Qadimgi yunoniston madaniyati


Qaysi yilda Solon davlatni idora


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana29.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1308737
1   2   3
Bog'liq
1675079244 Xoliqov O. 6-sinf Tarix fanidan dars ishlanma (1)

Qaysi yilda Solon davlatni idora 
qilishning tizimini o’zgartirdi?
Afinada muhim davlat organi 
hisoblangan Xalq sudida
nechchi yoshga to’lgan 
fuqarolar uning faoliyatida
ishtirok eta olgan ?
O’TILGAN MAVZUNI
TAKRORLASH.


2-guruhga: 
Afinada Xalq yig’ini maydoni nima 
deb atalgan?
Strateg Perikl Afina shahrini xavf-
xatardan asrash uchun…. 
Jumlani davom ettiring ?
3-guruhga: 
Afinada davlat boshqaruvi tizimini 
ketma-ket yozing?
Mil avv VII asrda Afinani idora qilishda 
Oqsoqollar kengashi muhim ahamiyatfa ega 
bo’lgan. Bu kengash kimlarni saylagan?


4. Yangi mavzuni bayon qilish. (15 daqiqa)
Mavzu: Qadimgi Yunoniston madaniyati. 
Yangi dars mazmunining tayanch tushuncha va atamalari, tarixiy sana va nomlari. 
Gomer, “Iliada”, “Odisseya”, Troya, “Troya oti”, “Axilles tovoni”, 1870-yil, Genrix 
Shliman, teatr, Sofokl, Aristofan, Fidiy, Parfenon, Dedal. 
Reja: 
1. Gomerning “Illiada” va “Odisseya” dostonlari. 
2. Yunonistonda teatr. 
3. Haykaltaroshlik va me’morchilik. 
Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush 
boshlaganlar. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng 
chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining 
o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ke 
tadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va 
barcha yunonlarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to‘qqiz yil Troyani behuda 
qamal qiladilar. Qadimgi yunon shoiri Gomer «Iliada» va «Odisseya» poemalarini 
yozdi. «Iliada» ana shu urushning oxirgi, o‘ninchi yili haqida hikoya qiladi. 
Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga sola- 
dilar: ichi bo‘m-bo‘sh ulkan yog‘och ot yasashadi. Ana shu
yog‘och ot ichiga yunon qo‘shinlarining bir qismi yashiringan,
qo‘shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga
o‘rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to‘xta- 
tishdi va Troya homiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun
bizga ot sovg‘a qilibdi, degan xulosaga kelib, yo‘g‘och otni
shaharga olib kiradilar.
Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni
ochadilar va Troya bosib olinadi. Hozirgi tillarda «Troya oti»
iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadi. «Iliada»
dostonining bosh qahramoni Axillesdir. O‘g‘lining mangu
barhayot bo‘lishini istagan ona chaqalog‘ini Stiks daryosiga
botirib oladi. Ayni paytda Axillesning onasi ushlagan


tovoniga suv tegmasdan qoladi. Janglardan birida Axilles 
tovoniga tekkan o‘qdan halok bo‘lgan. O‘sha kezlardan
beri «Axilles tovoni» iborasi nozik joyni anglatadi.
Troya urushi nihoyasiga yetdi. Yunonlar Troyani taladilar
va mo‘l-ko‘l o‘ljalar bilan uyga qaytmoqchi bo‘lishdi. Ular
Egey dengizi orqali uzoq va xatarli yo‘llardan o‘tishlari
kerak edi. XIX asrning oxirida nemis olimi Genrix Shlimann
Gomer hikoyalarini tadqiq qilib, 1870-yildaTroya joylashgan
yerni aniqladi. Olim Turkiyadagi Hisorlik tepaligi xarobalari
hududida qazishma ishlarini boshlab yubordi va chindan
ham Troya qoldiqlarini topdi. 
Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda
teatr dunyoga keldi. «Teatr» so‘zi yunonchadan tarjima
qilganda «tomoshalar joyi», «tomoshaxona» degan ma’no- 
larni anglatadi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan.
Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo‘yi davom
etardi. Tomoshabinlarga bir necha pyesalar namoyish
etilardi. Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha haqi yig‘ilgan.
Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilar edi.
Sahnada barcha rollarni faqat erkaklar ijro etishgan. Namoyish
ishtirokchilari quvnoq, qayg‘uli va yovuz qiyofadagi turli
niqoblardan foydalanganlar.
Teatrlarda o‘zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi
kishilar halok bo‘lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya
deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur
tragediyalarni Sofokl yozgan.
Ajoyib qochiriqlar, quvnoq sahnalar, nozik yumorga boy 
komediyalar esa inson nuqsonlari ustidan kuladi. Aristofan komediyalar ustasi edi. 


Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar, balki hamma odamlar
foydalanadigan jamoat binolarini ham barpo etishgan. Haykallar va boshqa 
haykaltaroshlik asarlari faqat saroy a’yonlari uylarini bezamasdan, ayni paytda shahar
maydonlari, ibodatxonalar, hammaga ochiq tomoshabog‘lar va stadionlarni ham
bezab turgan. 
Ibodatxonalar va boshqa jamoat binolari toshdan barpo
etilgan. Xususiy uylar esa g‘ishtdan va paxsadan qurilgan. 
Yunon haykaltaroshlari o‘z xudolari hamda mashhur olimlari, Olimpiya o‘yinlari
g‘oliblari yoki jangda zafar quchgan qahramonlar sharafiga
haykallar tiklashgan. Eng buyuk yunon haykaltaroshlaridan 
biri Fidiy edi. U Afinada Parfenon barpo etilishi va 
Akropolning qayta qurilishiga boshchilik qilgan.
Uning mashhur asari, Yer yuzidagi yetti mo‘jizaning biri
hisoblangan olimpiyalik Zevs haykalidir. Arxitektor va
haykaltarosh Dedal Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan. 
Akropol markazida bunyod etilgan Parfenon Yuno- 
nistondagi eng a’lo marmar toshlardan qurilgan. Yorug‘- 
lik tushishiga qarab u o‘z rangini oltin rangidan havorang 
yoki kulranggacha o‘zgartirib, tuslanib turgan. 
5. Mustahkamlash. Bunda yangi mavzu yuzasidan
chinavord tuzilgan. 
Bunda yangi mavzuga oid 12 ta so`z yashiringan.


O`quvchilar guruh bo`lib 3 daqiqa ichida bu so`zlarni topib chiqishlari kerak bo`ladi. 
Topshiriqni belgilangan vaqt ichida to‘g’ri yakunlagan guruhlarga rag’bat kartochkasi 
beriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. 
6. Dars yakunlarini chiqarish. O`qituvchi yangi mavzu bo`yicha berilgan topshiriqni 
baholaydi. O`quvchilarda yangi mavzu bo`yicha paydo bo`lgan savollarga javob beradi, 
darsni umumlashtiradi, o`quvchilarni baholaydi 
7. Uyga vazifa. 28-§ 107-111- bet. Mavzuni takrorlab savollarga javob berish. 





Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling