Qanday maqsadda tirma tishining ko‘ndalang kesimiga turli shakl


Download 24.77 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi24.77 Kb.
#1327587
Bog'liq
Savollar Tuproqqa ishlov berish mashinalari


  1. Qanday maqsadda tirma tishining ko‘ndalang kesimiga turli shakl
    beriladi?

  2. Qanday maqsadda shudgorlangan yerga tirma bilan ishlov beriladi?

  3. Tirma tishlari izlari bir xil oraliqda bo‘lmasa, nimaga ta’sir qiladi?

  4. Tirma tishi ta’sirida tuproq qanday shaklda yumshatiladi? Uni qayerda
    e’tiborga olish kerak?

  5. Qanday maqsadda o‘yiq disk bilan tuproqqa ishlov beriladi?

  6. Diskning hujum burchagi qanday ahamiyatga ega?

  7. Disklar oralig’ida yumshatilmasdan qoladigan do‘ngachalar balandligi
    nega cheklanadi?

  8. Qanday vaziyatda g’ildirak toyib yoki sirpanib yumalanadi?

  9. Qanday sababga ko‘ra seyalka g’ildiragining sirpanish koeffitsiyentini
    kamaytirishga intiladi?

  10. G’ildirak nuqtalarining aylanish markazi qanday joylashgan bo‘ladi?

  11. Qanday sababga ko‘ra ayrim g’ildirak to‘g’ini oldida tuproq uyumlanib
    qoladi?

  12. Qanday sababga ko‘ra yirik kesakli yerlarda ishlaydigan mashina
    g’ildiragini diametri kattaroq qoyiladi?

  13. G’ildirak to‘g’inini eni qanday talabga javob berishi kerak?

  14. G’ildirak diametrining katta-kichik bo‘lishi qanday omilga bog’liq?

  15. Yonlanma kuch ta’sirida ishlaydigan g’ildirak to‘g’ini nima bilan farqlanadi?

  16. Qanday vaziyatda seyalka miqdorlagichini g’ildirak aylantira olmasdan
    qoladi?

  17. G’ildirakning sirpanib harakatlanishini kamaytirish maqsadida qanday
    tadbir qilinadi?

  18. G’ildirakning sudrashga qarshiligi qanday omillarga bog’liq?

  19. Nega pnevmatik shina kiydirilsa, g’ildirakning sudrashga qarshiligi
    kamayadi?

  20. G’ildirak izining chuqurligi qanday ahamiyatga ega?

  21. Qanday vaziyatda freza pichog’i yupqaroq tuproq qirindisini oladi?

  22. Nega freza pichog’ining trayektoriyasi uzaytirilgan sikoida shaklida
    bo‘lgani ma’qul?

  23. Freza kinematik rejimi qanday ahamiyatga ega?

  24. Nega freza pichog’ining tezligi cheklangan bo‘ladi?

  25. Kultivator tishining ishlov berish chuqurligi qanday o‘zgartiriladi?

  26. Qanday maqsadda har qanday mashina pichoqlari sirpanib kesadigan
    qilinadi?

  27. Nima sababdan sirpanib kesishda pichoq tig’i go‘yo o‘tkirroq bo‘lgandek
    seziladi?

  28. Sirpanib kesishga erishish uchun qanday tadbir ko‘riladi?

  29. Qanday maqsadda kultivator tishi prujinasimon ustunga o‘rnatiladi?

  30. Qanday vaziyatda chizel kultivatordan foydalanish ma’qul bo‘ladi?

  31. Nima maqsadda kombinatsiyalashtirilgan agregatlar bilan tuproqqa sayoz ishlov beriladi?

  32. Chopiq kultivatori tishlari orasidagi himoya zona nima maqsadda qoldiriladi?

  33. Chopiq kultivator tishlarining ishlov berish chuqurligi qanday o‘zgartiriladi?

  34. Chopiq kultivatori tishlarining chuqurligi qanday vaziyatda
    pog’onalangan holda o‘rnatiladi?

  35. Ekinlardan yuqori hosil olinishini ta’minlovchi tuproqning tarkibi qanday bo‘lishi kerak?

  36. Yerga asosiy ishlov berishdan maqsad nima va uning qaysi usullarini bilasiz?

  37. Respublikamiz sharoiti uchun qaysi turdagi plugdan foydalanish yuqori samara
    berishining mohiyatini tushuntiring.

  38. Dalani tayyorlash va haydash ishlari qanday tashkil etishladi?

  39. Ikki yarusli er haydash texnologiyasining ahamiyatini tushuntiring.

  40. Nima maqsadda tirmalash ishlari bajariladi? Unda tuproqning qaysi fizik xossasi
    o‘zgaradi?

  41. SHo‘ri yuvilmagan va sho‘ri yuvilgan turoqlarda qaysi rusumdagi tirmalardan foydalanish kerak?

  42. Qanday holatda tuproqni molalash talab etiladi? Bunda tuproqning qaysi fizik xossasi o‘zgaradi?

  43. Qanday dalalar yoppasiga kultivatsiya qilinadi?

  44. Dehqonchilik madaniyati deganda nimani tushinasiz?

  45. Mashinalar tizimi va qishloq xo’jalik mashinalarining takomillashishining asosiy bosqichlari.

  46. Qishloq xo’jalik mashinalari fanini yuzaga kelishi va rivojlanishida akademik V.P.Goryachkinning o’rni.

  47. Qishloq xo’jalik mashinalari fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shgan O’zbekistonlik olimlarni bilasizmi?

  48. Qishloq xo’jalik mashinalari fanining maqsadi va vazifasi.

  49. Tuproqning zichligi nima va qanday aniqlanadi?

  50. Qanday tuproq strukturali va strukturalik koeffisiyenti qanday aniqlanadi?

  51. Tuproqni «yetilganligi» nima?

  52. Tuproqning texnologik xossalariga nimalar kiradi?

  53. Ishqalanish koeffisiyenti qanday omillarga bog’liq?

  54. Tuproqqa ishlov berishning vazifalari nimalardan iborat?

  55. Ag’darish, yumshatish va zichlash qanday texnologik operasiyalar?

  56. Minimal ishlov berish tizimining mohiyatini ayting?

  57. Ponaning qanday turlarini bilasiz?

  58. Uch yoqli pona qanday burchaklar bilan tavsiflanadi?

  59. Uch yoqli ponaning burchaklari orasidagi bog’liklikni keltiring?
    Pona qanday vazifani bajaradi?

  60. Ponaga ta’sir etuvchi bosim kuchi va xarakatlantiruvchi kuch orasidagi bog’liklikni keltiring?

  61. Tuproqni pona sirtida sirpanish sharti qanday?

  62. Tekis pona yuzasi egri chiziqli yuzaga qanday aylantiriladi?

  63. Uch yoqli pona yuzasi har xil turdagi korpuslarning ishchi yuzalariga qanday aylantiriladi?

  64. Sirpanish koeffisiyenti nimani tavsiflaydi va u qanday aniqlanadi?

  65. Madaniy shudgorlash palaxsani irg’itishdan qanday farq qiladi?

  66. Plugning ishchi organlarini ayting?

  67. Shudgorlashga qanday asosiy agrotexnik talablar qo’yiladi?

  68. Pluglar qanday tasniflanadi?

  69. Osma plug tirkama plugga nisbatan qanday afzalliklarga ega?

  70. Plug korpusining qanday turlari mavjud va ular bir-biridan nima bilan farq
    qiladi?

  71. Palaxsaning uvalash darajasi korpusning qaysi qismi shakliga bog’liq?

  72. Lemexning qanday turlari mavjud va ularning bir-biridan farqi?

  73. Ag’dargichlar va lemexlar qanday materialdan tayyorlangan?

  74. Chimqirqarning vazifasi va uning tuzilishini ayting?

  75. Haydov osti qatlami qanday ishchi organ bilan yumshatiladi?

  76. Pichoqning qanday turlari qo’llaniladi?

  77. Plantaj pluglarning tuzilishini ayrim xususiyatlari va ularni qo’llash zonalari.

  78. Butazor botqoqlik pluglarining tuzilishini ayrim xususiyatlari va ularni qo’llash zonalari.

  79. Ikki yarusli plugning yuqori korpusini tuzilishi va uni pastki korpusga nisbatan joylashishi.

  80. Uch yarusli plugning tuzilishi va ish jarayoni.

  81. Tekis shudgorlashning afzalliklari.

  82. Frontal plug tuzilishining ayrim xususiyatlarini keltiring?

  83. Tuproqqa ishlov berishga hozirgi zamon talablari?

  84. O’zbekiston sharoitida minimal ishlov berishning istiqbolli yo’nalishlari.

  85. Bedapoyalarni shudgorlash uchun ikki yarusli plugga qanday moslama o’rnatiladi?

  86. Uch yarusli shudgorlash texnologik jarayoni qanday amalga oshiriladi?

  87. Silindrsimon korpus ishchi yuzasini qurishning usullarini ayting?
    Ag’dargichning turi qanday parametrlar bilan aniqlanadi?

  88. Yo’naltiruvchi egri chiziq nima uchun kerak?

  89. Korpusn lemex–ag’dargichli yuzasining uvalash va aylantirish qobiliyati
    qanday omillarga bog’liq?

  90. Plug korpusi lemex-ag’dargichli yuzasini qanday burchaklar tavsiflaydi va ularning har xil turdagi ag’dargichlar uchun vazifasi qanday?

  91. Lemex-ag’dargichli korpus ishchi yuzasini qurishning qanday usullarini bilasiz?

  92. Tezkor korpuslar oddiy korpuslardan qanday farq qiladi?

  93. Kombinasiyalashgan tezkor ishchi yuzani ta’riflab bering?

  94. Shudgorlash tezligi palaxsa harakatiga qanday ta’sir kœrsatadi?

  95. Korpusning qamrash kengligi ma’lum bo’lganda maksimal ishlov berish chuqurligi qanday aniqlanadi?

  96. Lemex tig’ining qalinligi plugning tortish qarshiligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  97. Palaxsani aylanishi qanday omillarga bog’liq?

  98. Ikki yarusli shudgorlashning oddiy shudgorlashdan farqlari nimalardan iborat

  99. Plug korpusining tekislikdagi kuch tavsifini keltiring?

  100. Korpusga tuproqning qarshilik kuchi Rx qanday aniqlanadi?

  101. Pichoqning diametrini aniqlash formulasini keltiring?

  102. Tekis diskning kuch tavsifini keltiring?

  103. Plugning tortishga qarshiligi qanday usullar bilan aniqlanadi?

  104. V.P. Goryachkinning maqbul formulasini keltiring?

  105. Plugning og’irligi uning tortish qarshiligiga qanday ta’sir ko’rsatadi va uni aniqlash formulasini keltiring?

  106. Palaxsani deformasiyalanish bilan bog’liq tortishga qarshilik kuchi qanday formula orqali aniqlanadi?

  107. Plugning tezligi uning tortish qarshiligiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  108. Plugning solishtirma qarshiligini tavsiflang va uni aniqlash formulasini keltiring?

  109. Plugning tortishga qarshiligini aniqlashning sodda formulasini keltiring?

  110. Plugning slishtirma qarshiligini tuproqning solishtirma qarshiligidan kattaligini isbotlab bering?

  111. Osma plugga ta’sir etuvchi kuchlarni keltiring?

  112. Plugning muvozanatlik shartini keltiring?

  113. Osma plugning muvozanatligini aniqlashda qanday shartlar qabul qilinadi?

  114. Tirkama plugga qanday kuchlar ta’sir qiladi?

  115. Tishli boronalarning vazifasi va tasniflanishi.

  116. Boronalarning qanday turlari mavjud?

  117. Tishli boronalarga qanday agrotexnik talablar qo’yiladi?

  118. Tishli borona qanday tuzilgan?

  119. Tishli boronalar qanday belgilari bo’yicha tasniflanadi?
    Diskli boronalar qanday qismlardan iborat?

  120. Diskli boronalar belgilangan ishlov berish chuqurligiga qanday o’rnatiladi?

  121. G’altaklar qanday turlarga ajratiladi?

  122. Halqali-tishli g’altaklar qanday tuzilgan?

  123. G’ildiraklar qanday turlarga bo’linadi?

  124. Pnevmatik shinali g’ildiraklar qanday afzalliklarga ega?

  125. Boronaning tishlar maydonini qurishda qanday usullar qœllaniladi?

  126. Tishlar maydoni qanday quriladi?

  127. Tishlar maydonining xususiyatlarini keltiring?

  128. Tishli boronaga qanday kuchlar ta’sir qiladi?

  129. Diskli borona diskining asosiy parametrlarini keltiring?

  130. Diskning charxlanish burchagi tanlanganda qanday omillar hisobga olinadi?

  131. Diskli ishchi organning parametrlari qanday ketma-ketlikda aniqlanadi?

  132. Borona batareyasida disklar orasidagi masofa qanday aniqlanadi?

  133. G’altaklarning diametric qanday bog’liqlikdan aniqlanadi?

  134. G’altakning dumalashga qarshiligini tahlil qilib bering?

  135. Frezalarning vazifasi va tuzilishini ayting?.

  136. Freza ishchi organlarining asosiy turlarini keltiring?

  137. O’q yoysimon panja qanday vazifalarni bajaradi?

  138. Frezalarga qanday agrotexnik talablar qo’yiladi?

  139. Frezalar qanday turlarga ajratiladi?

  140. Frezalarda qanday ishchi organlar o’rnatiladi?

  141. Tarkibli rotasion ishchi organ qanday qismlardan iborat?

  142. Kultivatorlar qanday turlarga bo’linadi?

  143. Oziqlantirgich qurilma bilan jihozlangan kultivator qanday vazifani bajaradi?

  144. Chopiq kultivatorlarida qanday ishchi organlar o’rnatiladi?

  145. Universal panja o’qsimon panjadan qanday farq qiladi?



  1. Eroziyani qanday turlari bor va ularni keltiradigan zararlari?

  2. Shamol eroziyasini yuzaga kelishining asosiy sabablari nima?

  3. Eroziyaga qarshi mashinalarga qanday agrotexnik talablar qœyiladi?

  4. Qanday qurol va mashinalar eroziyaga qarshi texnikalar majmuiga kiradi?

  5. Shamol eroziyasiga qarshi tuproqqa ishlov berish mashinalari qanday
    belgilariga asosan tavsiflanadi?

  6. Suv eroziyasiga uchragan nishabliklar tuprog’iga qanday ishlov berish usullari qœllaniladi?

  7. Gorizontallar bœyicha shudgorlashni ta’riflang?

  8. Chuqur hosil qilgich qanday ishchi organlardan iborat?

  9. «Paraplau» turidagi chuqur yumshatgich ishchi organi ish jarayonining ayrim xususiyatlarini ta’riflang?

  10. Kombinasiyalashgan agregatlarning turlarini keltiring?

  11. Texnologik operasiyalarni bir vaqtda œtkazish imkoniyati va maqsadga muvofiqligi qanday omillarga bog’liq?

  12. Kombinasiyalashgan mashinalarni qœllashni qanday omillar belgilaydi?

  13. O”zbekiston sharoitida qanday operasiyalarni bir vaqtda œtkazish mumkin?

  14. Tuproqqa asosiy ishlov berish uchun mœljallangan kombinasiyalashgan mashinalar qanday ishchi organlar birikmasidan iborat bœlishi mumkin?

  15. Ekish oldidan tuproqqa ishlov beradigan kombinasiyalashgan agregatlar qanday ishchi organlar birikmasidan iborat?

  16. Plug, g’altak va ekish qurilmasidan iborat kombinasiyalashgan agregatning tuzilishi va ish jarayonini keltiring?

  17. ChKU-4 qanday operasiyalarni bajaradi?.

Download 24.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling