Qadimgi yunon madaniyati


Qadimgi yunon san`ati va dini


Download 29.38 Kb.
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi29.38 Kb.
#1474204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI YUNON

Qadimgi yunon san`ati va dini
1. Qadimgi yunon teatri, tragediyasi va komediyasi. Teatr – bu yunoncha so`z bo`lib, «tomoshalar joyi» degan ma`noni bildiradi. Qadimgi yunon teatri ham san`atning bir turi bo`lib, u miloddan avvalgi VII-VI asrlarda paydo bo`lgan. Yunonlar qadim zamondan boshlab, qishloq xo`jalik homiysi – xudo Dionis sharafiga bayramlar o`tkazishgan. Dionis bayramlari, uzum va mevali daraxtlar barg chiqargan bahorda – ko`klamgi Dionis va meva uzumlar pishgan kuzda – kuzgi Dionis bayramlari o`tkazilgan. Ana shu bayramlar vaqtida yosh-u qari tomosha joyi – teatrga to`planib, qo`shiqlar aytishgan va har turli o`yinlar ko`rsatishgan. Ular sevikli xudolari Dionis haqidagi afsonalarni ashula qilib aytishgan. Afsonalar asosida kichik-kichik pyesalar yaratib, uni sahnada ijro etganlar. Aktyorlar va qiziqchilar odamlarni kuldiradigan gaplar va harakatlar qilib tomoshabinlarni xushnud qilganlar. Aktyorlar yolg`onchi, qo`rqoq, chaqimchi va xoin odamlar qiyofasiga kirib ularni masxaralaganlar.Dastlab romoshalar oddiy bir joyda ko`rsatilgan. Keyinchalik esa tomoshaiar tepalik pastida, qal`a – akropol tepaligi pastida namoyish etilgan. Tomoshabinlar esa tepaiik yonbag`rida o`tirishgan. Miloddan avvalgi V–IV asrlarda Afina va Vunonistonning boshqa shaharlarida hozirgi sirklarimizga o`xshash tepasi ochiq teatr binolari qurilgan. Teatr tepa yonbag`riga qurilib, unga tosh va taxtadan o`rindiqlar qo`yilgan. Pastda esa tomosha ko`rsatadigan sahna va doira shakldagi maydon bo`lgan. Bunday teatrlarga 20 – 25 ming tomoshabin sig`ib, tomoshalar ko`rganlar. Yunon teatri shu tariqa vujudga kelgan.
2. Yunon tragediyalari va komediyalari.
Tragediya dramatik asarning bir turi hisoblanadi. Qadimgi yunon adiblari rivoyat va afsonalar asosida ajoyib tragediyalar yaratganlar. Tragediya deyil-ganda oxiri fojia, o`lim va qotillik bilan tugaydigan pyesa tushuniladi. Lekin yunonchada bu so`z «echkilar qo`shig`i» degan ma`noni bildiradi.
Miloddan avvalgi VI – IV asrlarda Yunonistonda Esxil, Sofokl, Evripid kabi mashhur adiblar yashaganlar. Ular turli mavzuda tragediya asarlari yaratishgan.Bu jihatdan Esxilning «Zanjirband Prometey», «Forslar», Sofoklning «Shoh Edip» va «Antigona» tragediyalari diqqatga sazovordir. Bu tragediyalar o`sha vaqtlarda yunon teatrlarida qo`yilib namoyish etilgan. Tragediyalarda qahramonlarning jasorati, azob-uqubatlari va fojiali oiimlari bayon etiladi. O`sha vaqtda sahnalarda namoyish etilgan qadimgi yunon tragediya asarlari hozirda ham jahonning ko`p mamlakatlari, shuningdek o`zbekistonning teatr sahnalarida namoyish etilib kelinmoqda.
Qadimgi yunon adiblari hazil, kulgi va mutoiba ruhida ham ko`p asarlar – pyesalar yaratganlar. Kulgi, hazil, masxaralash ruhida yozilgan pyesalar komediya deyilgan.Komediya yunoncha so`z bo`lib «xushchaqchaq dehqonlarning qo`shiqlari», degan ma`noni bildiradi.
Qadimgi yunon komediyasining mashhur vakillaridan biri miloddan avvalgi 450–388-yillarda yashab ijod etgan afinalik Aristofandir. U «Tinchlik», «Ayollar xalq yig`inida», «Suvoriylar» kabi o`nlab mashhur pyesalarning muallifidir. Aristofan komediyalarining birida Peloponnes urushida azob chekkan qishloq aholisining mashaqqatli turmushini aks ettirgan. Uning komediyalarida o`sha zamon amaldorlari va xudolarining illatlari fosh etilgan. Aristofan odamlarga kulgu baxsh etish bilan birga, o`sha davr illatlari ustidan kulib, amaldorlarni qattiq hajv ostiga ham oladi. Tomoshalar ko`rsatiladigan kunlarda ular oziq-ovqatlarini olib, ena tongda teatrga kelishgan. Teatrga juda ko`p odamlar to`planib, uni zavq-shavq bilan tomosha qilishgan.
Tomoshabinlar qo`yilgan pyesa va aktyorlarning ijrosi haqida o`z fikrlarini bildirishgan.Tomoshalar nihoyasiga yetgach, maxsus tuzilgan hay`at a`zolari odamlarning fikrini e`tiborga olib, komediya va tragediya mualliflarini, shuningdek ijrochi aktyorlarni gulchambarlar va qimmatbaho sovg`alar bilan mukofotlaganlar. Yunonistonda mashhur pyesalarning mualliflari qayta-qayta izzat-hurmatga sazovor bo`lganlar. Xususan mashhur adiblar – Esxil, Sofokllarga Afina teatrlarida haykallar o`rnatishgan. Qadimgi Yunonistonda teatrni «tarbiya maktabi», deb bilganlar.
Mashhur tragediya mualliflarini esa «Donishmandlik yo`lboshchilari», deb ataganlar.Qadimgi yunon teatri jahon teatr san`atining rivojiga o`zining ulkan hissasini qo`shgan.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling