Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri
Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo-
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy
- I I B O B www.ziyouz.com kutubxonasi 5 8 Prezident Islom Karimov „O‘zbekistonning o‘z istiqlol
- „Parlament“
- „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“
- „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994- yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe
- Parlamentni shakllanti- rishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari
- Xolid Malik
- „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar
- „Reyter“, „Interfaks“ agentliklari, „Bi-Bi-Si“
- E. H. Xalilov
- Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi
- Xalq demokratik partiyasi
- „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995—2004- YILLAR)
- „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo- satdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baro- barligi va hammaning qonunga bo‘ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqala- rini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish. Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Òaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot- ning „o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi. Òanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shoshar- likka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tkazish lozim edi. www.ziyouz.com kutubxonasi 5 6 ? O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug‘imizdir. Òanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar. Yurtboshimiz I. A. Karimov ana shunday keng qamrovli is- lohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh- qosh bo‘ldi. Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan 14 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohot- lar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo‘lgan ulkan zafarlarga erishildi. Savol va topshiriqlar 1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tushunasiz? 2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi? 3. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa qilib daftaringizga yozib qo‘ying. 4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nima- lar asos qilib olindi? 5. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz? 6. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi? 7. Iqtisodiy sohada-chi? 8. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi? 9. Òaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib ko‘ring. 10. Besh tamoyil nima? www.ziyouz.com kutubxonasi 5 7 Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil etilishi Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘tkazildi. Siyo- siy hayotni tubdan o‘zgartirish ishlarining ko‘lamini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyo- siy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi. O‘zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mus- tamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o‘laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinlanardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy ma- salalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga olish, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab qo‘yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka- timizda inson manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni ta’- minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda. I I B O B www.ziyouz.com kutubxonasi 5 8 Prezident Islom Karimov „O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydi: „Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi“ . I. A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Ò., O‘zbekiston, 1992, 16- bet. O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl- lantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlan- gan davlatlar tajribasiga tayanildi. „Parlament“ fransuzcha „parler“ — gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning birinchi ming yillik bo‘sag‘asida Rimda, An- gliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshla- nadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turli- cha nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada Parlament, Fin- lyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O‘zbekis- tonda Oliy Majlis va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bos- qichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 5 9 Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O‘zbekistonning mustaqilligini hu- quqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor O‘zbekiston Prezi- dentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, O‘zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun- ni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- moddasida: „O‘zbe- kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Res- publikasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan- tirishga kirishildi. 1993- yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994- yil 22- sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ qonunlar qabul qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq- ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi- yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa- ruvchi hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari Parlamentni shakllanti- rishning konstitutsiyaviy - huquqiy asoslari www.ziyouz.com kutubxonasi 6 0 bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis- ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi qonunga muvo- fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga: • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; • ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish; • boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; • davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizi- mini va vakolatlarini belgilash; • xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tas- diqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish; • Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayin- lash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; • vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respubli- kasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; • Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash; • Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respubli- kasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil- maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risida“gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yasha- magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar. www.ziyouz.com kutubxonasi 6 1 Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsad- laridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor shaxs- lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (vilo- yat, tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy majlis deputati bo‘la olmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken- gashining 1994- yil sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- de- kabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengash- lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. 1994- yil 14—15- noyabrda Òoshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini is- loh qilish, saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. Seminar- kengashda Birlashgan Millatlar Òashkilotining O‘zbekistondagi vakili Xolid Malik, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Òurkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, say- lovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat bar- po qilish yo‘lida oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun Respubli- ka bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro‘yxatga olindi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11 million 248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar www.ziyouz.com kutubxonasi 6 2 yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz olol- magan saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil kuzatuv- chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“ agentliklari, „Bi-Bi-Si“ radiokompaniyasi, „Ostankino“ tele- kompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi. Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta- riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga bo‘lgan saylov- lar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parla- mentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo‘ldi. 1995- yil 23—24- fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais o‘rinbosarlari saylandi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Shodiyeva, A. Q. Qosimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili — Qora- qalpog‘iston Juqorg‘i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais o‘rin- bosarlari qilib saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta qo‘mitasi tashkil etildi: • Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha. • Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘- yicha. • Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha. • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha. • Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha. • Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha. • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha. • Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha. • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha. • Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha. • Matbuot va axborot bo‘yicha. • Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha. O‘zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillik Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi www.ziyouz.com kutubxonasi 6 3 organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya- sini, 47 deputatni uyushtirgan „Adolat“ sotsial-demokratik parti- yasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat „Vatan taraqqiyoti“ parti- yasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi. Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa- rolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiya- da „O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis Raisi rahbarli- gida „Oliy Majis Qo‘mitalari va Komissiyalari to‘g‘risidagi Ni- zom“ qabul qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi. Oliy Majlis birinchi sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko- nini berdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri — milliy parlamentimiz tashkil topdi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995—2004- YILLAR) Deputatlar bloki va partiya fraksiyalari Oliy Majlis kotibiyati Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) Oliy Majlis Qo‘mitalari va Komissiyalari Oliy Majlis sessiyasi Oliy Majlis Raisi, Oliy Majlis Raisining o‘rinbosarlari, Oliy Majlis Kengashi 7- chizma www.ziyouz.com kutubxonasi 6 4 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari, ish yuritish mazmun- mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan butunlay farq qiladi. Birinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Respublika Oliy Kengashi rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil emasdi, mar- kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbekiston davlatining oliy vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki- miyatni mustaqil amalga oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari to- monidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobil- lik asosida o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillari asosi- da shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllanti- rish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o‘rni va soni oldindan belgilab qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say- lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara- katlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzod- larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va saylovoldi dasturlarining mazmun- mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Òo‘rtinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ish- lamoqda. Deputatlarning ko‘pchilik qismi esa oldingi xizmat vazi- falarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib bormoqda. Oliy Majlis deputatlari o‘z saylovchilari bilan yaqindan aloqada va muloqotda bo‘lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor beril- mas edi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday qonun- lar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabar- dor qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo‘lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot www.ziyouz.com kutubxonasi 6 5 vositalari ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bor- moqda. Bu tadbirlar xalqning huquqiy madaniyatini, siyosiy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el om- maviy axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilin- gan jurnalistlari hozir bo‘lmoqdalar. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bi- lan aloqalari o‘rnatildi va chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy par- lament guruhi tuzildi, respublikaning Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament As- sambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Oliy Majlis „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling