Qadimgi yunonistonda davlat va huquq 1


Qadimgi Afina davlatining tashkil topishi


Download 202 Kb.
bet3/13
Sana24.02.2023
Hajmi202 Kb.
#1226163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
QADIMGI YUNONISTON

4. Qadimgi Afina davlatining tashkil topishi
CTrta Yunonistonning Egey dengizi sohilidagi toshloq yarim orol -Attikadagi polislar ichida Afina yetakchi o4rin tutgan. Afina davlati tarixi asosan quyidagi davrlarni ovz ichiga oladi: 1) Afina davlatining tashkil topishi (Miloddan avvalgi VII-VI asrlar); 2) Afina davlatining rivojlangan davri (miloddan avvalgi V-IV asrlar); 3) Afina davlatining inqirozi va yemirilishi (miloddan avvalgi IV asrning oxiri - III asrlar).
Afinada davlat birdaniga tashkil topmadi, bu yerda davlat jamiyat-ning uzoq davom etgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi natijasida pay do bo4ladi.
Miloddan avvalgi VIII asrlarda Afinada hali urag'doshlik tuzumi hukmronlik qilar edi. Bu yerda miloddan avvalgi II ming yillikning oxirida tefrtta qabila o^rnashgan bolib, ulaming bar birida xalq yig^ini, oqsoqollar kengashi va saylab qo'yiladig'an sardori - basileyi bo'lgan. Ishlab chiqaru-vchi xo'jalikka va yakka tartibdagi mehnatga o4tish jamoa yerlarining mayda uchastkalarga bo4linishiga, mulkiy tafovutning rivojlanishiga va asta-sekin urugvning yuqori qismining ajralib chiqishiga va ko"p erkin jamoachilarning qashshoqlashuviga, ularning ko"pchiligini fetlarga -batraklarga aylanishiga yoki qarz badaliga qullikka tushishiga olib kelgan. -Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi yuqoridagi jarayonlarni yanada tezlashtirgan. Boy oilalar qo'lida dastlabki qullar paydo bo'lgan. Bu vaqtda asosan harbiy asirlar qullarga aylantirilgan. Miloddan avvalgi I ming yillikning oxiriga kelib qulchilik keng tarqalgan hodisa bo'lib qolgan edi. Lekin qul mehnatini ekspluatatsiya qilish hali ijtimoiy ishlab chiqar-ishning asosini tashkil etmagandi. Qullar asosan uy xo'jaligida, hunar-mandchilikda, kamdan-kam hollarda dala ishlarida band bovlganlar, og4ir ishlarni bajarsalarda, ular bilan birga xo'jayinlari ham ishlar edilar. Vaqt o'tishi bilan qul egalari ishlab chiqarishda qatnashmaydigan bo lganlar. Hokimiyatning urag^-qabila tashkilotlari endi faqat barcha qabila a'zolarining emas, balki boyib borayotgan yuqori qismining manfaatlarini ta'minlashga, qullarni ekspluatatsiya qilishga moslashib borganlar. Xalq majlislarida taniqli urug^larning ta'siri o"sgan, ularning vakillaridan oqso­qollar kengashi tuzilgan va basileylar saylangan. Ibtidoiy jamiyat ko^pincha harbiy demokratiya deb ataluvchi siyosiy jamiyatga aylangan. Lekin u hartt jamiyatda shakllanayotgan qullar va erkin kishilar o^rtasidagi, oddiy jamoachilar va urug'-qabila yuqori doiralari o'rtasidagi rivojlanay-otgan qarama-qarshiliklarni bartaraf eta olmagan. Harbiy demokratiyaning saqlanib qohshida tashqi omillar ham muhim rol o'ynagan.
Atrof muhitni ovrab turgan tabiiy sharoitlarga xojalik yuritishning moslashtirilishini talab qiladigan jug4rofiy sharoitlar, ishlab chiqaruvchi xo^jalikka o^tish munosabati bilan yanada kuchayib borayotgan mahalliy tabiiy resurslaming tugab borishi, ayirboshlash va u bilan bog'liq qabila-lararo aloqalaming rivojlanishi, qon-qarindoshlik aloqalarining kuchsizlan-ishi va urug'lar hamda qabilalarning assimilatsiyasi oqibatida vujudga kel-gan va qabilalar doirasidan chetga chiqqan nizolarni bartaraf etish va tartibga solish zaruriyati - bularning hammasi Attika qabilalarining yagona hokimiyat ostida birlashtirilishi uchun shart-sharoitlar bo4lib qolgan edi.
Krit-miken va Gomer davrlariga borib taqaladigan rivoyatlar hain bizga kovpdan-ko"p urushlar bovlganligini va bu urashlar davomida Afina atrofida Attikada yashovchi ion qabilalarining asta-sekin birlashuvi (yunoncha-"sinoyikizm") yuzaga kelganligini xabar qiladilar. Afsmalarga kovra, miloddan avvalgi II ming yillikdayoq sinoyikizmni (birlashuvni) Tesey amalga oshirgan. Tesey ana shu qabilalarai yagona afina xalqi qilib birlasbtirgan. Buning oqibatida markaziy boshqaruv ishlarini tashkil etish zaruriyati kelib chiqqan. Sinoyikizm natijasida Afinada barcha to'rtta qabila ishlarini boshqaradigan Kengash tuzilgan, bu bilan eski urugv-qabila tashkilotiga birinchi zarba berilgan.
Afina polisi jamiyat siyosiy tashkilotining hududiy shakli bo" lib qol­gan.
Jamiyatning hududiy tashkil etilishi ijtimoiy ishlarni bir xil (qabi-laviy farqlardan qat'i nazar) va demak, markazlashtirilgan boshqaruvni tashkil etishni va tobora rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlarni ancha I'aol tartibga solishni qattiq talab qilgan. Ilgarigi ancha yaxlit urug"-qabila jamiyati qiyin ahvolga tushib qolgan. Hali urug4lararo va qabilalararo ja-zolar saqlanib qolgan. Biroq Attikada mulkiy darajalanish kuchayishi mu­nosabati bilan endi yangi keskin nizolar kelib chiqqan. Bu nizolar erkin af-inaliklar va turli guruhdagi tovla huquqqa ega bovlmagan va qaram kishilar (fetlar, chet elliklar, qullai" va boshqalar) o'rtasidagi tobora chuqurlashib borayotgan qarama-qarshiliklarda ovz ifodasini topgan va hokimiyatning yangi mexanizmlarini shakllantirish uchun zamin hozirlagan. Shu tariqa bir tomondan, murosaga keltirish va yarashtirish vositasi bo'lgan, ikkinchi lomondan, bo4ysundirish va asoratga solish kuchi bo^lgan va jamiyat ustida turadigan siyosiy (davlat) hokimiyatga zaruriyat tugvilgan. Bunday liokimiyatning kelib chiqishi erkin kishilarni nafaqat ijtimoiy tengsizligini, balki siyosiy tengsizligini mustahkamlashga qaratilgan va ulami qaysi qabila yoki fratriyaga tegishliligidan qat'i. nazar, quyidagi uch toifaga.: 1) yevpatridlar - nasl-nasabi olijanob bo'lganaristokratiar, aslzodalar; 2) j»comorlar - dehqonlar; 3) demiurglar - hunarrnandlarga bo'linishini belgilab bergan Tesey islohotlari bilan boshlanadi. Bu toifaviy bcTlinishda mehnat taqsimoti va qadimgi jamoaning parchalanishi jarayonlari aks et-tirilgan edi.
Jamoada mansablarni egallash huquqi faqat urug4-qabilaning yuqori qismi bo'lgan yevpatridlarga o'tkazilgai. Bu esa ommaviy hokimiyatni aholidan yanada ajralib borishiga olib kelgan. Erkin kishilarning ko4p qis-mini tashkil etgan geomorlar va demiurglar savdogarlar va kambagvallar bilan birga asta-sekin jamoa ishlarini boshqarishdan chetlatib borilgan. Ularda faqat bu vaqtda ahamiyati juda pasayib ketgan xalq yig'inida ishti-rok etish huquqi saqlanib qolgan edi. Ular xonavayron bo'lib, qarzga botib, yerlarni qarz badaliga garovga qo'yishga majbur bo'lganlar. Yer-larni garovga qo'yish bilan birga qarzdorlik asorati ham kelib chiqqan. Bunga ko'ra, qarzini to4lay olmagan qarzdorlar chet elga qul qilib sotilishi mumkin edi.
Rivoyatlarga ko'ra, qadimdan Afinada basileylar - urugv sarkardalari hokimlik qiiishgan. Yevpatridlar ovz boyligiga va ijtimoiy mansablarni egallashga bo4lgan tanho huquqiga tayanib, asta-sekin urug'doshlik de-moki'atiyasi an'analari bilan bog^liq basiiey hokimiyatini, sinfiy jamiyatga o4tish jarayonida kuchayib borayotgan va yevpatridlarning manfaatlarini himoya qilgan zodagdnlar kengashi basileylar hokimiyatini cheklab bor-ganlar.
Biroq basiley mansabi Afinada hech qachon bekor qilinmagan bovlsa-da, u o~z siyosiy ahamiyatini asta-sekin yo4qotib borgan. Ijtimoiy taraqqiyot ilgarilab borgan sari tobora murakkablashgan boshqarish funk-siyalari yangi vazifalarning pay do bo'lishiga olib kelgan. Zodagonlar ken­gashi bu vazifalarni endi basileylar zimmasiga yuklamagan, balki ularni bajarish uchun yangi lavozimlar ta'sis etgan. Harbiy ishning murakkab-lashuvi munosabati bilan maxsus askarboshilik-polimarxlik lavozimi ana shu tariqa paydo bo'lgan. Basileyning vazifalari doirasidan harbiy qo^mondonlik lavozimining olib tashlanishi uning obro'sini juda to kib qo'ygan. Ayniqsa, miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda ta'sis etilgan arxont-lik mansabi Afinada davlatning tashkil topishidagi muhim ikkinchi qadam edi (birinchi qadarn sinoykizm bovlgan). Shundan so4ng ikkinchi o^ringa tushib qolgan basiley mansabi keyinchalik faqat diniy ishlarni bajaradigan bovlib qolgan. Basileyning asosiy funksiyalaii yevpatridlardan saylab qo4yiladigan mansabdor shaxslarga - arxontlarga o4gan. Arxontlar (ya'ni boshliq yoki el ogvasi) dastlab umrbod muddatga, miloddan avvalgi VIII asrdan 10 yilga, miloddan avvalgi 583 yildan esa 1 yilga (har yili 9 ta arxont) saylanadigan bo'lgan. Arxontlar hay'ati basileyning faqat harbiy, kohinlik va sud funksiyalarinigina emas, balki vaqt o^tishi bilan butun mamlakatni boshqarishni ovz qo4liga olgan. Ayniqsa birinchi arxontning vakolatlari juda katta bo'lgan: u hay'atga rahbarlik qilgan, ichki boshqarav-ni amalga oshirgan hainda oilaviy ishlarga oid sud ishlarini nazorat qilib turgan.
Davlatning tashkil fopishiga ta'sir ko'rsatgan yana bir muhim hodisa - bu rniloddan avvalgi VIII asrda yangi boshqarav organi - areopagning tashkil topishi bo4lgan (bu organ areopag deb nomalangan tepalikda majlis o4tkazib turgani uchun shunday deb atalgan). Mazkur organ oqsoqollar kengashi o'mida paydo bo"lgan edi. Areopag asosan yevpatridlardan ibo-rat bo'lib, arxontlarni saylagan va nazorat qilgan, shuningdek, xalq majlisi-ni ham nazorat qiiib turgan, oliy sud hokimiyatini amalga oshirgan. Are­opag tarkibiga barcha sobiq va xizmatdagi arxontlar, ya'ni har holda yana o" sha yevpatridlar vakillari kirgan.
Shu tariqa Attika jamiyati siyosiy jamiyatga - jamiyatning ovzidan ajralib chiqqan va uning ustida turgan hokimiyat ostidagi jamiyatga aylan-gan, Jamiyat va hokimiyatning sobiq, sinkryetizmi (ajralmaganligi) ni-hoyasiga yetgan.
Yuqoridagilar bilan birga davlatning tashkil topishi uchun xarakterli bo^lgan yana boshqa muhim jarayon - aholining hududiy btTIinishi jarayoni ham rivojlanishda davom etgan. Miloddan avvalgi VII asrda mamlakat hududi okruglarga - navkrariylarga bcflingan. Ularning aholisi qaysi qabilaga mansubligidan qat'i nazar ovz mablag4lariga harbiy kemalar qurish, ularni qurol-yarog'lar va ekipajlar bilan ta'minlashlari lozim edi.
Miloddan avvalgi VI asrga kelib Afinada juda murakkab vaziyat vu-judga kelgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi erkin aholini yanada ijtimoiy tabaqalashuviga olib kelgan. Yevpatridlar va geomorlar orasidan boy yer egalari ajralib chiqqan, yevpatridlarning bir qismi kam-bagvallashgan, geomorlar esa batraklarga aylanib, bir qism hosil (odatda hosilning 1/6 qismi evazi) uchun birovlarning yerlarida ishlaganlar yoki qarzdorlik asoratiga tushib, erkinliklarini yo'qotganlar va chet elga qul qilib sotilganlar. Shaharliklarning boy savdo-hunarmandlari yuqori qis-mining iqtisodiy roli ovsgan, lekin ular haliyam hokimiyatdan chetlatilgan edi. Kambas'allar - fetlar soni ham ovsgan. O^rta va mavda dehaonlar va hunarmandlaming ahvoli doimo o^zgarib turgan. Natijada turli darajadagi erkin kishilar o'rtasida ziddiyatlar kelib chiqqan. Boy yevpatridlar bilan hali ham hokimiyatni ushlab turgan kambag^al yevpatridlar ovrtasida, shuningdek, hokimiyatga intilayotgan boy dehqonlar, boy savdogarlar, boy hunarmandlar bilan r/rta va mayda mulkdorlar o'rtasida ziddiyatlar paydo bo4lgan. Bu ziddiyatlar boy urug% aristokratiyasi va yangi boylar bosh-chiligidagi xalq (demos) o'rtasidagi ziddiyatlar sifatida maydonga chiqqan. Shu tariqa demosning aristokratiyaga qarshi kurashi boshlangan. "Kilon gvalayoni" shunday kurashlardan biri bovlgan edi. Bu g^alayon mag4lubiyatga uchrashiga qaramay, oradan bir necha yil o^tgach, demosning davlatmand tabaqalari hamda ularga qo'shilgan bir qism yevpatridlar tazyiqi ostida hukmron aristokratiya jiddiy yon berishga maj-bur bo4 lib, allaqachonlar va'da qilingan, lekin hamisha orqaga surib kelingan qonunlarni yozishga rozilik bergan. Miloddan avvalgi 621 yilda "Drakont qonunlari" e'lon qilingan. Albatta, Drakont tomonidan odatdagi og"zaki huquqning yozib qo'yilishi, xun oSishning cheklanishi, xususiy mulkning himoya qilihishi, sud ishlarining aniqlanishi o"z zamonasi uchun progressiv hodisa edi. Lekin qonunlarning yozib qo'yilishi demos bilan yevpatridlar cf rtasidagi ziddiyatlarga xotima berolmadi, chunki bu tadbir demosning iqtisodiy ahvoliga bir qadar bo^lsa ham muhim o^zgarish kirit-madi va uning siyosiy, ilgarigidek huquqsiz holatiga mutlaqo daxl qilmadi.
Ana shu ziddiyatlar natijasida, Aristotelning xabar qilishicha, milod­dan avvalgi VII asrda xalq urug4 zodagonlariga qarshi katta qovzg4olon kovtargan va kurash uzoq davom etgan. Ushbu kurash davomida miloddan . avvalgi 594 yilda siyosiy kurash maydoniga Salon degan tarixiy shaxs chiqqan edi. Yevpatridlardan. kelib chiqqan Salon 1-arxont qilib saylan-gach, iqtisodiy va siyosiy islohotlar o4tkazgan.

Download 202 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling