Qadimgi yunoniston tarixiga kirish krit-mikensivilizatsiyasi


Download 1.25 Mb.
Sana15.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1093882
Bog'liq
QADIMGI YUNONISTON (2)

QADIMGI YUNONISTON TARIXIGA KIRISH KRIT-MIKENSIVILIZATSIYASI Reja: 1.Qadimgi Yunoniston hududi aholisi. 2.Qadimgi Yunonistondagi ilk davlatlar. 3.Kirit-Miken sivilizatsiyasi vujudga kelishi. 4.Qadimgi Yunoniston va Krit-Miken madaniyati o’rganilishi

YUNONISTON XARITASI

Qadimgi Yunoniston deb Bolqon yarim orolining janubiy qismida, O’rta yer dengizi va Egey dengizi havzasidagi orollardagi hududlarga nisbatan ishlatiladi

YUNON MADANIYATI AHOLISI YOYILISHI

Qadimgi Yunonlar dastlab Krit oroli va Bolqon yarimorolida yashaganlar keyinchalik Yunon koloniyalashtirish davrida asosan Kichik Osiyo, Misr hududlariga, Italiya va boshqa orollarga tarqalgan va shu tariqa ellin madaniyati vujudga keladi.

DAVLAT BO’LIB SHAKLLANISHI. Yunon dastlab qabila bo’lib birlashadi, keyinchalik mill.avv. 2-ming yillikda ilk shahar davlatlar vujudga kela boshlaydi bular yirik Sparta va Afina Shahar davlatlari edi.

KRIT-MIKEN MADANIYATI VUJUDGA KELISHI. Bu madaniyat mill.avv. 2-ming yillikda vujudga kelgan bo’lib asosan Krit orolida o’rganilgan, bu madaniyatni o’rganishda asosan ingliz Artur Evans izlanishlari katta ahamiyatga ega u Kritda tarixiy makonlarni o’rganishda Qadimgi Knoss saroyi xarobalarini topgan.

KNOSS SAROYI XAROBALARI. Knoss va Minoy sivilizatsiyasi afsonaviy podsho Minos nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi deb momlangan. Bu sivilizatsiya kuchli zilzila va suv toshqini sabab bo’lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo’lgan. Ko’p o’tmay qayta tiklangan. Keyinchalik jangavor guruhlar ya’ni axeylar Minoy sivizatsiyasini barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazgan.

QADIMGI YUNONISTON O’RGANILISHI. Qadimgi Yunonistonni o’rganish XIX asrdan boshlangan va Yunoniston tarixini o’rganishda asosan Genrix Shliman va Artur Evans faoliyatini ko’rishimiz mumkun


Yozma manbalar. Qadimgi yozuvlar sopol, tosh, metall, va papirus (mil av. II asrdan pergament) kabi turli materiallarga yozilgan. Bizgacha yetib kelgan asosiy yozma manbalar mil. avv. VIII asrda yaratilgan yunon alifbosi asosida yozilgan, lekin, shuningdek, qisqa davr mil. avv. II mingyillik davomida A va B chiziqli Krit yozuvlari ham boʻlgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans tomonidan topilgan boʻlishiga qaramay, faqatgina 1953- yili ingliz olimi M. Ventris ba'zi qismlarini shifrovka qilishga muvaffaq boʻldi. Afsuski, bularning ko'pchiligi yo'qolib ketgan. Qadimgi Yunonistonning klassik hamda ellin davri tarixini yoritishda mazkur mintaqada yashab ijod qilgan tarixchilar asarlarini o'rni beqiyos. Birinchi navbatda mil. avv. V asrda yashagan Galikarnaslik Gerodot (485-425-yy)ni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Uning mashhur asari "Tarix" deb nomlanib, 9 kitobdan iborat. Muallif asarning dastlabki 4 ta qismida Kichik Osiyo, Bobil, Midiya, Misr hamda Skif qabilalari tarixini bayon etadi. Qolgan 5 ta kitobda asosan yunon-fors urus hi bilan bog'liq tarixiy jarayonlar (mil. avv. 479 yilgacha) o'rin olgan. Shu davrning yana bir yirik vakili afinalik tarixchi Fukidid (460-400- yy) bo'lib, uning asari Peloponnes urushlariga (431-404- yy) bag'ishlangan. Shuningdek, tarixchi va publitsist Ksenofont (430-355- yy) ham o'z davrining mashhur kishilaridan bo'lgan. U Fukidid ishlarini davom ettirib, "Yunon tarixi" asarini yaratgan.

Krit-Miken sivilizatsiyasi paydo bo’lishi, bu davrda ijtimoi iqtisodiy tizimi Krit-Miken jamiyati qadamgi Yunonistondagi dastlabki sivilizatsiya bo’lib, jahon tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. So’ngi yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar va tadqiqotlarga tayanilgan holda xorij tarixshunosligida Egey dengizi hududidagi I bronza davri yoki Krit madaniyati xronologik jihatdan quyidagicha boʻlinadi: 1. Mil. avv. 3000-1900-yy Materik Yunonistonda Ilk bronza asri:Kritda ilk Ellada: Ilk Minoy 2. Mil. avv. 1900-1600-yy Materik Yunonistonda o'rta Bronza asri: Kritda o'rta Ellada: O'rta Minoy (Linerar A B chiziqli yozuvlarni paydo bo'lishi) 3. Mil. avv. 1600-1200-yy So'nggi Bronza asri: Kritda so'nggi Ellada yoki Miken davri: So'nggi Minoy

  • Krit-Miken sivilizatsiyasi paydo bo’lishi, bu davrda ijtimoi iqtisodiy tizimi Krit-Miken jamiyati qadamgi Yunonistondagi dastlabki sivilizatsiya bo’lib, jahon tarixida o’ziga xos o’rin tutadi. So’ngi yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar va tadqiqotlarga tayanilgan holda xorij tarixshunosligida Egey dengizi hududidagi I bronza davri yoki Krit madaniyati xronologik jihatdan quyidagicha boʻlinadi: 1. Mil. avv. 3000-1900-yy Materik Yunonistonda Ilk bronza asri:Kritda ilk Ellada: Ilk Minoy 2. Mil. avv. 1900-1600-yy Materik Yunonistonda o'rta Bronza asri: Kritda o'rta Ellada: O'rta Minoy (Linerar A B chiziqli yozuvlarni paydo bo'lishi) 3. Mil. avv. 1600-1200-yy So'nggi Bronza asri: Kritda so'nggi Ellada yoki Miken davri: So'nggi Minoy

SHLIMAN ( Genrix (1822-1890) — nemis arxeologi. 1863-yil tijorat ishlarini tashlab Gomer dostonidagi yerlarni axtarish bilan shugʻullangan. 1869-yil qadimiy Troya oʻrni Kichik Osiyodagi Hisorlik (Gissarlik) tepada boʻlgan degan fikrni bildirgan. U yerda 1870-73, 1878-79, 1882-83, 1889-90 yillarda, shuningdek, Mikena (1876), Itaka o. (1878), Orxomen (1880-86), Tirinf (1884-85) da qazish ishlari olib borgan. Shliman Gomer dostoni fantastik asosga ega ekanligini isbotlagan, shuningdek, egey madaniyati (krit-miken madaniyati)ni ochgan.

Mill.avv. II mingyillik davomida A va B chiziqli Krit yozuvlari ham boʻlgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans tomonidan topilgan


(1851-1941)
Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling