadi. Yo‘llar bir xil standart asosida savdo aravalariga mos qilib qurila boshlandi. Syanyan shahrissin imperiyasi poytaxtiga aylandi. Miloddan avvalgi 210 yil imperatorssin SHi Xuandi kichik o‘g‘li Xu Xay, kanselyariya boshlig‘i Chjao Gao va bosh maslahatchisi Li Silar bilan mamlakat bo‘ylab sayohati paytida olamdan o‘tadi. Taxtga 21 yoshli Xu Xay (Er Shi-Xuandi nomi ostida ) o‘tkaziladi. Amalda esa davlatni bosh vazir Chjao Gao boshqaradi. Imperiyada ichki nizolar boshlanib, Chen SHen, U Guan va Lyu Ban boshchiligida xalq qo‘zolonlari boshlanib ketadi.

Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling