Imperator Syandu boshqaruvi xronikasi (190-219-yillar)
… Chupin (190-yil) ning boshqaruvini birinchi yili birinchi oyida “Oq to`lqinlar” qaroqchilari Dun viloyatini taladilar. Ikkinchi yilda (191-yil) o`n birinchi oyda Sin Chjoudan “Sariq peshonabog`lilar” Tayshan (Shandun provinsiyasidagi viloyat) ni taladilar. In Shao, Tayshanni hokimi ularni tor-mor qildi. “Sariq peshonabog`lilar” Boxay (Xubey va Shandun provinsiyalaridagi viloyat)ni talashga ketdilar. Gunsun Szyan ular bilan Dunguan (Xubey provinsiyasidagi u`yezd)da ular bilan jang qildi va ularni kuchli yanchib tashladi. Uchinchi yil (192-yil) birinchi oyida Sin Chjoudan bo`lgan “Sariq peshonabog`lilar” Yan Chjou (Xubey provinsiyasi) hokimi Lyu Dayni Dunpinda o`ldirdilar. Dun viloyati hokimi Sao Sao-Shouchjanda (Shandun provinsiyasidagi u`yezdni nomi) “Sariq peshonabog`lilar”ni katta mag`lubiyatga uchratdi va ular taslim bo`ldilar.
O`ninchi yilda (205-yil) birinchi oyida Sao Sao Sinchjouda Yuan Tanni yengdi va uni qatl qildi. Yozda to`rtinchi oyda “Qora tog`lar” qaroqchilari lashkarboshisi Chjan Qaldirg`och o`z qo`shinlarini olib keldi va taslim bo`ldi…
.
Do'stlaringiz bilan baham: |