Qahramonova Madinabonuning "Boshlang'ich ta'limda tarbiya"


Download 27.97 Kb.
bet6/11
Sana03.12.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1799178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`quvchilarda mustaqillikni shakllantirish tarbiya jarayoni samaradorligi omili sifatida Qahramonova Madinabonu

Maktabda o’quvchi - yoshlarga beriladigan ma’naviy - axloqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, vazifalari yoshlarda yaxshi ma’naviy sifatlar, tajribalar hosil qilish, ularni axloqiy normalari va qoidalari to’g’risidagi dastlabki bilimlar bilan qurollantirish, axloqiy xislatlar va xulqiy fazilatlarni rivojlantirish, hamda ularda yoqimli xatti - harakat ko’nikmalari va odatlarini vujudga keltirish va tarbiyalashdir.YOshlarning ma’naviy - axlokiy tarbiyasi haqida SHarq va Markaziy Osiyo mutafakkirlari bitmas - tuganmas pedagogik g’oyalarni meros qoldirganlar: Bahouddin Naqshbandiy, Imom al Buxoriy, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al Forobiy, Az Zamaxshariy, Al Farg’oniy, A.Jomiy, A.Navoiy, Rudakiy, Firdavsiy, Bedil, Nosir Xisrav, X.SHeroziy, Muqimiy, Furqat va boshqalarning odob-axloq sohasidagi ibratli g’oyalari yoshlarimizni ma’naviy etuk, axloqan pok, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashda katta peda-gogik ahamiyat kasb etadi.

Masalan, Al Buxoriy o’zining bir hadisi sharifida bunday deydi: «Yurtning obodonchiligi, fuqarolarining to’kliga 4 ta narsada namoyon bo’ladi: amaldorlarining odil bo’lishi; olim va ulamolarning ilmli bo’lishi; boylarning sahovatli, muruvvatli bo’lishi; fuqarolarining esa, duogo’y bo’lishidadir». So’z mulkining sultoni A.Navoiy ham kambag’al nochorlar, miskinlarga muruvvatli bo’lish haqida o’zining ko’p asarlarida juda ko’p va xo’b fikrlarni bayon qilgan: «YUz yil osmonda dabdabali chaqmoq bo’lgandan ko’ra, erda bir tutam olov bo’lib, biror bir beva ayolning qozonini qagshatish - qirq yil quruq toat - ibodatdan afzaldir,» - deb ta’kidlagan edi.



Ma’naviy-axloqiy tarbiya vazifalari
O’quvchilarda ma’naviy-ahloqiy ongni shaklantirish
Ularda ma’naviy-ahloqiy his tuyg’ularni tarbiyalash va rivojlantirish
O’quvchilarda ma’naviy-ahloqiy hulq-atvor ko’nikma va odatlarni tarkib toptirish

U, o’zining «Hayratul abror», «Mahbub ul qulub» asarlarida oila qurish, oilada farzandli bo’lish va farzandni tarbiyalash hamda uni voyaga etkazishda ota - onalarning o’z farzandlari oldida uchta muqaddas burchi bor: birinchisi farzand dunyoga kel-gandan so’ng uning jismiga monand yaxshi, chiroyli ism qo’yish, ikkinchisi o’g’il bola bo’lsa, to’g’ri tarbiyalash, uchinchisi o’g’il bola bo’lsa, tengini topib uylantirish, qiz bola bo’lsa, tengini topib uzatishdir. SHoirning fikricha, shundan so’ng ota - onaning far-zand oldidagi burchi ado etilib, endi farzand umr bo’yi ota -onadan qarz va ota - onani hurmat qilishi, ularning izmidan chiqmasligi, butun vujudini ota - onaga bag’ishlashi zarur.


Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling