Qadimgi xitoyda xan davrida davlatlar aro munosabatlar
Qul savdosi. “Ilk Xan tarixi” dan parchalar
Download 88.5 Kb.
|
Qadimgi Xitoy. Xan sulolasi davrida Xitoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Van Man islohotlari “Ilk Xan Tarixi”dan
- Xalq qo`zg`olonlari “Qizilqoshlilar” qo`zg`oloni” (eramizning 18 -25 yillari) “Ilk Xan tarixi” dan
Qul savdosi. “Ilk Xan tarixi” dan parchalar
“Ilk Xan tarixi” dan parchalar I.[Sin sulolasi davrida] qul va cho`rilar savdosi uchun bozorlar tashkil etilgan edi, ularni eshak va otlar bilan bir qo`raga joylashtirar edilar … Odamlarni, ayollar va bolalarni o`g`irlar va sotar edilar. II. Bir necha yillar davomida hosilsizlik bo`ldi, xalqdan chiqqan odamlar rang5[22] ni sotdilar, bolalarini garovga qo`ydilar va shu bilan kiyim va oziqaga (vosita) topdilar. [Ju Chun sharhi]6[23] Xuay- Xay7[24] tumanida bolalarni qullikga sotish odati mavjud edi. Bu bolalarni garovga qo`yish deb atalar edi, agar ota – ona uch yildan keyin (bolani) qayta sotib olmasalar u (qul) bo`lib qolar edi. Хрестоматия по истории древнего мира. М., 1991. 97-98 стр Van Man islohotlari “Ilk Xan Tarixi”dan Van Man aytdi: qadimgilar sakkiz kishiga quduqli dalalar belgiladilar. Bir er va xotinga yuz mu yer bo`lishi kerak edi. Hosilni o`ndan birini soliqlarga to`lar edilar. Davlat to`kinchilikda, xalq boy edi va madhiya aytar edi… Sin sulolasi… o`z foydasiga soliq va yig`imlarni oshirdi, o`zining haddan tashqari istaklari bilan xalqni kuchini, sillasini quritdi. Ular yerlarni bosib olish uchun dono tizim quduqli dalalarni bekor qildilar, ochko`zlik, pastkashlik paydo bo`ldi. Kuchlilar dalani mingga o`lchadilar, zaiflarga bigiz sanchish uchun joy yo`q edi. Qullar va cho`rilar bozorlarini sigir va otlar bilan bir qo`rada tashkil qildilar. Fuqarolarni boshqara turib ularni hayotlariga butunlay egalik qildilar, buzuq va jinoyatkor odamlar bundan boyidilar. Ish shungacha yetib bordiki odamlarni, ayollar va bolalarni o`g`irladilar va sotdilar, osmon irodasiga xiyonat qildilar, odamlar o`rtasidagi munosabatlarni buzdilar, odam hammasidan ulug` degan, osmon va yerni tamoyilini soxtalashtirdilar… Xan sulolasi yer solig`ini o`ttizdan birigacha pasaytirdilar, lekin harbiy soliqni8[25] hamma vaqt hatto keksalar ham to`ladilar. Kuchlilar bo`lak dalalarni bo`lib olishni zo`ravonlik va aldov bilan bosib oldilar: so`zda soliq o`ttizdan birga teng, amalda esa hosilni yarmi. Otalar, bolalar, erlar va xotinlar yerga yil bo`yi ishlaydilar: a ular oladiganlari ovqatga yetmaydi. Shuning uchun boylarning it va otlaridan tariq va no`xatni ortiqchasi qoladi, kambag`allarga esa kepak va yuvindilar joniga tegmaydi, ular kambag`allikdan jinoyat qiladilar. Ularni barchasi kambag`allar va boylar jinoyatlarga botib qoldilar, jazo esa qo`llanilmaydi. Men hali taxtga o`tirmasdan oldin yerlarni umumiy bo`lish uchun va quduqli yerlarni jon boshi bo`yicha taqsimlashga farmon chiqardim. O`sha vaqtda baxtli nishona sifatida mo`l-ko`l hosil bo`ldi. Lekin bu qaroqchilik va xiyonatlar sababli to`xtab qoldi. Hozir men nomlarni quyidagi tarzda o`zgartiraman: imperiyani barcha yerlari podsho yerlari, qullar va cho`rilar xususiy qaram deb ataladi. Ularni barchasini (ter va qullarni) sotish ham olish ham mumkin emas. Agar erkaklar sakkiztadan kam bo`lsa, yer ularda ko`p bo`lsa, ortiqcha yerlar to`qqizinchi bo`g`ingacha bo`lgan qarindoshlarga, qo`shnilarga yoki hamqishloqlarga beriladi. Barcha yersizlar hozir yerni qonun bo`yicha olishlari kerak. Quduqli dalalar dono tizimini buzganlar, ommani noqonuniyat buzuvchilar chegarada tog`lik shaytonlardan mudofaa uchun surgun qilinadilar… … Ikkinchi yilda (eramizning 10-yilida) kimki tanga quyish bilan noqonuniy shug`ullanishga jur`at qilsa … mulki musodara qilinadi va ularni o`zi, bu to`g`risida bilib turib xabar bermaganlari uchun to`rt qo`shnilari bilan davlat qullariga aylanadilar… Tanga zarb qilish to`g`risidagi taqiqni buzgan odamlar, besh qo`shni oilalar jumlasidan qamoqqa duchor etildilar, mulki musodara qilinib, davlat qullariga aylandilar. Yuz minglab erkaklar, jinoyatchilar uchun qafaslarda, o`zlarini, xotin va bolalari bo`yinlarida zanjirlarini shaqirlatib piyoda yurdilar va tanga quyishga mutasaddi amaldorlarga berildilar.U yerga ular yetkazilganlaricha xotinlar va erkaklar almashdilar, g`am va azobdan o`ntadan olti-yettitasi halok bo`ldi… Bozorni boshqaradiganlar yilning har vaqtning o`rta oyida o`zlari mutasaddi mahsulotlarga oliy, o`rta va past narxlarni belgilaydilar. Ularning har biri boshqa sohalarga aralashmasdan o`z bozorida tenglashtirilgan baholarni qo`llaydilar… Agar xalqda qurbonlik keltirish uchun yoki dafn uchun mablag` yo`q bo`lsa xazina savdogarlar va hunarmandlardan soliq summalaridan foizsiz qarz beradi. Qurbonlik keltirish uchun qarz o`n kundan ko`p bo`lmagan muddatga beriladi, dafn marosimlariga uch oydan ko`p bo`lmagan muddatga beriladi. Agar kimdir xalqni ichidan muhtojlikda qolsa va o`z ishlarini hal qilish uchun qarz olmoqchi bo`lsa, uni har kim olishi mumkin. Uni boqish uchun zarur bo`lgan mablag`dan tashqari qolgan summadan bir yilda undan oshmaydigan foiz olinadi… … Va shunda dehqonlar va savdogarlar ishsiz qoldilar, oziq-ovqatlar va mahsulotlar g`oyib bo`ldi, xalq bozorlar va yo`llarda yig`ladi. Zodagonlardan, xizmatdagi odamlardan va oddiy xalqdan yerlarni, qullarni sotgani va tanga quygani uchun hukm qilinganlarni sanash mumkin emas edi… … Uch yildan keyin (eramizning 12-yili) imperator farmon chiqardi: yeyishga berilgan podsho yerlari, xususiy qaram (qullar) qonun bilan cheklanmagan holda sotilishi va sotib olinishi mumkin edi. Xalq qo`zg`olonlari “Qizilqoshlilar” qo`zg`oloni” (eramizning 18 -25 yillari) “Ilk Xan tarixi” dan Van Man islohotlari ijtimoiy qarama – qarshiliklarni kuchaytirdi. Uni qonunini buzgan kishilar nafaqat o`zlari va oilalari bilan, balki to`rt qo`shnini oilalari bilan qullikga aylantirildilar. Hosil bo`lmagan yillar ochlik boshlanib, minglab odamlar qirilib ketdi. Kuchli xalq qo`zg`olonlari yuz berdi. Qo`zg`olonlarga cho`ponlar, qochoq askarlar, kambag`al dehqonlar boshchilik qildilar. Qo`zg`olonchilar shahar-qishloqlarni, oziq–ovqat zahiralarini bosib olar edilar. Ulardan birinchi eng kuchlisi “Qizilqoshlilar” qo`zg`oloni edi. Qo`zg`olon rahbari kambag`al Fan Chun edi. Qo`zg`olon Xitoyni sharqiy qismini to`la qamrab oldi. Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling