Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana09.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#39
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29

sodiy bilim asoslari“ kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular
bo‘yicha o‘quv dasturlari va darsliklar yaratildi. 2002—2003-
o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya’ni 1—
9- sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosida olib borildi. Hukumat o‘quvchilarni darsliklar bilan
ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda „Maktab
kutubxona jamg‘armasi“ tashkil etilib, o‘quvchilar ijara usulida
darsliklar bilan ta’minlanmoqda. 2001- yilda davlat budjeti hiso-
bidan „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ga 1923 mln so‘m ajra-
tilgan bo‘lsa, 2002- yilda 6520 mln so‘m ajratildi. Har yili 600
ming nafardan ziyod birinchi sinf o‘quvchilari Prezident
sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’min-
lanadi.
Prizedent farmoni (2004-yil 19- fevral) va Vazirlar Mahka-
masining qarori (2004- yil 9- iyul) asosida maktab ta‘limini
rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Das-
turga binoan 2004—2009- yillarda buzib tashlanadigan
umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish,
maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mir-
lash tadbirlari ishlab chiqildi. Shuningdek, dasturda umumta’lim
maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
Kasb-hunar kolleji binosi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 1 9
rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya usku-
nalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash, darsliklar va
o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash,
o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshi-
rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish tadbir-
lari aniq belgilab berildi.
2005—2006 yillarda 116 ta yangi maktab qurilib, 669 maktab
kapital rekonstryktsiya qilindi, 1290 maktab ta’mirlandi,
bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga topshirildi.
2000—2001- o‘quv yilida respublikamizda 9661 umumta’lim
maktablarida 45 mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 6
millionga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbe-
kistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik
bilan amalga oshirilmoqda. 1998—2006- yillarda 79 ta akademik
litsey va 882 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Kollej va litseylar
uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim
jarayoniga joriy etildi, asosiy darsliklar yaratildi. 2000—2006-
yillarda kollej va litseylarda 600 ming nafar malakali yosh
kadrlar tayyorlandi. „Ustoz“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan
litsey va kollejlarning 700 o‘qituvchisi chet ellardagi nufuzli
universitetlarda o‘z malakasini oshirib keldi.
Oliy ta’lim ikki bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan
iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda Òoshkent islom univer-
siteti tashkil etildi. 2005—2006- o‘quv yilida 62 ta oliy o‘quv
Kompyuter xonasida.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 0
yurtida 250 ming nafardan ortiq bo‘lajak bakalavr va  magis-
trantlar ta’lim-tarbiya oldilar. 18486 nafar professor-o‘qituv-
chilar mehnat qildilar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201
nafari fan nomzodidir. 1998—2001- yillarda 131 ta bakalavriat
yo‘nalishi, 664 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bakala-
vr va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mu-
jassamlashtirgan davlat ta’lim standartlari, ularga mos o‘quv
dasturlari, o‘quv adabiyotlari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy
etildi. 2002-yilda 35620 talaba bakalavr, 3000 tasi magistr
unvonini oldi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga
ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati olib
borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy
dasturda belgilangan muhim vazifalardan biridir. 1997-yilda
tashkil etilgan „Umid“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997—
2001-yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy
o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi. Ulardan 519 nafari
o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil
etilgan Maxsus ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar,
idoralar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar. Òoshkentda
2002- yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda
Moskva davlat universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-
gaz universitetining filiali tashkil etildi.
Òa’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi,
Germaniyadagi Òexnika hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi
JAYKO xalqaro tashkiloti, Koreyaning KOYKA agentligi,
YUNESKO, Jahon banki, ÒASIS-ÒEMPUS ochiq jamiyat
instituti, AQSH, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Daniya, Xi-
toy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi kengay-
ib bormoqda. Òa’lim ravnaqi uchun 150 mln. AQSH dollari
hajmida chet el investitsiyalari jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining
yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jamg‘armasi
yo‘llanmasi bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda
bo‘lib qaytdilar.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida katta qiziqish
uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar aka-
demiyasi Prezidenti V.Shukshinov Prezidentimiz Islom Kari-
movga „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning tashabbuskori va
tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi dip-
lomini topshirar ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy
dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 1
ta’rifladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda
yaratilayotgan ta’lim tizimi „Òa’limning o‘zbek modeli“ deb
e’tirof etildi.
Mustaqil respublikamizda fan taraq-
qiyotiga katta e’tibor berilmoqda. O‘z-
bekiston Respublikasi Prezidenti-
ning1992- yil 8- iyuldagi „Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ri-
sida“gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur far-
monning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan qarori ilm-fan
taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar
akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda
targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil
etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar
akademiyasi qayta tiklandi.
Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta
akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq muassasalaridan iborat.
Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot instituti, 55 tasi oliy o‘quv
yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32
tasi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental korxon-
alari, 30 tasi axborot-hisoblash markazlaridir. Fan sohasida 46
mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va 16,1 ming
fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
O‘zbekistonlik olimlarning matematika, ehtimollar naza-
riyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, infor-
matika va hisoblash texnikasi, astronomiya, geologiya, seysmo-
logiya, genetika, biotexnologiya, kimyo,  fizika, ekologiya, tarix,
arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktablari,
tadqiqot natijasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlari jahon
ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi. Respublika olimlari
ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyot-
lari yaratishdek dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar.
Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodi-
yot, badiiy adabiyot sinfiylik, par-
tiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik
kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabi-
yotda milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy
qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi.
Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama
barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurt-
doshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish kabi
Fan
Badiiy adabiyot
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 2
masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi. Jadidchilik harakati
namoyandalarining, sovet davrida qatag‘on qilingan millat-
parvar yozuvchi va shoirlarning asarlari, Qur’on va hadislar
nashr etildi va keng kitobxonlarga yetib bordi. Milliy adabiyot
rivojiga H. S. Karomatovning „Qur’on va o‘zbek adabiyoti“, O.
Sharafiddinovning „Cho‘lponni anglash“, B. Qosimovning
„Maslakdoshlar“ asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Abdulla  Oripov,  Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid
Davron, Òo‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman,
pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir
Òemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va
boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi
nazardan yoritildi.
Shukrulloning „Kafansiz ko‘milganlar“ romanida, To‘lep-
bergen Qayipbergenovning „U dunyoga, bobomga  xat“
asarida,  Nazar Eshonqulovning „Qora kitob“ povestida,
O‘tkir Hoshimovning „Òushda kechgan umrlar“ romanida,
Xudoyberdi Òo‘xtaboyevning „Qasoskorning oltin boshi“
romanida, Oygul Muhammad qizining „Jannat qushi“ romani-
da, Òog‘ay Murodning „Otamdan qolgan dalalar“ romanida
mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning
qatag‘onlik, zo‘ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga
solingan tashvish-u kulfatlar, g‘am-g‘ussa alamlari tasvirlangan.
Òohir Malikning „Shaytanat“ (4 kitob), Hojiakbar Shay-
xovning „Òutash olamlar“ asarlarida  insonni iymon va vijdondan
ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi
yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga
nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon Muxtorning „Òo‘rt tomon qibla“ nomli trilogiyasi,
Barat Boyqobulovning „O‘zbeknoma“ tarixiy-falsafiy va
ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning „Biz
kim, o‘zbeklar“ asari, Azim Suyunning „Oq va qora“, A. Qut-
biddinning „Izohsiz lug‘at“ she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyo-
tining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti, respublika huku-
mati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy
unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla
Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov,
To‘lepbergen Qayipbergenovlar mamlakatimizning oliy muko-
foti — „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlandilar.
Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar
uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 3
Mustaqillik yillarida amalga oshirila-
yotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar
jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.
1993-yilda foydalanishga topshirilgan „Òurkiston“ saroyi Va-
tanimizning va xorijlik atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruh-
larning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi.
Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar
teatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va
bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi „O‘zbe-
kistonda teatr va musiqa san’atini yanada  rivojlantirishni qo‘l-
lab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida“gi, 1998- yil 26- martdagi „O‘zbekistonda teatr san’atini
rivojlantirish  to‘g‘risida“gi farmonlari asosida teatrlar davlat
budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan
Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari
uyushmasi qoshida 1998-yilda „O‘zbekteatr“ ijodiy-ishlab
chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga
xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi,
milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi
spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda,
teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda,
ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi.
„O‘zbekteatr“ birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turda-
gi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish davri qiyinchilikla-
riga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Òeatr binolari ta’mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Alisher
Navoiy nomli davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya
tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln  iyen (1500 ming
AQSH dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi.
Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda.
Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘r-
satmoqda.
1996- yilda Òoshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri
tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi.
Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talab-
lari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi
va o‘zining 64- teatr mavsumini yangi binoda boshladi.
2001- yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea
sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri bi-
nosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr
Òeatr
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 4
uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001- yil 21- sentabrda
Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi,
O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali
yoritishga alohida e’tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va
Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari „Sohibqiron“,
Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri „Jaloliddin
Manguberdi“, Abror Hidoyatov nomli O‘zbek davlat teatri
„Buyuk ipak yo‘li“ kabi tarixiy dramalarni sahnaga  qo‘ydi.
O‘zbekistonda Respublika va xalqaro teatr festivallari bo‘lib
o‘tdi. 1992-yil mart—aprel oylarida bo‘lib o‘tgan „Navro‘z“
mintaqaviy festivalda Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlarining
eng yaxshi sahna asarlari namoyish etildi. 1997-yil oktabrda
Òoshkentda bo‘lib o‘tgan „Òeatr: Sharq-G‘arb“ xalqaro festival-
da Yaponiya, Hindiston, Syangan, Òurkiya, Rossiya, Buyuk
Britaniya teatr san’atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Òemur
tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan festivalda O‘zbekiston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy
sahna asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Ger-
maniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSH, Belgiya,
Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishti-
rok etdilar.
Òeatr san’atining rivojiga, iste’dodli aktyorlarni izlab topi-
shiga talabalarning „Nihol“ respublika festivali, „aktyor
mahorati“ festivallari, yoshlar teatrlarining „Humo“ festivallari
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ay-
niqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ular ongiga milliy is-
tiqlol g‘oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchay-
tirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida kino san’ati ham
rivojlandi. Kino san’atining ijodkor
ustalari — Shuhrat Abbosov, Yo‘l-
dosh A’zamov, Elyor Eshmuha-
medov, Ali Hamrayev, Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev,
Sharof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yara-
tish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish
sharoitida xususiy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda
Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi „Fayzifilm“
ro‘yxatga olindi.  1996- yilda „O‘zbekfilm“ tasarrufida 8 ta studi-
ya, shuningdek 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat
yuritdi.
Kino va tasviriy
san’at
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 5
1996- yil 29- aprelda e’lon qilingan „O‘zbekkino davlat ak-
sionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni
milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Farmon-
ning ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahka-
masi „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasini tashkil
etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida“ qaror qabul qildi.
Qarorga binoan „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasi
tuzildi. Mazkur kompaniya Davlat mulk qo‘mitasi, Òashqi iqti-
sodiy aloqalar vazirligi, Òashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki
tomonidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. „O‘zbek-
kino“ kompaniyasi qoshida Respublika kino arboblari ijodiy
assotsiatsiyasi ta’sis etildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat
budjetidan ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000- yilgacha
saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari uchun xorijiy
kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini
oshirish ishlari amalga oshirildi.
1991—2002- yillarda O‘zbekiston kinostudiyalarida 60 ga
yaqin badiiy filmlar suratga olindi. „Òemir xotin“, „Ko‘zlarim
yo‘lingda“, „Dallol“, „Sharif va Ma’rif“, „Òilla bola“, „Buyuk
Amir Òemur“, „Yulduzingni ber, osmon“, „Kenja singil“,
„Voiz“, „O‘tgan kunlar“, „Piyoda odam“ va boshqa filmlarda
milliylik va yangi, zamonaviy ijodiy erkinlikning an’anaviy
badiiy uslub bilan uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
1997-yilning 22—29-may kunlari Òoshkentda jahonning 32
ta davlati va 8 ta xalqaro tashkilotning madaniyat va san’at
arboblari ishtirokidagi „Umuminsoniy qadriyatlar va milliy
taraqqiyot“ shiori ostida XII Xalqaro Òoshkent kinofestivali
bo‘lib o‘tdi. „Buyuk Amir Òemur“ filmini yaratishdagi ope-
ratorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga xalqaro jyurining
maxsus mukofoti — „Neksiya“ avtomashinasi berildi.
Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli kinofilmlar yaratildi.
„O‘zbekiston bahori“ (rej. Sh.Qurbonboyev, E.Xachaturov),
„Mustaqillikning besh yilligi“ („O‘zbekiston havo yo‘llari“
milliy kompaniyasining faoliyati haqida), „Ulkan odim“
(„O‘zDAEWOOavto“ zavodi haqida) shular jumlasidandir.
Milliy ma’naviyat, ma’rifat namoyandalari faoliyatiga bag‘ish-
langan „Istiqlol fidoyilari“ ruknidagi hujjatli filmlar, XX asr-
ning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan iste’dodli yosh-
larimizga bag‘ishlangan „Ular Germaniyada o‘qigan edilar“
filmlari yaratildi. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekiston
XXI asr bo‘sag‘asida...“ nomli asari asosida yaratilgan beshta
1 5 — Q . U s m o n o v
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 6
videofilm, „O‘zbekiston Qahramonlari“ ruknidagi kino-
ocherklar, „Umid qaldirg‘ochlari“ hujjatli filmi va boshqalar
bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimizni
teran anglab olishga ko‘maklashmoqda.
Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham rivojlandi, rassomchilik
yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997- yilda Prezident far-
moniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil
etilishi va „Òasviriy oyina“ respublika ijodiy uyushmasining tuz-
ilishi, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy
san’at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni
izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari
yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir
Jalolov, qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va
boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga
sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yarat-
dilar. Amir Òemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad
Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga mashhur
bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.
Òasviriy san’at ustalarining sa’y-harakatlari bilan Vatanimiz-
da qadimdan shakllangan nafis san’at maktablarining noyob
an’analari, tasviriy va miniatura san’atining nodir durdonalari
qaytadan o‘rganildi, boyitildi, dunyo uzra namoyish qilindi.
AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va
boshqa mamlakatlarda o‘zbek rassomlarining ko‘rgazmalari bo‘lib
o‘tdi. Yetakchi rassom-dizaynerlar — L. Sadriddinov, F. Òosh-
muhamedov, K. Òursunov, Ò. Òurg‘unov, Ò. Qo‘ziyev o‘z asar-
lari bilan Hindiston, Xitoy, Portugaliya, Bolgariya, Gretsiya,
Avstraliya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazmalarida
qatnashdilar.
1999-yil avgust oyida Badiiy akademiyaning Markaziy
ko‘rgazma zalida O‘zbekiston mustaqilligining 8 yilligiga
bag‘ishlab „Eng ulug‘, eng aziz“ mavzusida o‘tkazilgan respub-
lika badiiy ko‘rgazmada Òoshkent, Samarqand, Buxoro, Xo-
razm, Farg‘ona vodiysi va boshqa viloyatlar san’at ustalarining
600 dan ortiq rasmlari, grafikalari (bo‘yoqsiz rasm), dizayn-
lari, haykaltaroshlik asarlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy-
dekorativ san’at namunalari namoyish etildi.
Shahar ko‘chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasm-
lar o‘rnatildi, muhtasham binolarning devorlari naqshlar bilan
bezatildiki, bular odamlarga huzur-halovat, zavq bag‘ishlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 7
1992- yilda  „O‘zbekdavlatsirk“ res-
publika birlashmasining tashkil etilishi
sirk san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni
qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Òoshkent sirki
zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar su-
lolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Òoshkenboy Egam-
berdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unutilgan tur-
lari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam ber-
ish maqsadida 1996- yilda estrada-sirk kolleji ochildi.
Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari
soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat
yuritgan bo‘lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirk-
chilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi.
O‘zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari
uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya,
Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab
Amirligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk ustalari
O‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar.
Olimjon Òoshkenboyev rahbarligidagi „O‘zbekiston dor-
bozlari“ guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa mamlakatlarida
gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15
yoshli Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion
sirkida  bo‘lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qat-
nashib „Plastik etyud“ (besuyak o‘yini) janrida festivalning
O‘zbek sirki
Toshkent hayvonot bog‘i.
www.ziyouz.com kutubxonasi

2 2 8
eng oliy mukofoti — oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda
Òoshkent sirkida  Karima Zaripova rahbarligida iste’dodli yosh-
larga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga
sirk sirlarini o‘rgatib, katta manejga yo‘llaydi.
O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining
Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda, 1999-yilda
Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida,
2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk
festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lyej shahrida bo‘lib
o‘tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qat-
nashib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa’y-
harakatlari natijasida o‘zbek sirkiga xos turli nomer va attrak-
sionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi.
1993-yilda Toshkentda yangi „Hayvonot bog‘i“ ochildi.
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va
qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Res-
publika Madaniyat ishlari vazirligi,
1992-yilda tashkil etilgan „Xalq ijodi
Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling