Qadimgi yunon madaniyati


Yunonistonda rassomchilik


Download 29.38 Kb.
bet5/7
Sana09.06.2023
Hajmi29.38 Kb.
#1474204
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QADIMGI YUNON

4. Yunonistonda rassomchilik.
Yunonistonda rassomchilik Krit-Miken davrida ancha rivojlangan edi. Qadimgi yunonlar har turli narsalar va hodisalardan zavqlanuvchi kishilar bo`lishgan. Yunon rassomlari ibodatxona, saroy, ma`muriy bino va uy devorlarini odam, sher, dengiz hayvonlari, afsonaviy qahramonlar va turli mavzudagi rasmlar bilan bezaganlar. Yunon kulollari katta xumlar, ko`za va ko`zachalar ishlab, ularni yaltiroq qora va qizil bo`yoqlarga bo`yaganlar. Ko`zalarning sirti yunonlar hayotidan olingan turli rasmlar bilan bezatilgan.
Chunonchi ko`zalarning birida yunon maktabidagi o`qish, boshqa birida musiqa darsi ifoda etilgan. Bir ko`za sirtida esa bir pahlavonning sher bilan, ikkinchi ko`zada esa ikki jangchining olishuvi tasvir etilgan.
Ko`pchilik ko`zalar sirtida Olimpiyadagi musobaqalar – nayza otayotgan yosh yigit, kurashayotgan pahlavonlar, jang aravalari poygasi kabi manzaralar tasvir etilgan.
Yunon rassomlari ko`zalar sirtiga Gomer dostonlari qahramonlari, Odisseya sheriklari, bulbuligo`yolar va boshqa ajoyib manzaralardan olingan rasmlarni chizganlar. Ayni paytda ko`zalarga afsonaviy va diniy mavzudagi manzaralar ham ishlangan. Miloddan avvalgi V–IV asr yunon rassomchiligi o`z taraqqiyotining yuqori bosqichiga ko`tarilgan davr hisoblanadi.
5. Yunonistonning qadimgi Olimpiya o`yinlari.
Olimpiya Peloponnesning shimoli-g`arbidagi Elida viloyatidagi qadimgi shaharlardan biri bo`lib, u yunonlar uchun muqaddas bo`lgan. Shaharda har 4 yilda bir marta yunbnlarning turli o`yin-musobaqalari o`tkazilgan.
Solnomachilarning bergan ma`lumotlariga ko`ra Olimpiya musobaqalari birinchi bor miloddan avvalgi 776-yilda boshlangan ekan. Shahar o`rtasida yunonlarning bosh xudosi Zevs ibodatxonasi bo`lib, uning o`rtasida taxtda o`tirgan Zevs haykali o`rnatilgan. Zevs ibodatxonasi atrofida kichik ibodatxonalar ham bo`lib, ular xudolar, afsonaviy qahramonlar va minglab o`yin g`oliblarining haykallari bilan bezatilgan.
Ibodatxona atrofida jismoniy mashq maydonlari va inshootlari joylashgan,
Olimpiya o`yinlarini tomosha qilish uchun bu muqaddas dargohga Yunonistonning turli polis, o`lka, hatto manzilgohlaridan o`n minglab tomoshabinlar kelishgan. Olimpiya o`yinlari vaqtida bu yerga ayollarning kirishlari taqiqlangan. Bu qoidani buzgan kishilar hatto o`limga mahkum etilgan ekan.Olimpiya maydonlarida chopish, sakrash, kurash, disk otish, mushtlashish, nayza otish va boshqa sohalar bo`yicha musobaqalar o`tkazilgan. Yosh yigitlarning musobaqalari uchun bir kun ajratilgan.
Olimpiya musobaqalari orasida to`rt ot qo`shilgan ikki g`ildirakli aravalar poygasi eng zavqli va eng xavfli o`yin hisoblangan. Aravakash jang aravasi ustida turib, uni boshqargan. U ippodrom otchopar maydonini 12 marta aylanib chiqishi kerak bo`lgan. Aravakashlar kuchli, epchil, jasur va arava boshqaruvga mohir bo`lishi kerak bo`lgan. Bir yugurishda bir necha o`n arava ishtirok etgan. Arava poygalari vaqtida, aravalarni bir-biriga va ustunlarga urilishi natijasida ag`darilish hollari ko`p bo`lgan. Shunday vaqtlarda qanchadan-qancha odam va otlar jarohatlanib, qanchadan-qanchasi o`lgan.
Musobaqada g`olib chiqqanlar zaytun daraxti novdalaridan to`qilgan gulchambarlar bilan mukofotlanganlar. Shu narsa achinarliki, poygada o`z hayotini xavf ostida qoldirib, aravani boshqargan aravakash emas, balki ot-arava egasi musobaqa g`olibi hisoblangan. G`oliblar ona shahri va qishloqlariga qaytishgach, aholi ularni tantanalar bilan kutib olgan. Joylarda g`oliblar sharafiga haykallar o`rnatilgan.Olimpiya o`yinlari o`tkaziladigan oy muqaddas hisoblanib, shu oyda butun Yunonistonda urushlar to`xtatilgan.
Olimpiya o`yinlariga yozuvchi, shoir, rassom, haykaltarosh, tarixchi va faylasuflar tomoshabin sifatida ishtirok etganlarRivoyatlarga ko`ra «tarix otasi» Gerodot o`zining mashhur «Tarix» asarini birinchi marta Olimpiya o`yiniarining birida o`qib beigan ekan.Yunonlar o`zlarining qadimgi yil hisobini eng dastlabki Olimpiya o`yinlari boshlangan1 kun va yildan hisoblaganlar. Hozir ham jahon bo`ylab Olimpiya o`yinlari har 4 yilda navbat bilan u yoki bu mamlakatda o`ticazilib kelinmoqda.

Download 29.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling