Qadriyatlar qadr topgan yurt
Download 31.58 Kb.
|
Qadriyatlar qadr topgan yurt
Qadriyatlar qadr topgan yurt Har bir xalqning milliy qadriyatlarini uning tarixi, maʼnaviyati, madaniyati, o‘ziga xos urf-odatlari, anʼanalarisiz tasavvur qilish qiyin. “Qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat neʼmatlari, hodisalari majmuini tushunmog‘imiz lozim”. “Qadriyatlar – jamiyatda kishilar o‘rtasida obro‘ga, eʼtiborga, hurmatga, nufuzga ega kishilar, munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va maʼnaviy boyliklar majmuasi”. “Qadriyat inson va jamiyat maʼnaviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha”. “Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-maʼnaviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha”, - degan taʼriflar berilgan. Bu esa, o‘z navbatida, qadriyatlarning ahamiyatini ko‘rsatmoqda. Milliy qadriyatlar – millat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq xoslik shaklidir. Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, maʼnaviyati, madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda milliy qadriyatlarga eʼtibor kuchaydi. Bu ona yurtga ehtirom, avlod-ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Qadriyatlarni faqat moddiy va maʼnaviy boyliklar sifatida tushunish, izohlash ilmiy jihatdan to‘g‘ri emas. Maʼlumki, qadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra xilma-xildir. Ular orasida tabiiy, moddiy, maʼnaviy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qadriyatlar alohida ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, qadriyatlarning eng oliysi insonning o‘zi, hayoti, huquqi va erki, sog‘lom va farovon turmushi hisoblanadi. Inson qadr-qimmatini, sharafini ulug‘lash jamiyatimiz poklanishi va ravnaqining muhim omilidir. Shu o‘rinda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar asosida davlat idoralari xodimlarining uyma-uy yurib, xalq dardini tinglash, og‘irini yengil qilish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. G‘ulomxon G‘ofurov milliy anʼanalarga bag‘ishlangan maqolalaridan birida milliy qadriyatlarning quyidagi ko‘rinishlarini tilga olgan: 1) tabiiy qadriyatlar; 2) iqtisodiy qadriyatlar; 3) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; 4) maʼnaviy qadriyatlar; 5) axloqiy qadriyatlar. Jumladan, “Ota-bobolarimiz ilm o‘rgatish bilan birga farzandlarimizga avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy-maʼnaviy, axloqiy qadriyatlarni singdirganlar.”; “O‘zbeklarning aksariyati yaqin odamlarning, qo‘shnilarning omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi maʼnaviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”; “Iqtisodiy qadriyat iqtisodiy munosabatlar jarayonida shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatlarni hisobga olish, halollik, poklik, bag‘rikenglik, ishonchlilik kabi fazilatlarning amal qilinishini anglatadigan tushuncha”. Shu o‘rinda qo‘ni-qo‘shnichilik qadriyatini misol qilib keltirsak, unda qo‘shnilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, xabar olish va moddiy yordam berish milliy qadriyat sifatida birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Maʼnaviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar hayotiy qadriyatlarning eng muhim omillari sifatida keltirilgan. Har bir qadriyatning mohiyati va ahamiyati tabiat, jamiyat va ruhiy olam hodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va maʼnaviy taraqqiyotga taʼsir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi. Keyingi vaqtlarda tarbiya masalasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz qatori oilada, maktab va jamoat tashkilotlarida milliy, umuminsoniy qadriyatlarning, anʼanalarning ustuvorligiga erishildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda barchamizga kuch-g‘ayrat bag‘ishlamoqda. Safo Ochil o‘zining “Mustaqillik va tarbiya masalalari” nomli risolasida “Milliy qadriyatlar ota-bobolardan bizgacha yetib kelgan udumlar: Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, Navro‘z, urug‘-don ekish va hosil bayramlari, beshik to‘yi, sunnat to‘yi, o‘g‘il uylantirish va qiz chiqarish bilan bog‘liq to‘ylar, uy-joy to‘yi, qazo bilan bog‘liq turli maʼraka-marosimlar, shuningdek, xalqning har xil anʼanalari – hashar, ota-onalarga hurmat, yoshlarga izzat, qariyalarga muruvvat, milliy odob-axloq meʼyorlariga amal qilish, ilm olish, oila mustahkamligiga erishish, ustozlar qadriga yetish, vafot etganlar qabrini ziyorat etish, xalqqa muhabbat, Vatanni sevish va ardoqlash, askarlikka o‘z ixtiyori bilan borish, baynalmilalchi bo‘lish, muloyim va shirinsuxanlik va shu kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi”. Milliy qadriyatlarning asosi bo‘lgan maʼnaviyat va madaniyat deganda, inson xulq-atvorining go‘zalligi, saxovatliligi, oliyjanobligi, vaʼdasiga vafodorligi, hayoliligi, bilim olishi, donoligi, bag‘rikengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi, qalbining beg‘uborligi, xushmuomalaligi va shu singari insoniy hislatlar tushuniladi. Ota-ona o‘z farzandlari bilan bevosita va bilvosita muloqotda bo‘lib, ularni maʼnan oziqlantirar ekan, eng avvalo, o‘zlari o‘zaro muomala jarayonida namuna bo‘lishlari hamda farzandlarini ko‘proq tinglab, nutqiy layoqatini oshirishga harakat qilishlari so‘ngra o‘z fikrlarini axloq meʼyorlariga rioya qilgan holda suhbatga oid hikmatlar, maqollar, hayotiy misollardan keltirib tushuntirishlari juda muhimdir. Taʼkidlash joizki, diqqat va mahorat bilan eshitish odobi va malakasiga “mahorat bilan eshitish” bilimlarini mustahkamlash orqaligina ega bo‘lish mumkin. Аlbatta, ijtimoiy hayot davomida oilada ota-ona va bola o‘rtasida turli voqea va hodisalar, tushunmovchiliklar bo‘ladi. Insonning eng sof tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oilada ota-onaning qalb qo‘ridan chiqadigan mehr-muhabbati, shirin so‘zi orqali shakllanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan maʼnaviy mezon va qarashlar – ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat va or-nomus kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila muhitida qaror topadi. Shunday ekan, oilada nojo‘ya ish qilib qo‘ygan bola yig‘laganda ona yoki ota do‘q urib, “Hoziroq yig‘ini to‘xtat!”, deb qattiq gapirishi yaramaydi. Chunki, bola noto‘g‘ri yoki ayb ish qilganini o‘zi ham anglagan va qo‘rqib ketganidan yig‘lab yuborgan bo‘lishi mumkin. Bu holatda ota yoki ona bolani bag‘riga bosib, tinchlantirib, unga ehtiyot bo‘lish kerakligini aytishining o‘zi kifoya. Аksincha, ota-ona o‘zidan itarib, uni jazolab, qo‘pol muomalada bo‘lsa, bola “stress” yoki “shok” holatiga tushib, uning nutqiga, fikrlashiga, eshitish, xulosa chiqarish qobiliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘p hollarda kechki payt yoki nonushtadan oldin farzandlar ota-onaga murojaat qilganlarida ular bolani oxirigacha tinglamay, “hozir vaqtim yo‘q”, “shoshib turibman”, “xalaqit berma” kabi fikriy ehtiyojini qoniqtirmaydigan javoblar beradilar. Bunday munosabat bolaga salbiy taʼsir ko‘rsatibgina qolmay, undagi ijodkorlikni, tashabbuskorlikni so‘ndiradi, oila aʼzolari bilan maslahatlashish kabi odatlarning susayishiga olib keladi. Yuqoridagi vaziyatlardan uzoqroq bo‘lib risoladagidek munosabatlarni shakllantirishda ajdodlarimizdan bizga meros qolgan axloqiy, maʼnaviy, madaniy qadriyatlarni bilish, o‘rganish va hayotda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shu o‘rinda Yusuf Xos Hojibning “Kishi uchun juda kerakli bo‘lgan ikki aʼzo bor: biri – til, boshqasi – yurak. Til so‘z uchun, yurak, ko‘ngil esa shu so‘zdan lazzatlanishi uchun berilgan”, degan fikri ota-onalarni va yoshlarni go‘zal, chiroyli so‘zlaydigan, maʼnaviy barkamol, yuksak odob va ilm egasi bo‘lishlarida qo‘l keladi. Insoniyat paydo bo‘lishi bilan uning tili, urf-odatlari, anʼanalari, dini, madaniyati, ezgulikni ifodalovchi axloqiy fazilatlari vujudga kela boshlagan. Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, maʼnaviyati, madaniyati, turmush tarzi, o‘y-xayollari aks etgan. Milliy qadriyat – millatning tarixi, yashash tarzi, maʼnaviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Qadriyat atamasi arabcha “qadr” so‘zidan olingan bo‘lib, qimmatli, foydali degan maʼnoni anglatadi. Qadriyat – bu tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan moddiy-madaniy, maʼnaviy omillar yig‘indisidir. Bizning mentalitetimizga xos bo‘lgan milliy qadriyatlardan andisha, sabr-toqat, vazminlik, mulozamat, sertakalluflik, keksalarga hurmat-ehtirom, ijtimoiy hayotda bosiqlik qon-qonimizga singib ketgan. Biz yuqorida taʼkidlaganimizdek, o‘zbek xalqi milliy, maʼnaviy qadriyatlar va axloqodobga bag‘ishlangan maxsus teran taʼlimotlarning merosxo‘ridir. Jumladan, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Аhmad Yugnakiyning “Hibbat ul-xaqoyiq” asarlari, Kaykovusning “Qobusnoma”, Burhoniddin Marg‘inoniyning yetti kitobdan iborat “Hidoya”, Husayn Voiz Koshifiyning “Аxloqi Muhsiniy” nomli odob-axloq meʼyorlarini batafsil yoritib bergan asarlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini, dolzarbligini yo‘qotmagan. B.Ziyomuhammadov o‘zining “Komillikka eltuvchi kitob” asarida “Qadriyat” so‘ziga quyidagicha taʼrif beradi: “Kishini qurshab turgan cheksiz ko‘p narsa va hodisalar, shu jumladan, milliy maʼnaviyat ichidan ham, muayyan shaxs yoki ijtimoiy guruh yo konkret bir millat yoxud butun insoniyat uchun alohida ahamiyatga, qadrga ega bo‘lganlarini qadriyat deyiladi. “Moddiy qadriyatlar – kishilar moddiy ehtiyojlarini qondirib, o‘ziga xos xususiyati va shakllariga ko‘ra odamlarda alohida his-tuyg‘u uyg‘otuvchi moddiy narsalarga aytiladi. Ularga buyuk inshootlar, bog‘ va xiyobonlar, antiqa uy-ro‘zg‘or buyumlari, tarixiy qimmatga ega bo‘lgan uy anjomlari, qurol-yarog‘, oziq-ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash narsalar kiradi. Qadriyatlar – umumbashariy, milliy va shaxsiy bo‘lishi mumkin: 1) Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, umumbashariy abadiy qadriyatlardir; 2) Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalari, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir; 3) Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, go‘zalligi bilan bog‘liq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. X. Qodirova o‘zining “Milliy qadriyatlar va maʼnaviy merosning jamiyat hayotidagi o‘rni” nomli maqolasida: “O‘zbekiston xalqi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga tayanadi. Bularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. Milliy qadriyatlar quyidagilardan iborat, deb quyidagilarni sanaydi: 1. Xalqimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash ruhining ustuvorligi; 2. Xalq ongida ustuvor bo‘lgan fikr – do‘st va yaxshi qo‘shni bo‘lib, tinchlik va totuvlikda, yaqindan hamkorlikda yashash; 3. Oila, mahalla, el-yurt, Vatan tushunchalarini muqaddas bilish; 4. Ota-ona, mahalla jamoalariga, rahbarlarga yuksak hurmat-eʼtibor ko‘rsatish, butun jamiyatni hurmat qilish; 5. Millatning o‘lmas ruhi, millat maʼnaviyatining hayotbaxsh manbai sifatida ona tiliga muhabbat uyg‘otish, uni sevish; 6. Kattalarga hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat-eʼtibor, degan qoidaga amal qilish; 7. Аyol zotiga ehtirom ko‘rsatish, yaʼni, muhabbat, go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan ayolni qadrlash; 8. Sabr-toqat va mehnatsevarlik; 9. Halollik, mehr-oqibatni nazarda tutadi. Bir qator olimlar tomonidan yozilgan “Shaxs maʼnaviyatini shakllantirish omillari va vositalari” nomli kitobda O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirish yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi: 1. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 2. Xalqimiz maʼnaviy saviyasini mustahkamlash va rivojlantirish; 3. Insonni o‘z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi 4. Vatanparvarlik, insonparvarlik, tolerantlik, – deb qayd etilgani ham aynan milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyaviy ishlarni yoshlar o‘rtasida olib borishda ko‘proq qanday yo‘nalishlarga eʼtibor qaratish va targ‘ibot ishlarida mahalla, oila, jamoat, tarbiyaviy muassasalarning o‘rnini kuchaytirish zarurligini ko‘rish mumkin. Mualliflar qadriyatlar va ularning turlariga quyidagicha yondoshganlar: • Oilaviy qadriyat – bir oila uchun maʼlum bir maʼnaviyat turi (masalan, tug‘ilgan kunni nishonlash); • Milliy qadriyat – millatning asrlar mobaynida yaratgan maʼnaviy boyliklari, noyob tarixiy obidalarini avaylab-asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish, rivojlantirish, hurmat bilan munosabatda bo‘lish, hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish, maʼnaviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; • Jamoa qadriyati – maʼlum bir mahallada, qishloqda, mehnat jamoasida biron ijtimoiy hodisa (ommaviy tadbirlar, masalan, hashar) urf bo‘lgan; • Umuminsoniy qadriyat – jahon xalqlari uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi, insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keluvchi moddiy va madaniy hamda mezonlar majmuasi maqsad va intilishlarini o‘zida ifoda etadi. Umuminsoniy qadriyatlar va milliy maʼnaviyat, o‘z navbatida, Islom xalqlari maʼnaviyati, Hindiston xalqlari maʼnaviyati, Yevropa xalqlari maʼnaviyati, Sharq xalqlari maʼnaviyati yo‘nalishlari quyidagicha yoritilgan; • Islom xalqlari maʼnaviyati – arab xalqlari, forsiyzabon xalqlar, turkiy xalqlar; • Yevropa xalqlari maʼnaviyati – rus, ingliz, frantsuz maʼnaviyati va hokazolar; • Hindiston xalqlari maʼnaviyati – oriy xalqlar maʼnaviyati, dravid xalqlari maʼnaviyati; • Sharq xalqlari maʼnaviyati – yapon maʼnaviyati, xitoy maʼnaviyati. Qadriyatlarning xilma-xil shakllari, moddiy, maʼnaviy, milliy, mintaqaviy, umumbashariy, jamiyat hayotining sohalari bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ijtimoiy ong shakllariga mos keladigan axloqiy, diniy, huquqiy, va boshqalar. Jumladan, milliy qadriyat – millatning tarixi, yashash tarzi, maʼnaviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar – jahon xalqlari uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi insoniyatning umumiy manfaatlariga mos keluvchi moddiy va madaniy hamda mezonlar majmuasi maqsad va intilishlarini o‘zida ifoda etadi. Bugungi kunda yurtimizda azaliy qadriyatlarni tiklash, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy sohani yanada yaxshilash maqsadida bir qator tizmli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yorqin dalili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Famoni bilan tasdiqlangan “2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Dаvlаt Dаsturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur Davlat dasturi quyidagi 7 yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish surʼatlarini taʼminlash; Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish; 2022-yilgi Davlat dasturi jami 398 ta banddan iborat bo‘lib, birinchi yo‘nalishda – 45 ta, ikkinchi yo‘nalishda – 24 ta, uchinchi yo‘nalishda – 128 ta, to‘rtinchi yo‘nalishda – 59 ta, beshinchi yo‘nalishda – 29 ta, oltinchi yo‘nalishda – 38 ta, yettinchi yo‘nalishda – 75 ta bandni o‘z ichiga qamrab olgan. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 55 trln. so‘m va 11,7 mlrd. АQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan. 2026-yilgacha ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to‘liq qamrab olinadi. 2022-yil 1-apreldan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4-sinf o‘quvchilari bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan taʼminlanadi. 2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigacha oshiriladi. Download 31.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling