Biopolimerlar nimadan olinadi?
A.Biopolimerlar – bular biologik faollikka ega tabiiy polimerlar (oqsillar, nuklein kisiotalar, ba’zi polisaxaridlar va aralash polimerlar) hisoblanadi.
B.Biopolimerlar – bular tabiiy materiallardan olinadi.
C.Biopolimerlar tabiiy va sun’iy polimerlarni o’zaro biriktirib, ularni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi.
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Termoplastik polimerlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A.Polietilen, polipropilen, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, polistirol.
B.Fenol-formaldegid, metilpenten, vinilxlorid, oksipropilen, xlortriftoretilen.
C.Anilin-formaldegid, fenol-formaldegid poligeksametilensebatsamid, polietilentereftalat, politrimetilenetilenuretan.
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Oligomerlar deb nimaga aytiladi?
A.Molekulyar massasi 1000 dan 5000 gacha bo’lgan moddalar xossalari jihatidan past molekulyar birikmalarga ham, yuqori molekulyar birikmalarga ham o’xshamaganligi uchun rasman oligomerlar deb ataladi.
B.Molekulyar massasi 500 dan 1000 gacha bo’lgan moddalar oligomerlar deb ataladi.
C.Yuqori molekulyar massaga ega bo’lgan har qanday moddalar oligomerlar deb ataladi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Yuqori molekulyar birikmalar hisoblanishi uchun moddalarning molekulyar massalari miqdori qancha bo’lishi kerak?
A.Molekulyar massasi 5000 dan bir necha milliongacha bo’lgan moddalar yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi.
B.Molekulyar massasi 1000 dan 5000 gacha bo’lgan moddalar yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi.
C.Molekulyar massasi 500 dan 1000 gacha bo’lgan moddalar yuqori molekulyar birikmalar hisoblanadi.
D.Barcha javoblar to’g’ri.
Pultruziya so’zining ma’nosini bilasizmi?
A.Pultruziya - (inglizcha “pull” – tortish va «through» - oraliq/orqali ma’nolarini anglatadi) - bu o’zgarmas ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan yarim tayyor polimer mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasidir.
B.Pultruziya - (lotincha “pull” – havo va «through» - qisilib o’tish ma’nolarini anglatadi) - bu o’zgaruvchan ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan yarim tayyor polimer mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasidir.
C.Pultruziya - (yunoncha “pull” – chozish va «through» - kesish ma’nolarini anglatadi) - bu har xil ko’ndalang kesim yuzasiga ega bo’lgan polimer materiallar ishlab chiqarish texnologiyasidir.
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |