Qadoqlash materiallari va ularning vazifalari 3 Idish va qadoqlashning asosiy turlari va xossalari 6
Partiya massasiga nisbatan ildiz meva kamchiliklaring miqdori, %
Download 1.28 Mb.
|
Ho’l mevalarni qadoqlash usullari
Agar partiyalar standartlarga muvofiq sifati bo’yicha oliy, birinchi va ikkinchi navlarga bo’linsa, u holda bu usul nostandart mahsulotlarni aniqlash uchun yaroqsizdir. Bunday holatda bir qancha murakkab hisoblarni o’tkazish lozim bo’ladi, ammo bajarish printsiplari bir xil. Sabzini sun’iy sovitiladigan omborlarda ham saqlash mumkin. Bunda mahsulot sig’imi 30-50 kg konteynerlardan yoki polietilen qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni konteynerlarda saqlash yuklash va bo’shatish ishlarini mexanizatsiyalashga imkon beradi. Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli perspektiv usul hisoblanadi. Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-95%) hosil bo’ladi va kerakli miqdorda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi, shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi. Ildizmevalar dalada handaq va maxsus omborlarda, harorat 0-2S gacha, havoning nisbiy namligi 85-95% bo’lgan sharoitda saqlanadi. SHolg’omni saqlash uchun eni 50-60 sm va chuqurligi 70-80 sm, lavlagi va turplar uchun esa sig’imi kattaroq, eni hamda chuqurligi 70-80 sm keladigan handaq qaziladi. Bunda har 3,5 m oralatib yerdan to’siq qoldiriladi. Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot omborlariga olinadi. Ildizmevalarni handaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda handaq kattaroq qilinadi eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga yetkaziladi. Maxsus omborlarda ildizmevalar ancha yaxshi saqlanadi. Bunday omborlarda ular yashiklarga va konteynerlarga solinib hamda 1,5 m qalinlikda uyulib ham saqlanadi. Sabzavot omborlarida karam maxsus tagliklarda va panjarali so’kchaklarda saqlanadi. So’kchaklarga karam boshlari 5-7 qator qilib joylanadi. Karam taxlarining 2-3 m bo’lib, ular orasida 30-40 sm masofa qoldiriladi. Karamni saqlashda 30-40 kg li konteynerlardan ham foydalanish mumkin. Karamni teshikli polietilen qoplarda ham saqlash yaxshi natija beradi. Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga ikki qator, tepasiga saqkiz-o’ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo’lak yashiklar o’rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish tavsiya etiladi. Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. Terish texnologiyasining buzilishi uning barraligi tez yo’qolishiga, burishib sarg’ayishiga va yeb bo’lmaydigan bo’lib qolishiga olib keladi. Pishib o’tib ketgan bodringning urug’i va po’sti zichlashadi, eti dag’allashadi. Bodring odatda ertalab, issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Kechki bodringni kun bo’yi terish mumkin. U yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi. Saralash va joylash ehtiyotlik bilan salqin binolarda o’tkaziladi. Bodringni saqlashda havo haroratini pasaytirish tavsiya etilmaydi. Past haroratda bodringda kechadigan fiziologik jarayonlar buziladi va natijada uning sifati pasayadi. Bodringni polietilen qoplarga solib saqlash yaxshi natija beradi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling