Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri


Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo-


Download 3.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana09.02.2017
Hajmi3.01 Kb.
#39
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo-
satdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq
rivojlanishi.
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning
tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baro-
barligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqala-
rini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil
ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga
oshirish.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li
nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Òaraqqiyotning
„o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan
modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va
mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l
xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot-
ning  „o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi.
Òanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan
matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga
oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la,
siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab
oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shoshar-
likka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy,
iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

5 6
?
O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy
jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir.
Òanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli
davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar.
Yurtboshimiz I. A. Karimov ana shunday keng qamrovli is-
lohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-
qosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan
14 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohot-
lar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham
qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi.
Savol va topshiriqlar
1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani
tushunasiz?
2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib
qoldi?
3. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li“ nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa qilib
daftaringizga yozib qo‘ying.
4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nima-
lar asos qilib olindi?
5. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz?
6. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?
7. Iqtisodiy sohada-chi?
8. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?
9. Òaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib ko‘ring.
10. Besh tamoyil nima?
www.ziyouz.com kutubxonasi

5 7
Siyosiy islohotlar. Milliy davlat
hokimiyat organlarining barpo
etilishi
6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy
Majlisning tashkil etilishi
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini
mustahkamlashga, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati
qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘tkazildi. Siyo-
siy hayotni tubdan o‘zgartirish ishlarining  ko‘lamini anglash
uchun sobiq Ittifoqdan, eski  mustabid tuzumdan qanday siyo-
siy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mus-
tamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z taqdirini
o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini
o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib,
mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq
Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z
yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika
rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto
viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinlanardi, unga
to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ma-
salalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat
yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi.
Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv
usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor
olomon deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi.
Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olish, o‘z
taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash,
demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi
siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat
boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan
demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi.
Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka-
timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat
qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni ta’-
minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga
oshirilmoqda.
I I B O B
www.ziyouz.com kutubxonasi

5 8
Prezident Islom Karimov „O‘zbekistonning o‘z istiqlol
va taraqqiyot yo‘li“ asarida yangilangan jamiyatning siyosiy
va davlat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydi: „Qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini
ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish,
jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika
hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va
vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar
qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi“ .
I. A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
Ò., O‘zbekiston, 1992, 16- bet.
O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl-
lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlan-
gan davlatlar tajribasiga tayanildi.
„Parlament“ fransuzcha „parler“ — gapirmoq  so‘zidan kelib
chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi.
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun
bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib,
hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida
belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi.
Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm
g‘oyasi milodning birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, An-
gliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib,
davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha
taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215-
yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshla-
nadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida
ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham
parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turli-
cha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Fin-
lyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O‘zbekis-
tonda Oliy Majlis va hokazo.
O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil fevralda
saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash
faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bos-
qichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy
Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun
chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

5 9
Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq
tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi.
Shu boisdan Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini hu-
quqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga
oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish
yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy
Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor O‘zbekiston Prezi-
dentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, O‘zbekistonning
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun-
ni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi.
1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500
dan ziyod qaror qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik
tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning
huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: „O‘zbe-
kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi
bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb
belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Res-
publikasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan-
tirishga kirishildi.
1993- yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan
Respublika Oliy Kengashining XIV
sessiyasida  „O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“,
1994- yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ qonunlar qabul
qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga
oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi.  Negaki, birinchidan,
sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy
hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati
jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos
kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga  oshirishga monelik
qilardi.
Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq-
ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos
keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi-
yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan
yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan
mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa-
ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari
Parlamentni shakllanti-
rishning konstitutsiyaviy -
huquqiy asoslari
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 0
bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan
250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis-
ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi qonunga muvo-
fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul
qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish
hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy
yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
• ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan
tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini
o‘zgartirish;
• boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
• davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
• qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi-
mini va vakolatlarini belgilash;
• xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tas-
diqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish;
• Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayin-
lash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
• vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respubli-
kasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;
• Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash;
• Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning
o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi
Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish kiradi.
Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respubli-
kasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga  egadirlar.
Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va
milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati,
faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil-
maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risida“gi
Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan
kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yasha-
magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka
nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 1
Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsad-
laridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat
a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor shaxs-
lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, ijro
etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (vilo-
yat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy majlis
deputati bo‘la olmaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken-
gashining 1994- yil sentabrda bo‘lib
o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- de-
kabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengash-
lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi.
1994- yil 14—15- noyabrda Òoshkentda Oliy Majlisga saylov
o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik
seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini is-
loh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar-
kengashda Birlashgan Millatlar Òashkilotining O‘zbekistondagi
vakili  Xolid Malik, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va
muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy,
Òurkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, say-
lovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini
bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy
sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat bar-
po qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi.
Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun Respubli-
ka bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi.
Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat
qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga
nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq
demokratik partiyasi“ dan,  „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan,
hokimiyatning vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro‘yxatga
olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik
uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab
olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11
million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million
526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma
joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng,
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga saylovlar
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 2
yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz olol-
magan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari
takroriy saylovlar bo‘ldi.
Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin
mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuv-
chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“
agentliklari,  „Bi-Bi-Si“ radiokompaniyasi, „Ostankino“ tele-
kompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar
vakil ishtirok etdi.
Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik
bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta-
riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan saylov-
lar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parla-
mentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki
tajribasi bo‘ldi.
1995- yil  23—24- fevral kunlari yangi
saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-
ning Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais o‘rinbosarlari saylandi.
E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva,
A. Q. Qosimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili — Qora-
qalpog‘iston Juqorg‘i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o‘rin-
bosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi.
Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga
olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo‘mitasi tashkil etildi:
• Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha.
• Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘-
yicha.
• Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha.
• Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha.
• Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha.
• Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha.
• Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha.
• Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha.
• Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha.
• Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha.
• Matbuot va axborot bo‘yicha.
• Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha.
O‘zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillik
Birinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy  Majlisining birinchi
sessiyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 3
organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini,
69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya-
sini, 47 deputatni uyushtirgan „Adolat“  sotsial-demokratik parti-
yasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat „Vatan taraqqiyoti“ parti-
yasi fraksiyasini  ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari
qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu
tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror
topdi.
Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa-
rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi
komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiya-
da  „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi
to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi rahbarli-
gida „Oliy Majis Qo‘mitalari va Komissiyalari to‘g‘risidagi Ni-
zom“ qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun
Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib,
uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning
raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar
bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi.
Oliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va
qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil
etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko-
nini berdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan
so‘ng davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri —
milliy parlamentimiz tashkil topdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995—2004- YILLAR)
Deputatlar
bloki va partiya
fraksiyalari
Oliy
Majlis
kotibiyati
Inson huquqlari
bo‘yicha Oliy Majlis
vakili (ombudsman)
Oliy Majlis
Qo‘mitalari
va Komissiyalari
Oliy Majlis sessiyasi
Oliy Majlis Raisi,  Oliy
Majlis Raisining o‘rinbosarlari,
Oliy Majlis Kengashi






7- chizma
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi,
o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-
mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy
Kengashdan butunlay farq qiladi.
Birinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Respublika Oliy
Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi
deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar-
kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga
moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbekiston
davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki-
miyatni mustaqil amalga oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida
xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga
qo‘yildi.
Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari to-
monidan yakka-yu  yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi.
Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobil-
lik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga
keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi-
da shakllandi.
Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti-
rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning
o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say-
lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil
sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara-
katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik
asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod-
larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning
ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun-
mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Òo‘rtinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash
professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning
vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina
doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida
esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish-
lamoqda. Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazi-
falarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib bormoqda. Oliy
Majlis deputatlari o‘z saylovchilari bilan yaqindan aloqada va
muloqotda bo‘lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor beril-
mas edi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonun-
lar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabar-
dor qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan
birga bo‘lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot
www.ziyouz.com kutubxonasi

6 5
vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bor-
moqda. Bu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyosiy
ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga
oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga
xizmat qilmoqda.
Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya
korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el om-
maviy axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilin-
gan jurnalistlari hozir bo‘lmoqdalar.
Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi-
lan aloqalari o‘rnatildi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy par-
lament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq,
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament As-
sambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Oliy Majlis „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Download 3.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling