Nav.D.P.I
,,Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim"fakulteti
,,Boshlang`ich ta'lim "yo`nalishi
1-kurs,,V" guruh talabasi
Qahramonova Madinabonuning
“Boshlang'ich ta'limda tarbiya”
fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
O'qituvchi: Kazbekova Fariza Po'latovna
REJA REJA - Ma’naviy – ahloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni;
- Axloq - ijtimoiy ong;
- Axloq, odob va uning normalari haqida umumiy-nazariy tushuncha;
- O’tmish mutafakkirlarining ma’naviy – ahloqiy tarbiya haqidagi pedagogik g’oyalari;
- Ma’naviy – ahloqiy tarbiyani amalga oshirish yo’llari, usullari hamda vositalari;
- Hozirigi kunda shaxsiy ma’naviy – ahloqiy kamol topish va shakllantirishda ularning ahmiyati.
Mavzu: O`quvchilarda mustaqillikni shakllantirish tarbiya jarayoni samaradorligi omili sifatida
Ma’naviy-axloqiy tarbiya mohiyati, asosiy tushunchalari. Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. Shu bois mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy — axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular: -umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; -xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; -insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik. Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotinigina emas, balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Ma’naviyat sohasida ijobiy echimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: «Bu sohadagi asosiy vazifamiz — milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. ... Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi — iymon — e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs — komil insonni tarbiyalashdan iborat».
Do'stlaringiz bilan baham: |