Qamariddin usmonov o‘zbekiston tarixi milliy istiqlol davri
Download 3.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- „O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo- matiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida“
- „Òashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“
- „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“
- Ikki palatali parla- ment haqida
- Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor: ••••• populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq ino- batga olinadi;
- „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamen- ti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz“ degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning
- „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“
- „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa- latasi to‘g‘risida“
- Senat
- O‘zbekiston SSR Prezi- denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“
- Vazirlar Mahkamasi
- VAZIRLAR MAHKAMASI—IJRO ETISH HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRUVCHI ORGAN
- Boshqaruv tizimidagi islohotlar
- Markaziy bank, Òashqi iqtisodiy faoliy- at milliy banki
- O‘zR davlat qo‘mitalari
foydalanish to‘g‘risida“ Qonun, 2001- yil 30- avgust va bosh- qalar. Beshinchi yo‘nalishiga — O‘zbekistonning xalqaro munosa- batlariga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga, chet ellik sar- moyadorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi. • „O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo- matiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyun. • „O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabani belgilash to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul. • „Òashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“ Qonun. • „O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 22- dekabr. • „Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 25- aprel. • „O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 26 dekabr. • „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel. • „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel va boshqalar. Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruq- bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj topdi. Respublika parlamenti jamiyatimizda si- yosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi. www.ziyouz.com kutubxonasi 7 7 Prezident Islom Karimov 2000- yil 25- may kuni ikkinchi chaqiriq O‘z- bekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida ikki palatali par- lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako- millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir. 2001- yil 6—7- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi cha- qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu- noslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgan- ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortgan- ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi hayotning o‘zidan, hokimiyat tarmoqlarini aniq ajratish asosida milliy dav- latchilik institutlarini yanada mustahkamlash zaruratidan kelib chiqadi. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarning aksariyatida parlament ikki palatalidir. XX asrning so‘nggi o‘n yilliklarida ikki palatali tizim parlamentarizm taraqqiyotining asosiy tendensiya- siga aylandi. 9- chizma Ikki palatali parla- ment haqida Oliy Majlisning vakolatlari Parlament- lararo aloqalar Davlat organlarini tashkil qilish M a n s a b d o r shaxslarni tayinlash Q o n u n c h i q a r i s h vakolatlari N a z o r a t vazifalari Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor: ••••• populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z- lovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi; ••••• mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Òoshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq ino- batga olinadi; www.ziyouz.com kutubxonasi 7 8 ••••• milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parla- mentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi; ••••• parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshi- lashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi; ••••• parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi; ••••• jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi; ••••• deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi. Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekis- ton Respublikasi Referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazish bo‘yicha tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarini o‘z vaqtida tashkil etdi. Referendum qatnashchilariga o‘z xohish-irodalarini erkin bildirishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat- chilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuza- tuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruv- chilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamen- ti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Say- lovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab- quvvatladilar. Referendum yakunlari xalqimizning bir tomondan, demo- kratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdan iborat O‘zbekiston yo‘lini qo‘llab- quvvatlayotganligini ko‘rsatdi. Ikkinchi tomondan, islohotlarni izchil va qat’iyatlik bilan davom ettirish va yanada chuqurlashti- rishni katta umid bilan kutayotganligini bildirdi. www.ziyouz.com kutubxonasi 7 9 2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi ses- siyasida „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qo- nun va „2002- yil 27- yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Res- publikasi Referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiri- ladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida“ qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 2002- yil 12–13- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis- ning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohis-irodasi bilan „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ va „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pa- latasi to‘g‘risida“ konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda „O‘zbekiston Respublikasining Konstitut- siyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to‘plangan parlamentarizm tajribasi, O‘zbekiston xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mazkur qonunlar bo‘lg‘usi parlamentning ikkala palatasi va- kolatlarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasining oliy dav- lat vakillik organi — parlamentning nomi Oliy Majlis deb ata- laveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan. 2004-yil dekabr — 2005- yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Òoshkent shahrining har biridan teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Qonunchilik palatasining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov Qonunchilik palatasining Spikeri etib saylandi. Shuningdek, Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari say- landi, siyosiy partiyalar fraksiyalari tashkil etilib ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharif- www.ziyouz.com kutubxonasi 8 0 xo‘jayev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek, Senat raisi o‘rin- bosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari saylandi. Shunday qilib, ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil etilishi natijasida Qonun chiqa- ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqei o‘sdi. Qonun loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir qismi — davlat, sud tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tash- kilotlardagi diplomatik vakillarni tayinlash va tasdiqlash Senat vakolatiga o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga oshirilmoqda. Savol va topshiriqlar 1. Qanday hokimiyat organlari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega? 2. O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihalari qanday tayyorlanadi va qabul qilinadi? 3. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qancha qonunlarni qabul qildi? 4. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar qachon bo‘lib o‘tdi, ularda qanday subyektlar o‘z nomzodlarini qo‘ydilar? 5. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday qo‘mita va komissiyalar tuzildi? 6. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday partiya fraksiyalari va deputatlar bloki ro‘yxatga olindi? 7. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan qabul qilingan qonunlarni qanday yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin? 8. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari haqida qanday kodeks va qonunlar qabul qilingan? 9. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlariga doir qanday qonunlar qabul qilingan? 10. Ikki palatali parlament tuzish haqida referendum qachon bo‘lib o‘tdi, uning natijalarini bilasizmi? 11. Oliy Majlis qanday palatalardan iborat bo‘ladi? 12. Oliy Majlis palatalari haqida qachon va qanday qonunlar qabul qil- ingan? ? www.ziyouz.com kutubxonasi 8 1 8- §. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avva- lo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — Ministrlar Sovetining maqomi tub- dan o‘zgartirildi. 1990- yil 24- martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „Vazirlar_Mahkamasining_tarkibini_tasdiqlash_to‘g‘risida“'>O‘zbekiston SSR Prezi- denti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezi- denti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada Vitse-Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda Vitse-Prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasining Prezi- denti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala- talari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respub- likasi Vazirlar Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining huku- mati bo‘lib, ijro etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari: • davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; • Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; Vazirlar Mahkamasi 6 — Q. Usmonov www.ziyouz.com kutubxonasi 8 2 • yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi; • madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya so- hasidagi yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi; • mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyo- satni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; • qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’- minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jino- yatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; • iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi; VAZIRLAR MAHKAMASI—IJRO ETISH HOKIMIYATINI AMALGA OSHIRUVCHI ORGAN Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi — Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi; — Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; — yagona moliya, kredit va pul siyosati yuritili- shini ta’minlaydi; — madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlaydi; — mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavf- sizligi, tashqi siyosatini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; — qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi 10- chizma www.ziyouz.com kutubxonasi 8 3 • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qaror- lari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; • barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj- buriy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib borildi. Agar 1990- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo‘lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11- fevralda bo‘lgan Ikkinchi chaqir- iq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiya- siga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo‘mitalari rais- laridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Re- spublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar“ va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgar- tirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89- moddasining „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi va tas- diqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bu holat mamlakatimizda amalga oshirila- yotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tiz- imlarining vakolatlari oshadi, mas’uliyati kuchayadi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosa- batlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini-o‘zi idora etishga o‘tildi. Boshqaruv tizimidagi islohotlar www.ziyouz.com kutubxonasi 8 4 Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining o‘zagini tashkil etgan bir qator Davlat qo‘mitalari, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Makroiqtisodiyot vazirligi tuzildi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish, O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Òaqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik to- var-xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiya- dorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun to- var resurslari bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va marketing xizmat- lar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Davlat narx qo‘mitasi tugatilib, Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta ish- larini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va un- ing bo‘linmalari tugatildi. Markaziy bank, Òashqi iqtisodiy faoliy- at milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat banklari — „O‘zsanoatqurilishbank“, „Paxtabank“, „O‘zjamg‘armabank“, „G‘allabank“, „Òadbirkorbank“, „Savdogarbank“, xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning joy- lardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek- siyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar — Òashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya komissiyasi va boshqa huku- mat organlari tashkil etildi. Islohotlarni chuqurlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el in- www.ziyouz.com kutubxonasi 8 5 vestitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulki- ni boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta Tashqi iqti- sodiy aloqalar vazirligi tuzildi, Vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi strategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha markazlashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar, idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar, firmalar tuzildi. Respub- likada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi. 11- chizma O‘zR davlat qo‘mitalari Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Davlat bojxona qo‘mitasi Davlat geologiya va mineral resurslari qo‘mitasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi Davlat soliq qo‘mitasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi Davlat mulk qo‘mitasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Download 3.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling