Qanday polimer kompozit material kuchaytirilgan deb aytiladi?


Materialning elastikligi deb nimaga aytiladi?


Download 91.8 Kb.
bet5/33
Sana04.02.2023
Hajmi91.8 Kb.
#1158197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
1-SU

Materialning elastikligi deb nimaga aytiladi?
A.Kuch ta’sirida deformatsiyalangan materialning kuch olingandan sо‘ng о‘zining boshlang‘ich holatiga qaytish xususiyatiga uning elastikligi deyiladi.
B.Yuk ta’sirida o’z o’lchamlari va shaklini sezilarli darajada o’zgartirmasa materialning bu xususiyati uning elastikligi deyiladi.
C.Material kuch ta’sirida о‘z shaklini о‘zgartirsa va kuch olinganda о‘zining avvalgi shakliga juda oz miqdorda qaytsa, bu uning elastikligi deb aytiladi.
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Materialning plastikligi deb nimaga aytiladi?
A.Material kuch ta’sirida о‘z shaklini о‘zgartirsa va kuch olinganda о‘zining avvalgi shakliga juda oz miqdorda qaytsa, uning bu xususiyati plastiklik deyiladi.
B.Yuk ta’sirida o’z o’lchamlari va shaklini sezilarli darajada o’zgartirsa va yuk ta’siri olingach material boshlang’ich holatiga qaytsa, uning bu xususiyati plastiklik deyiladi.
C.Ma’lum miqdordagi yuk ta’sirida sezilarli darajada deformatsiyalanib, o’z shaklini saqlay olmasa va yuk olingach ham shunday buzilgan holatida qolsa, materialning bunday xususiyatiga plastiklik deb ataladi.
D.Javoblarning barchasi to’g’ri.
Sintetik polimerlar nimadan olinadi?
A.Sintetik polimerlar quyi molekulyar birikmalardan sintez yo’li bilan olinadi.
B.Sintetik polimerlar yuqori molekulyar birikmalardan sintez yo,li bilan olinadi.
C.Sintetik polimerlar quyi va yuqori molekulyar birikmalardan sintez yo,li bilan olinadi
D.Javoblarning barchasi to’g’ri.
Tabiiy polimerlar nimadan olinadi?
A.Tabiiy polimerlar tabiiy materiallardan olinadi.
B.Tabiiy polimerlar yuqori molekulyar birikmalardan sintez yo’li bilan olinadi.
C.Tabiiy polimerlar quyi va yuqori molekulyar birikmalardan sintez yo’li bilan olinadi
D.Javoblarning barchasi noto’g’ri.
Sun’iy polimerlar nimadan olinadi?
A.Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi.
B.Sun’iy polimerlar sintetik polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi.
C.Sun’iy polimerlar tabiiy va sun’iy polimerlarni o’zaro biriktirib, ularni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi.
D.Javoblarning barchasi to’g’ri.

Download 91.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling