Qahramonova Madinabonuning "Boshlang'ich ta'limda tarbiya"


-o’quvchilarning axloqiy e’tiqodini hosil qilish, ma’naviy qiyofani shakllantirish, komil inson tarbiyasi talablari va normalarini anglashga o’rgatish


Download 27.97 Kb.
bet5/11
Sana03.12.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1799178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`quvchilarda mustaqillikni shakllantirish tarbiya jarayoni samaradorligi omili sifatida Qahramonova Madinabonu

-o’quvchilarning axloqiy e’tiqodini hosil qilish, ma’naviy qiyofani shakllantirish, komil inson tarbiyasi talablari va normalarini anglashga o’rgatish;

-kattalarga hurmat, tengdoshlari bilan o’rtoqlik-do’stlik, yosh bolalarga , bemorlar, nogironlarga, qariyalarga g’amxo’rlik qilish xislatlarini tarbiyalash;

-mehnatga, o’z kasbiga muhabbat hissini o’stirish, intizomli bo’lish, ijtimoiy mulkka yangicha munosabatni tarbiyalash;

-elim deb, yurtim deb -yonib yashash, o’z shaxsiy manfaatini jamoa manfaatidan ustun ko’rmaslik, o’zining butun kuch qudrati-ni umum ishiga bag’ishlash tuyg’usini tarbiyalash;

-mehnatda va o’qishda printsipiallik, qat’iylik, matonat, haqqoniylik, halollik, ishda ijodkorlik, insonparvarlik, yuksak vatanparvarlik, qat’iy jasorat, har qanday qiyinchi-liklardan qo’rqmaslik hislarini tarbiyalash;

-jamiyat tomonidan qabul qilingan qonun va qoidalarni ongli suratda bajarish, axloq-odob qoidalariga ongli suratda

-bo’ysunishga o’rgatish va hokazolar.

Ma’naviy - axloqiy tarbiyaning mohiyatn va mazmuni.

O’tmish mutafakkirlarining ma’naviy - axloqiy tarbiya haqida-gi pedagogik g’oyalari.

Ma’naviy - axloqiy tarbiyani amalga oshirish yo’llari, usul-lari hamda vositalari.

Ma’naviyat - bu arabcha so’z bo’lib, biror narsa yoki xodisaning tub ma’nosini, mohiyatini, mazmunini anglab etishdir. Ma’naviyat - mantiq (logika) fani bilan talqin etilganda, u keng, ya’ni jins tushuncha bo’lib, uni qamrab olgan tur tushunchalar mavjud.

Maktabda o’quvchi - yoshlarga beriladigan ma’naviy - axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, vazifalari yoshlarda yaxshi ma’naviy sifatlar, tajribalar hosil qilish, ularni axloqiy normalari va qoidalari to’g’risidagi dastlabki bilimlar bilan qurollantirish, axloqiy xislatlar va xulqiy fazilatlarni rivojlantirish, hamda ularda yoqimli xatti - harakat ko’nikmalari va odatlarini vujudga keltirish va tarbiyalashdir.YOshlarning ma’naviy - axlokiy tarbiyasi haqida SHarq va Markaziy Osiyo mutafakkirlari bitmas - tuganmas pedagogik g’oyalarni meros qoldirganlar: Bahouddin Naqshbandiy, Imom al Buxoriy, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al Forobiy, Az Zamaxshariy, Al Farg’oniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil, Nosir Xisrav, X.SHeroziy, Muqimiy, Furqat va boshqalarning odob-axloq sohasidagi ibratli g’oyalari yoshlarimizni ma’naviy etuk, axloqan pok, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashda katta peda-gogik ahamiyat kasb etadi.


Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling