Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqlashning asosiy turlari va xossalari 6
Ho’l mevalarni qadoqlash usullari
Download 1.28 Mb.
|
Ho’l mevalarni qadoqlash usullari
Ho’l mevalarni qadoqlash usullari
Meva va sabzavotlarning sifati oziq-ovqat, mazalik va texnologik qimmatlari bilan tavsiflanadi. Ular kimyoviy va mexanik tarkibi, fizikaviy xossalari, tashqi tovarlik ko’rinishi va bu xossalarini saqlash davomida yo’qotmaslik qobiliyatiga bog’liqdir. Meva va sabzavotlarning sifatiga mahsulotning navi, agrotexnikasi, yetishtirish sharoitlari, terish muddati va usullari ham ta’sir etadi. yuqoridagi ko’rsatkichlar saqlash muddati va sharoitiga qarab ham o’zgaradi. Mahsulotning har bir partiyasidan ajratib olingan o’rtacha namuna bo’yicha meva va sabzavotlarning sifati aniqlanadi. Bir vaqtda topshirilgan yoki qabul qilingan, bir xil botanik navga ega bo’lgan va bir xil qadoqlangan har qanday miqdordagi meva-sabzavotlar partiya hisoblanadi. Xom ashyolar taralarda keltirilganda har bir transportdagi, har bir 100 dona taradan o’rtacha namuna uchun uch donadan tara ajratib olinadi. Agar avtomobilda (traktor telejkalarida) 100 donadan ortiq taralar bo’lsa, u holda har bir ortiqcha 50 donasidan yana bittadan tara olinadi. So’ngra har bir ajratib olingan idishdan (yuqorisidan, o’rtasidan va pastidan) kamida 10% meva va sabzavotlar olinadi. Ajratib olingan mahsulotlar o’zaro aralashtirilib, ulardan kamida 10 kg miqdorida o’rtacha namuna olinadi. Karam, lavlagi va sabzilar uyum holida keltirilganda, har bir uyumdan (yuqorisidan, o’rtasidan va pastidan) o’rtacha namuna olinadi: 1-jadval
* 5000 kg dan ortiq har bir tonna uchun yana qo’shimcha 5 kg dan mahsulot olinadi. Standartlarga muvofiq barcha ko’rsatkichlar bo’yicha o’rtacha namunalar tekshiriladi va analiz qilinadi (har bir mahsulot uchun alohida standart mavjud). Agar mahsulotlardagi yashirincha kamchiliklar aniqlanishi lozim bo’lsa, misol uchun piyozning bug’iz chirish kasalligini aniqlash uchun o’rtacha namunadan kamida 50 piyoz kesiladi. Standartlar yoki texnik shartlarda ko’rsatilganidek tashxis natijalari 0,1 aniqlikkacha foizlarda ifodalanadi. Barcha ko’rsatkichlarning yig’indisi 100 % ni tashkil etishi kerak. Bunda ildiz mevalarga yopishgan tuproqlar ko’rsatkichlar yig’indisiga kirmaydi. Topilgan kamchiliklar bo’yicha hisoblangan A (%) partiya standart qismining miqdorini quyidagi formula bo’yicha aniqlaymiz: , bu yerda B-partiyaning kamchiliksiz qismining miqdori, aniq ma’lumotlar bo’yicha, %; D - ruxsat etilgan kamchilikli mahsulotning yig’ma miqdori, partiya standart qismini qo’shgan holda, %. D qiymat har bir alohida ko’rsatkich uchun qo’yilgan standart me’yorlari bo’yicha hisoblanadi. Agar tekshirilgan tashxislarda kamchiliklar miqdorining qiymati me’yoridan kam bo’lsa, u holda D yig’indiga uning haqiqiy qiymati qo’shiladi. Sabzining ikki partiyasidan o’tkazilgan o’rtacha namuna tashxisining natijalari
Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling