Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri
mintaqaviy antiterror tuzilmasi
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- „Biz shuni unutmasligimiz kerakki, bunday e’tirof, O‘zbekistonning jahon miqyosida ortib borayotgan nufuzi — bu avvalambor mamlakatimizda istiqlolning
- 20- §. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari
- Belo- vejskaya Pushchada
- MDHning tashkil topishi
- Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning
- „Òeng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar“ maqomida MDH muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati Dek- laratsiyasi
- Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
- Moskvada
- 1991—1999- yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid
- MDHda hamjihatlikning mustahkamlanishi
- MDH davlat boshliqlari 2003-yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida, MDHning ter
- MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, ham- do‘stlikning tashkil etilishi foydali bo‘ldi. Hamdo‘stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo‘lgan bo‘lsa, bugungi
mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya imzolanishi bilan SHHÒ doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHÒ ochiq tashkilot bo‘lib, o‘zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat yuritmoqda. 2003- yil 29- may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari — Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004- yil yanvardan boshlab ish boshladilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 5 2003- yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) Kengashi bo‘lib o‘tdi, uning qarori bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamla- katlarning tashqi ishlar vazirliklari, iqtisodiy va savdo vazir- liklari, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga qo‘yildi. 2004- yil 17- iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala— xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratil- ganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadro- viy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik havfi paydo bo‘l- ganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi. SHHTning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHT a’zo mamlakatlarni havfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga keli- shib olindi: transport infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish; suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish; ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muam- molarini hal qilish; fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish; investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poy- devor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish. • • • • • • www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 6 Xutoy Xalq Respublikasi raisi Xu Szintao Xitoy hukumati SHHT doirasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vako- latlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar — jami o‘nta hujjat imzolandi. SHHTning shakllanish davri nihoyasiga yetdi, hamkor- likning yangi davri boshlandi. SHHTning Toshkent kelishuvlari xavfsizlikning mustahkamlanishiga, iqtisodiyotning yuksalishi va xalqlar farovonligining oshishiga katta umid uyg‘otadi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashki- lotlarga a’zo bo‘ldi. „Biz shuni unutmasligimiz kerakki, bunday e’tirof, O‘zbekistonning jahon miqyosida ortib borayotgan nufuzi — bu avvalambor mamlakatimizda istiqlolning dastlabki kunlaridanoq o‘tkazib kelinayotgan, har to- monlama chuqur o‘ylangan, og‘ir-vazmin, qat’iy va mustaqil tashqi siyosatning natijasidir.“ I. A. Karimov. O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. — Xalq so‘zi, 2002-yil, 30- avgust. Savol va topshiriqlar 1. Xalqaro vaziyatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi? 2. Umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik deganda nimalarni tushu- nasiz? 3. Xavfsizlikka qanday omillar tahdid solmoqda? 4. O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nima- lardan iborat? 5. Qanday geosiyosiy jihatlar O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘dir- moqda? 6. Mustaqil tashqi siyosat yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar yaratildi? 7. O‘zbekistonning tashqi siyosati qanday tamoyillarga tayanadi? 8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasini daftaringizga yozib oling. ? www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 7 9. Dunyodagi qaysi davlatlar Òoshkentda o‘z elchixonalarini ochgan? 10. Qaysi mamlakatlarda O‘zbekistonning elchixonalari faoliyat ko‘r- satmoqda? 11. O‘zbekiston nima uchun jahon hamjamiyatiga qo‘shilish yo‘lidan bormoqda? 12. O‘zbekistonning BMÒ bilan aloqalari haqida so‘zlab bering. 13. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMÒ Bosh Assam- bleyasining 48—50- sessiyalarida qanday takliflarni ilgari surdi? 14. O‘zbekistonning EXHÒ bilan hamkorligi haqida nimalarni bilasiz? 15. O‘zbekistonning YUNESKO bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering. 16. Shanxay hamkorlik tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 20- §. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari 1991- yil 19—22- avgust voqealaridan keyin respublikalar birin-ketin o‘zla- rini mustaqil davlat deb e’lon qildilar. Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi. 1991-yil 8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi — Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari—B. Yelsin, L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belo- vejskaya Pushchada uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma imzo- ladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi bo‘ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjat- da SSSRning mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorus, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30- dekabrdagi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qil- dilar. Mazkur respublikalarning SSSR Oliy Sovetidagi depu- tatlari chaqirib olindi. SSSR Prezidenti bo‘lmish M.S.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo‘lidagi urinishlari barbod bo‘ldi. Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Òojikiston va Òurk- maniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda 1 7 — Q . U s m o n o v MDHning tashkil topishi www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 8 uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shart- noma munosabati bilan vujudga kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi. Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDHni tuzuvchilar bo‘lib qolishi kerak, deb ta’kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar. 1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Krav- chuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog‘iston (N.Nazarbayev), O‘zbekiston (I.Karimov), Qirg‘iziston (A.Akayev), Òojikiston (R.Nabiyev), Òurkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Muta- libov), Armaniston (Òer-Petrosyan), Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan proto- kolni imzolab, „Òeng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar“ maqomida MDH muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati Dek- laratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: • hamdo‘stlik qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rta- sidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlash- tiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi; • MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; • xalqaro strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning birlashgan qo‘mon- donligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; • MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a’zolari va boshqa davlatlar ham unga qo‘shilishi m u m k i n ; • umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa- Osiyo bozorlarini vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; • MDHning tuzilishi bilan Ittifoqning mavjudligi to‘xta- tiladi; www.ziyouz.com kutubxonasi 2 5 9 • hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitutsiyalaridagi tartib- qoidalarga binoan sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar; • MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatini oladilar. MDH kengashlarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida protokol imzolandi. Shu tariqa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topdi. 1992- yil 9- fevralda Moskvada MDH davlatlari boshliqlarining kengashi bo‘lib, unda ekologiya va tevarak- atrofdagi tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim, bir-birlarining hududlaridan yuklarni soliq va yig‘imlarsiz o‘tkazish haqida bitim, gidrometeorologiya sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim, temiryo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi. 1992-yil 20-martda Kiyevda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev uchrashuvida davlatlarning chegara- larini va hamdo‘stlikning dengiz iqtisodiy zonalarini qo‘riqlash haqida bitim imzolandi. 1992- yil 15- may kuni Òoshkentda MDH mamlakatlari rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda hamdo‘stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik, havo bo‘shlig‘idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagona budjetni shakllantirish, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Òoshkent kengashida kollektiv xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim, moliyaviy ahvol va bu sohadagi hamkorlik haqida bitim havo bo‘shlig‘idan foydalanish haqida bitim, kosmik dasturlarni bajarishga pul ajratish to‘g‘risida bitim, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993- yil yanvarda Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank va iqtisodiy hamkorlik maslahat MDHning faoliyati www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 0 kengashini tuzish, Afg‘oniston bilan Òojikiston o‘rtasidagi chega- rani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o‘rnatuvchi harbiy bo‘linmalarini yuborish masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. Minskda imzolangan hujjatlar iqtisodiy ahvolni barqarorlashtirishga, tinchlikni mustahkam- lashga, tanglik jarayonlarini bartaraf qilishga qaratildi. 1993- yil 14- mayda Moskvada bo‘lib o‘tgan hamdo‘stlik davlatlari boshliqlarining uchrashuvida MDHning muvofiq- lashtirish-maslahat qo‘mitasini hamda ijroiya kotibiyatini tuzish- ga qaror qilindi. 1993- yil 24- sentabrda Moskvada MDH davlatlari bosh- liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda muhim masala—MDH doirasida Iqtisodiy ittifoq barpo etish masalasi muhokama etildi va Iqtisodiy ittifoqni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnoma hamdo‘stlik faoliyatining muhim natijalaridan biri bo‘ldi. Kengashda MDH a’zolari bo‘lgan davlatlar Òashqi ishlar vazirlari kengashi to‘g‘risidagi Nizom, MDH birlashgan qurolli kuchlari bosh qo‘mondonligini qayta tuzish, Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlar haqidagi bayo- notnoma, Òojikistonda tuziladigan Birlashgan mudofaa kuchlari to‘g‘risidagi Nizom, Davlatlararo Yevroosiyo ko‘mir va metall birlashmasini tuzish haqida bitim imzolandi. MDH davlatlari o‘rtasida yagona valuta—rubl zonasini saqlashga kelishildi. Ammo rubl zonasini saqlab qolish haqidagi ahdnoma barbod bo‘ldi. Har bir davlat o‘zining milliy valutasini joriy etdi. 1993- yil 24- dekabrda Ashgabatda MDH davlatlari bosh- liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda Gruziya rahbari Eduard Shevarnadze qatnashdi va Gruziya MDHga a’zo etib qabul qilindi. 1993- yil 24- sentabrda imzolangan Iqtisodiy ittifoq shartnomasini parlamentlarda tasdiqlanishini kutib o‘tirmay, uni kuchga kiritish haqida bitim, Xavfsizlikni mustahkamlash maq- sadida harbiy hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab tuzish haqida bitim imzolandi. Òojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar kelishib olindi. Sarmoya sarflash faoliyati sohasida ham- korlik haqida, Dori-darmon va boshqa meditsina mahsulotlari bilan ta’minlash to‘g‘risida, Davlatlararo „Mir“ telekompa- niyasining faoliyatini ta’minlash haqida bitimlar imzolandi. MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish haqida Ashgabad Deklaratsiyasi qabul qilindi. www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 1 1994- yil 21- oktabrda Moskvada MDH davlat boshliqla- rining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu 16- kengash edi. 10 ga yaqin masalalar muhokama qilindi. Asosiy e’tibor MDH mamla- katlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir masalaga qaratildi. MDH o‘rtasida integratsiyani rivojlantirishning asosiy yo‘nalish- lari haqida memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy ham- korlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning davlatlararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi iqtisodiy ittifoq faoliyatini shakllantirish va samaradorligini ta’minlash, MDH a’zolari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlashdan iborat, deb belgilandi. DIQning vazifasi iqtisodiyotni, islohotlarning borishini tahlil etish, xo‘jalik qonunlarini bir-biriga yaqinlashtirishni ta’minlash, iqtisodiyotni rivojlantirishni bashoratlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, transnatsional xarakterdagi tarmoqlar (energetika, transport, aloqa, gaz va neft quvurlari) bo‘yicha tadbirlarni muvofiqlashtirish kabi umumiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishdan iboratdir. DIQning shtab- kvartirasi Moskva shahri deb belgilandi. DIQga tartibga solish bilan birga, nazorat qilish funksiyasi ham berildi. DIQ iqtisodiy ittifoqni shakllantirish uchun quyidagi hujjat- larni ishlab chiqish va imzolanishini ta’minlash zarur deb belgilanadi: o‘zaro to‘lov ittifoqi; erkin savdo hududlari barpo etish; boj ittifoqi; tovarlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchi umumiy bozorini vujudga keltirish; valuta ittifoqi va boshqalar. Kengashda MDH a’zolari o‘rtasida o‘zaro to‘lov ittifoqini tu- zish haqida bitim imzolandi. 1995- yil 26- may kuni Minskda MDH davlatlari rahbarla- rining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zaro to‘lovlarni tartibga solishga xizmat qiladigan davlatlararo valuta qo‘mitasi tuzish, kollektiv xavfsizlik, MDH chegaralarini qo‘riqlash, kollektiv tinchlikni saqlash kuchlarining (KÒSK) Òojikiston va Abxaziya kabi keskin o‘choqlarda turish muddatini uzaytirish, ixtiloflarni bartaraf etish, xo‘jalik sud faoliyati va uni takomil- lashtirish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi va tegishli hujjatlar imzolandi. MDH umumiy chegaralari va ularni birga- lashib qo‘riqlash to‘g‘risida tomonlarning fikri turlicha bo‘ldi. Mustaqil davlatlar chegaralarini hamdo‘stlikning umumiy chega- www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 2 ralari deb tan olish va qo‘riqlash to‘g‘risidagi shartnomani 7 dav- lat imzoladi. O‘zbekiston tomoni imzolamadi, negaki, MDHning umumiy chegarasi yo‘q, aksincha, har bir mustaqil davlatning o‘z chegarasi bor va har bir davlat uni o‘zi qo‘riqlashi kerak deb ta’kidlandi. MDH davlat boshliqlarining 1996- yil 19- yanvar,1996-yil 17- may va 1997- yil 28- mart kunlari Moskvada, 1997- yil 23- oktabrda Kishinyovda bo‘lib o‘tgan Kengashlarida integratsiya jarayonlarini tezlashtirish konsepsiyasi, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli jinoyatchilarga qarshi birgalikda kurash dasturi, MDH doirasida qabul qilingan hujjatlarning bajarilish ahvoli, MDHning istiqbollari, MDH organlari faoliyatini takomillash- tirish masalalari muhokama qilindi. 1991—1999- yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli huj- jatlar imzolandi. Hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni yechishni istamayotganida emas, aksincha, o‘zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamla- katning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog‘liq edi. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yara- tilmadi, o‘zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi. 2000- yil 24—25- yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari rah- barlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya davlat boshlig‘i V. Putin hamdo‘stlik davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V. Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDH a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rta- sidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDHning kelajagiga katta ishonch uyg‘otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V. Putinning MDH doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o‘z ifodasini topmoqda. MDHda hamjihatlikning mustahkamlanishi www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 3 2000- yil 21- iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollash- tirishga qaratilgan 2005-yilgacha bo‘lgan muddatda Hamdo‘stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. MDH davlat boshliqlari 2003-yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko‘rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida, MDHning ter- rorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror- lar qabul qiladilar. 2001-yil 29—30- noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammiti bo‘- lib o‘tdi. Sammit qatnashchilari Afg‘onistondagi voqealar to‘g‘risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi, uning natijasida xalqaro terrorchilarning infratuzilmasiga qattiq zarba berilgani hamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustahkamlashga yo‘l ochilgani qayd etildi. Shu bilan birga, toliblar hukmronligi tugatilganidan keyin Afg‘oniston taqdirini afg‘on xalqining o‘zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMÒ rahnamoligida amalga oshirilishi qo‘llab-quvvatlandi. MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, ham- do‘stlikning tashkil etilishi foydali bo‘ldi. Hamdo‘stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parcha- langach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog‘langan iqtisodiyotini to‘ldirib turish zarur edi. Ham- do‘stlik mana shunday to‘ldiruvchilik rolini o‘ynadi, par- chalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymadi. Hamdo‘stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko‘rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda ham- jihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o‘ringa ega. Hamdo‘stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shun- daki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi www.ziyouz.com kutubxonasi 2 6 4 sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o‘zga- rishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni yengishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo‘stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. Ikki tomon- lama hamkorlik deganda ikki davlat o‘rtasidagi, ya’ni O‘zbe- kistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarini yo‘lga qo‘yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi. O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo muno- sabatlar o‘rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling