Qahramonova Madinabonuning "Boshlang'ich ta'limda tarbiya"


Download 27.97 Kb.
bet7/11
Sana03.12.2023
Hajmi27.97 Kb.
#1799178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O`quvchilarda mustaqillikni shakllantirish tarbiya jarayoni samaradorligi omili sifatida Qahramonova Madinabonu

U, o’zining «Hayratul abror», «Mahbub ul qulub» asarlarida oila qurish, oilada farzandli bo’lish va farzandni tarbiyalash hamda uni voyaga etkazishda ota - onalarning o’z farzandlari oldida uchta muqaddas burchi bor: birinchisi farzand dunyoga kel-gandan so’ng uning jismiga monand yaxshi, chiroyli ism qo’yish, ikkinchisi o’g’il bola bo’lsa, to’g’ri tarbiyalash, uchinchisi o’g’il bola bo’lsa, tengini topib uylantirish, qiz bola bo’lsa, tengini topib uzatishdir. SHoirning fikricha, shundan so’ng ota - onaning far-zand oldidagi burchi ado etilib, endi farzand umr bo’yi ota -onadan qarz va ota - onani hurmat qilishi, ularning izmidan chiqmasligi, butun vujudini ota - onaga bag’ishlashi zarur.

Sрarq Aristoteli deb nom olgan Abu Nasr Forobiy o’zining "Fozil odamlar shahri» nomli asarida insoniyatni ulug’lab bun-day deb yozgan edi: «Odamlarga nisbatan ularni birlashtiruvchi boshlang’ich asos, - deb yozadi u, - insoniylikdir".

Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino o’zining «Donishnoma» asarida: «Bola olti yoshga etgach, uni muallimga topshiriladi, - degan edi u, - ta’lim asta - sekinlik bilan berilishi kerak. Uni birdaniga kitobga bog’lab qo’ymaslik kerak».

Ibn Sino kishilarni ehtiyotkorlikka chaqirib: «Siringni ko’chaga aytishdan ehtiyot bo’l, chunki aklli bo’lish degan so’z ehtiyotkor bo’lish degan so’zdir. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir, barchaga oshkora qilsang, sen siringni «asiri» bo’lib qolasan! ...». YUsuf Xos Xojibning «Kutadg’u bilig», Ahmad YUgnakiyning «Xibatul - haqoyiq», Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’oti turk», Navoiyning «Xamsa», A.Jomiyning «Bahoriston», SH.Sa’diyning «Guliston va Bo’ston» asarlarida ma’naviyat, axloq - odob masalalari yaxshi yoritilgan.

-Faylasuf olimlar axloqni uchta qismga bo’ladilar.

-Faylasuf olimlar axloqni uchta qismga bo’ladilar.

-Feodal aristokratiya axloqi.

-Burjuaziya axloqi.

-Ishchilar sinfi axloqi.

-Bu uch xil axloq o’z navbatida uch xil intizomga asoslanadi.


Download 27.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling