Qadimgi Xitoy
Download 34.14 Kb.
|
Qadimgi Xitoy
Qadimgi Xitoy madaniyati.
Qadimgi xitoy madaniyati butun Uzoq Sharq mintaqasining tarixiymadaniyssivilizatsiyasiga asos solgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu erdagi dastlabki falsafiy-teologik tafakkur insonning shaxsiga qaratilganligi bilan e’tiborlidir. In davridayoq xitoyliklar 30 ming sonigacha sanoqni bilishgan. Astronomiyani esa hosil yig‘ishda dehqonchilikka bog‘lay olganlar. Mil. avv. 613 yili qadimgi xitoyliklar birinchi bor Galiley kometasini aniqlaganlar. Mexanikani bilish irrigatsiya va mudofaa inshootlarini qurishda qo‘l kelgan. Dunyoni yaratilishini qadimgi xitoyliklar quyidagicha tasavvur qilishgan. Ya’ni, dastlabki inson In va Yan ruhlari ta’sirida yaratilganligi, In ruhi yer bo‘lganligi va ular dunyoni muvozanatga solganligi ta’riflanadi. Dastlabki inson Pangu deb nomlangan. U kosmik tuxumni bolg‘a bilan ikkiga bo‘lib tashlagach, barcha yaxshilik va tozalik engil bo‘lganligi uchun samoga ko‘tarilgan va osmonni hosil qilgan. Barcha og‘ir va iflos narsalar erni tashkil qilgan. Vafot etgan Panguni tanasidan dunyo yuzaga kelgan deb tasavvur qilingan. Boshqa rivoyatlarda insonlarni yaratuvchisi sifatida ilon dumli Nyuyva ilohasi tilga olinadi. Xitoy aholisining madaniy merosining tarixiy ildizlari juda qadimga borib taqaladi. Bu erda qadimgi Misr, Mesopotamiya, Hindiston va Yaqin Sharqdagi kabi ko‘hna madaniyat taraqqiy etgan. Mazkur hududda dastlabkissivilizatsiyalar paydo bo‘lishi bilan insonlar yuksak madaniyatga asos solganlar. Xitoyliklar qadimdan juda mehnatkash xalq bo‘lib, dehqonchilik va chorvachilikni erta o‘zlashtirganlar. Mil. avv. II ming yillikdan boshlab, Xuanxe va Yanszi daryolari qirg‘oqlarida paydo bo‘lgan davlatlar (Shan) davridayoq qadimgi Xitoy piktografik yozuvlari paydo bo‘ladi. Keyinchalik bu yozuvlar ieroglif shakliga kira boshlaydi. Ieroglif yozuvlar ma’lum bir ma’noni anglatuvchi so‘zlar edi. SHan-In davrida u takomillashadi, yozuvdan asosan diniy marosimlarda, fol ochishda, mulkiy munosabatlarni hal etishda va boshqa maqsadlarda foydalanish keng quloch ochadi. Yozishda dastlab qora mol kurak suyaklari, toshbaqa toshi, shoyi mato va bambuk taxtachalaridan foydalanganlar. Faqatgina mil. avv. I asrdan boshlab, qog‘ozga yozishni boshlaydilar. Qog‘ozni ixtiro etilishi esa davlat boshqaruvi, fan va madaniyatni rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Qadimgi xitoyliklar ilmiy bilimlarni dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikda ko‘llashni yaxshi bilganlar. Irrigatsiyadagi katta yutuqlar pirovardida dehqonchilikda hosildorlikni ko‘payishiga olib kelgan. Suvsiz joylarni sug‘orish uchun maxsus moslamalar ixtiro qilingan. Ular yana ipak qurti yordamida ip olish va undan mato to‘qish texnologiyasini ishlab chiqqanlar. SHan-In davridayoq, marosimlar uchun maxsus joylar belgilangan. Xitoyga xos shaharsozlik madaniyati mil. avv. I ming yillikning I yarmida yuzaga keladi va bir necha asr davomida deyarli o‘zgarmay borgan. Mil. avv. 202 yil Xan imperatori Lyu Banssin imperiyasi poytaxti Syanyan o‘rniga Chanyan shahrini quradi. Mil. avv. 194 yildan to 190 yilgacha ushbu yangi poytaxt qurilishi davom etgan. Shahar 36 kv.km. uzunlikdagi mudofaa devori bilan o‘ralgan. Qadimgi Xitoy me’morchiligi dunyoning boshqa davlatlarida mavjud bo‘lgan me’morchilik maktablaridan qolishmaydi. Masalan, ko‘chmanchi qabilalardan mudofalanish uchun qurilgan dunyoga mashhur “Buyuk Xitoy devori”ni olaylik. Uning uzunligi 4000 kilometrga yaqin bo‘lib, balandligi 12 metr, qalinligi esa 5 metrga teng bo‘lgan. Bu mahobatli me’moriy majmuaningssin imperiyasi paydo bo‘lishidan avval qurilishi boshlangan edi. SHu bilan birga mashhurssin imperatori In Chjen (Sin-shi Xuandi) maqbarasi o‘zining go‘zal va maftunkor mahobati bilan kishilarni etiborini tortadi. Arxeologik ilmiy izlanishlar jarayonida bu maqbaradan imperatorssin-shi Xuandini narigi dunyoga kuzatuvchi 6000 dan ortiq askarlarning sopol haykallari topilgan. Hayratlanarli jihati shundaki, har bir askarning yuzi boshqalarning yuz qiyofalaridan tubdan farq qilgan. Shu bilan birga hukmdorning maxsus aravasi ham topib, o‘rganilgan. Miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga kelib, qadimgi Xitoyda bir nechta falsafiy va mafkuraviy maktablar yuzaga keladi. Bularga konfutsiylik, daosizm, moizm va legizm kabilar misol bo‘la oladi. Qadimgi Xitoydagi ilmiy bilimlarning asoslaridan biri sifatida falsafani tan olishgan. Bu erda mashhur faylasuf Kun-szi (mil. avv. 551-479 yy) faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u dunyoga Konfutsiy sifatida tanilgan. Konfutsiy Xitoyda birinchi bor xususiy maktabini ochadi. Lunyuy (“Suhbatlar va mulohazalar”) traktatida bilimli insonlarning ta’limoti - “jutszya” deb nomlangan. Konfutsiy yashagan davrda Xitoyni ichki nizolar va urushlar qamrab olgan edi. SHunga qaramasdan uning falsafiy ta’limoti Xitoy jamiyati uchun eng kerakli dastur-ul amal vazifasini bajardi. CHunki, konfutsiylik etikasi diniy emas edi. Ammo tabiat bilan uyg‘unlikka intilish jamiyat uchun muhim deb, hisoblangan. Konfutsiy etikaning oltin qoidasi sifatida “o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani, birovga ravo ko‘rma” tushunchasini ilgari surdi. Uning fikricha haqgo‘y va solih inson quyidagi besh tamoyilga rioya qilishi kerak edi. Bularga “Jen” insonlarga muhabbat, “I” haqiqat va adolat, “Li” urf-odat, “Chji” aql-zakovat hamda “Sin” samimiylik yoki yaxshi niyat kabilar kirgan. Garchand Konfutsiy o‘z yurti Lu davlatidan badarg‘a qilingan bo‘lsada, u yaratgan ta’limot Xitoyning boshqa joylariga va keyinchalik butun dunyoga yoyildi. SHu bilan birga mil. avv. V-III asrlarda Xitoyda “daosizm” ta’limotining asoslari paydo bo‘ladi. Afsonalarga ko‘ra daosizmga mashhur donishmand Lao-szi asos solgan. Bu falsafiy va diniy ta’limot konfutsiylik bilan bir qatorda rivojlanib borgan. Xitoy jamiyatining taraqqiy etishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chjango davrida Mo Di (mil. avv. 468-376 yy) ismli faylasuf moistlar maktabini tuzadi. Bu falsafiy maktab vakillari konfutsiylikdan farqli o‘laroq, inson taqdiri uning o‘ziga bog‘liqligini ta’kidlashadi va samo qarorini anglab etish mumkin deb, hisoblaganlar. Ushbu maktab vakillari ta’limoti Qadimgi Xitoy madaniyatiga ta’sir etmay qolmagan. Qadimgi Xitoyda, shuningdek, tarix va geografiya fanlari ham yaxshi rivojlangan. Masalan Simassyan, Fan E, Ban Gu va boshqa olimlar Xitoy tarixi va geografiyasiga oid asarlar yozib qoldirishgan. Qadimgi Xitoyda matematika va astronomiyaga ham katta e’tibor berilgan. SHan-In davlati davrida astronomiyaga oid bilimlar shakllangan edi. O‘sha davrdayoq xitoylik astronomlar quyosh va oyning tutilish vaqtini aniq hisoblay olganlar. Manbalarda ta’kidlanishicha keyinchalik xitoylik olimlar janubni ko‘rsatuvchi kompasni ham ixtiro qilganlar. Umuman olganda, Qadimgi Xitoy madaniyati dunyo xalqlari sivilizatsiyasida o‘chmas iz qoldirgan. Download 34.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling